33. Omonim so’zlarni toping.
a) bel,kel,tur
b) osh,qo’y,bel
c) bor,yo’q,chizmoq;
d) bog’,chaqmoq,o’tin
34. Diplomat-diplomant so’z juftligini tavsiflang.
a) omonim so’z
b) dublet so’z;
c) variant so’z;
d paronim so’z
35. Paronim so’zni noo’rin qo’llash qanaqa xatolikka olib keladi?
a) fonetik xato;
b) imloviy xato;
c) sintaktik xato;
d) uslubiy xato
36. Keksa, oqsoqol, qari, mo’ysafid sinonimlardan faqat insonga nisbat qo’llaniladiganini toping.
a) keksa,oqsoqol
b) oqsoqol, mo’ysafid
c) qari,oqsoqol;
d) barchasi
37. Morfologik sinonimlar qatnashgan qatorni toping.
a) og’zi qulog’ida-xursand;
b) oftob,quyosh,xurshid;
c) boryapti-bormoqda
d) b,c javoblar
38 . Sifat sinonimlar qatnashgan qatorni toping.
a) yalqov, dangasa;
b) yaxshilik,ezgulik;
c) mehribonlik,oqko’ngillik;
d) a,b,c javoblar
39 .Sheva so’z va adabiy tildagi so’zning o’zaro sinonimlikka kirishi qaysi javobda berilgan?
a) xum, mo’ndi
b) oy,qamar;
c) bosh,kalla
d) faryod,fig’on
40. Sinonim so’zlarni bir o’rinda ketma-ket qo’llash.
a) a,b,c javoblar;
b) ma’noni kuchaytiradi;
c) obrazlilik ta’minlanadi;
d) ba’zan uslubiy xatoga olib keladi
41. Badiiy adabiyotda antiteza usulini hosil qiluvchi vosita.
a) sinonimlik;
b) antonimlik;
c) omonimlik;
d) ma’no ko’chishi
42. Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug’ombir,puxta-pishiq. Bu gapdagi sinonimlarning vazifasi nimadan iborat.
a) b,c javoblar;
b) uslubiy vazifa bajargan;
c) ma’no ko’chishni ta’minlash;
d) sinonimlar ortiqcha qo’llangan
43. Og’zi qulog’ida iborasi bilan antonimlikka kirishadigan so’zni aniqlang.
a) xafa;
b) qovog’idan qor yog’di;
c) tarvuzi qo’ltig’idan tushdi;
d) a,b,c javoblar
Do'stlaringiz bilan baham: |