1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet9/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

I topshiriq. “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida og’zaki matn tuzing.
4-mashq.
So’z so’zlash odobi bo’yicha quyida aytilgan fikrlarni ko’chiring va o’z fikr-mulohazalaringizni bildiring.
1. Ey farzand, so’zing yuzin va orqasin bilg’il va ularg’a rioya qilg’il, har na so’z desang yuzi bila degil, to suxango’y bo’lg’aysan. Agar so’z aytib, so’zing nechuk ekanin bilmasang qushga o’xsharsanki, unga to’ti derlar, ul doim so’zlar, ammo so’zining ma’nosini bilmas. (Kaykovus “Qobusnoma”) 2. Nodonlardek yuzta so’zni qilma qator, donolardek bir so’z degil, lek ma’nodor. (S.Sheroziy) 3. So’z joy-u vaqtiga bo’lar ekan mos, Sehri afsun uchun u bo’lar asos. (A.Jomiy) 4. Ko’p ortiqcha so’zlashuv eshitguvchini ranjitar. (Zamaxshariy) 5. Kishi so’z tufayli bo’ladi malik, ortiq so’z bu boshni etadi egik. (Yusuf Xos Xojib)


Esda saqlang:
O’zbek tili jahon tillari orasida o’z mavqeiga ega. Tilimiz bugungi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanib, lug’at xazinamizdagi so’zlar miqdoran oshib, so’zning ma’no qirralari o’sib, tilimizning imkoniyatlari kengayib bormoqda. Buning yorqin dalillaridan biri sifatida yaqin yillarda besh jildda chop etilgan “O’zbek tilining izohli lug’ati” ni ko’rsatish mumkin (Toshkent 2006-2008). Lug’at 80 000 dan ortiq so’zni qamrab olgan.


II topshiriq. “Tilimizning buguni va ertasi” mavzuida insho yozing.


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining ahamiyati haqida gapiring.

    2. Adabiy til va milliy tilning bir-biridan farqi nimada?

    3. “Tilga e’tibor – elga e’tibor” maqolining mazmuni haqida gapiring.

    4. Prezidentimiz I.A. Karimovning “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, deb e’tirof etgan so’zlaridan qanday ma’no uqishingizni so’zlab bering.

    5. “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishining o’ziga xosligi nimada deb bilasiz?

Adabiyotlar:

  1. Каримов И.А. Oзод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиздир. Тошкент,“Ўқитувчи”, 2000.

  2. Каримов И.А. Юксак маьнавият – енгилмас куч. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2008.

  3. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.

  4. O’zbek tilining imlo lug’ati. A.Hojiyev tahriri ostida. Toshkent,

“O’qituvchi ”, 1997.

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling