13. Evfemizmlar berilgan qatorni toping.
a) og’iroyoq, boshi qorong’u;
b) mashhur, obro’li;
c) mudroq,uyg’oq;
d) o’g’irlamoq, moylamoq
14. Emotsional-ekspressiv so’zlar berilgan qatorni toping.
a) ochilmoq, gullamoq;
b) xursandlik, xafalik;
c) bahri ochildi, xursand bo’ldi;
d) bahri ochildi, dimog’i chog’ bo’ldi
15. Ketdi so’ziga teng keladigan iborani aniqlang.
a) yuragidan urdi;
b) ikki oyog’ini qo’liga oldi;
c) tuyog’ini shiqillatdi;
d) hafsalasi pir bo’ldi
15. Bir pul iborasining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
a) qadr qimmatsiz, foydasi yo’q;
b) idrok qilib yeta olmaslik, gapira olmaslik;
c) yenga olmaslik,tushuna olmaslik;
d) arzon,qadr qimmatsiz
16. So’zlashuv nutqiga xos frazeologik iboralar qatorini belgilang
a) qo’li egri, ko’z bo’yamoq;
b) ko’z bo’yamoq, siyosiy tanglik;
c) juftakni rostlamoq, buzilmas do’stlik;
d) buzilmas do’stlik, qo’li egri
17. Lug’atlar asosan necha tipga bo’linadi?
a) ensiklopedik, leksik;
b) ensiklopedik, filologik;
c) filologik, leksik;
d) to’g’ri javob yo’q
18. Nutqda intonatsiya nima uchun kerak?
a) jonli va ifodali qilishga yordam beradi;
b) jonli va chiroyli qilishga yordam beradi;
c) to’g’ri javob yo’q;
d) barcha javob to’g’ri
19. Obrazlilikka tayanadigan uslubni toping.
a) badiiy uslub;
b) barcha uslub;
c) so’zlashuv uslubi;
d) rasmiy uslub
20. Metaforik so’zlar, dialektizm, vulgarizm, frazelogik iboralar ko’p qo’llanadigan uslub turini ko’rsating.
a) barcha uslublarda;
b) badiiy uslub;
c) publisistik uslub;
d) so’zlashuv uslubi
21. Ijobiy bo’yoqdor so’zlar berilgan qatorni toping.
a) jilmaymoq, chehra, jamol;
b) qaramoq, o’qraymoq, gapirmoq;
c) o’qimoq, izlanmoq, o’ylamoq;
d) yaxshi, osmon, jamol
Do'stlaringiz bilan baham: |