1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
4-topshiriq
I.1 Bo’ying sarv-u sanobardek, beling qil, Vafo qilg’on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) 2. Yuz nomarddan yuz qaytar Bir mardni har kim maqtar. (Maqol) 3. Ko’rdim-u, lol bo’ldi aqlim O’ngimda bu yoki tush, Yolvorib men pastda dedim. Bir nafas yonimga tush. (E. Vohvdov) 4. Kelur sel goho, bo’lsa ko’kda chaqmoq Zarar qilg’ay danakni tishda chaqmoq. Yomondir ikki o’rtoq o’rtasida Urishtirmoq uchun bir-birga chaqmoq. (Habibiy) II.1. Yog’ochni uzun kes, temirni qisqa. (Maqol) 2. Yomonning yaxshisi bo’lguncha, yaxshining yomoni bo’l. (Maqol) 3. Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib. (Maqol) 4. Ko’z qo’rqoq - qo’l botir. (Maqol.) 5. Mingta yolg’ondan bitta rost yaxshi. (Madol) 6. Tinchlik urushni yengadi. III. 1. Bilsang edi, jonim, naqadar shirin Janglar to’fonida seni o’ylamoq. (Uyg’un) 2. Bergan qovuningiz juda shirin ekan. 3 Yo’lchi tishini qisib indamasdan o’rnidan turdi. (Oybek) 4. Arrannig tishi o’tkir chiqib qoldi. 5. Issiq nafasi yuzimga, ko’zlarimga urildi (O’. Umarbekov) 6. Kosov bilan o’tning ko’zini ochdim. Ishning ko’zini biladi. 1. Ko’chiring. Birinchi matndagi omonim, ikkinchi matndagi antonim uchinchi matndagi polisemantik so’zlarning ostiga chizing. 2. Polisemiya bilan omonimiyaning farqi, ularning paydo bo’lish yo’llari haqida ma’lumot bering. 5-topshiriq Toshkent-Andijon poyezdi Asakaga yetib keldi. Yo’lovchilar tez-tez vagonlardan tusha boshladilar. Havo ochiq, ko’kda son-sanoqsiz yulduzlar charaqlagan, mayin shabada esib turibdi. Shahrixon soyi shovillab, suv qirg’oqqa uriladi, poxsa devorlardan engashgan olcha munchoqlari, oq o’riklar oydinda ko’zga tashlanib qoladi, uzoqlarda elektr chiroqlari miltillaydi. Yuk xaltasini orqalab olgan yigit bu manzaralarga suqlanib, ko’cha o’rtasidan kelmoqda. Uzoq vaqt jang olovlarida yurgan kishi uchun bu manzaralar orombaxsh tuyular, quvonchi ichiga sig’mas edi. Novcha teraklar uchida oyning kumush parchasi suzadi, shamol novda-nihollarni tebratadi. Ana, tong ham otmoqda. Allaqayerda bulbul to’lib-toshib kuylaydi, yaqin o’rtada xo’roz qichqiradi. Ko’prik oldida fonus ko’targan kishi paydo bo’ldi. Bu - Po’latjonning otasi edi. Po’latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapira olmas, vujudi esa karaxt bo’lib qolgandek qimirlamas edi. Farzand bilan ota uchrashuvini ko’kdagi oy kuzatar edi. (Said Ahmad) 1. Matnni ko’chirib, ostidan umumturkiy so’zlar, o’zbekcha so’zlar, forscha-tojikcha so’zlar, arabcha so’zlar, ruscha-internatsional so’zlarga bo’ling. 2. Tarixiy jihatdan hozirgi o’zbek adabiy tilining leksik qatlami haqida ma’lumot bering. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling