1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


-mavzu: O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 451.5 Kb.
bet6/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

2-mavzu: O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari


Reja:


    1. Qadimgi turkiy til.

10. Eski turkiy adabiy til.
11. Eski o’zbek adabiy tili.
12. Yangi o’zbek adabiy tili.
13. Hozirgi o’zbek adabiy tili.


Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: qadimgi turkiy til,eski turkiy til, eski o’zbek tili, hozirgi o’zbek adabiy tili.


2-mashq.
Gaplarni o’qing va o’zbek tili taraqqiyoti bosqichlarining qaysi davriga mosligini aniqlang.
1.Bilga To’nyuquq ban o’zim Tabg’ach alina qilintim. Turk va bo’dun Tabg’achqa ko’rur arti (Mazmuni: Bilga To’nyuquq man. O’zim Tabg’ach elida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabg’achga qarar edi). (To’nyuquq bitigi) 2. Alp Er To’nga o’ldumu, Esiz ajun qoldumu. O’zlak o’chin aldimu, Emdi jurak jirtilur. (“Devonu lug’otit turk”). 3. Til arslan turur, ko’r, eshikda yatur. Aya evlug, arsiq bashingni yeyur. (Yusuf Xos Hojib) 4. Furqatingdin zafaron uzra to’karmen lololar, Lolalar ermaski, bag’rimdim erur pargolalar. (A. Navoiy) 5. Visoli lazzatidin zavq topmog’liq erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo’qsa jon bermoqliq osondur. (Bobur) 6. Soz bazmidin navo ushshoqg’a maxsus o’lub, Changdek faryodlar mahzun-u dilozorimga xos. (Ogahiy)

O’zbek tili O’zbekistonda, shuningdek, O’rta Osiyo Respublikalarida va Shimoliy Afg’onistonda tarqalgan o’zbek xalqining tilidir. Bu tilda 15 mln.ga yaqin kishi so’zlashadi.


O’zbek xalqi O’rta Osiyoning qadimgi xalqlaridan biri bo’lib, uning bir tarmog’i hisoblanadi. Turkiy tillar qadimdan Sibir, Oltoy, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Volga bo’yi, Kavkaz, Qrim, Moldaviya, qisman Boltiqbo’yi, Kichik Osiyo (Turkiya), Xitoy, Afg’oniston, Eron, Bolgariya, Ruminiya, Yugaslaviya, Albaniya, Gretsiya, Kiprga tarqalgan. Bu maskanlarda qozoq, yoqut, oltoy, shop, xakas, cho’lim, uyg’ur, qirg’iz, o’zbek, qoraqalpoq, turuxman, totor, boshqird, chuvash, qaraim, qrim-totor, bolqor, gagauz, turkman, ozarbayjon, turk, karakas, no’g’ay, oyrot, tuva (24-25 xil) kabi millat va elatlar istiqomat qilishadi.
O’zbek tili tarixini olimlar quyidagicha davrlashtiradilar:
1.Qadimgi turkiy til. V-IX asrlarda Shimoliy Mo’g’iliston, Markaziy Osiyo, Markaziy va Shimoliy Xitoy, Sibir, Qirg’iziston, Janubiy O’zbekiston va Qozog’iston o’lkalarida tarqalgan qadimgi turkiy (runik)yozuv yodgorliklari tilining umumiy nomi. Qadimgi turkiy til yodgorligi, asosan, qabrlar ustida qo’yiladigan toshlardagi yozuvlardan iborat. Xususan, Kultegin, To’nyuquq, Bilga Xoqon qabr toshlari katta tarixiy, badiiy, lingvistik qimmatga ega. Yodnomalardagi aksariyat so’zlar turkiy bo’lib, oz miqdorda xitoy, mo’gulcha, sanskritcha va so’g’cha so’zlar ham uchraydi.
2. Eski turkiy adabiy tili. XI asrdan XIV asrning I yarmigacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Bu tildagi yirik asarlar sirasiga “Devonu lug’otut turk”, “Qutadg’u bilig”, “Hibbatul haqoyiq”, shuningdek, “Devonu hikmat”, “Qisasi Rabg’uziy”, “Muhabbatnoma”, “Me’rojnoma”, “Muqaddimat ul adab”, “Yusuf va Zulayho”, “O’g’uznoma” kabilar kiradi.
Tushum kelishigi: -(i)g’, vosita kelishigi: -(i)n, chiqish kelishigi: -din, jo’nalish kelishigi: -garu(qaru), -g’aru, sifatdosh: -duq, shart mayli: -sar, shakllarida qo’llangan.
3. Eski o’zbek adabiy tili. XIV asrning II yarmidan XIX asrning I yarmigacha bo’lgan yozma yodgorliklar tilidir. Ilmiy adabiyotlarda chig’atoy tili deb ham nomlanadi. Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishi Movarounnahrda temuriylar hokimyatining o’rnatilishi davriga to’g’ri keladi.
Bu bosqichning birinchi davrida Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiylar ijod etgan. Ikkinchi taraqqiyot bosqichida A.Navoiy, uchinchi taraqqiyot davrida Bobur, Ubaydiy, Aziziy, Boqiy, Mashrab, to’rtinchi taraqqiyot bosqichida Munis, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Zavqiy kabi shoirlar ijod qilishgan.
4. Yangi o’zbek adabiy tili. XIX asrning II yarmi XX asr boshlarida amal qilgan til hisoblanadi. Bu davrdagi matbuot tili, adiblarning ijod namunalari, jadid namoyondalari asarlari tili shu bosqichga mansubdir.
5. Hozirgi o’zbek adabiy tili. XX asrning 30- yillaridan hozirgi kunga qadar bo’lgan tilga nisbatan aytiladi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili rivojlangan, ijtimoiy mavqesi yuksalgan, sayqallangan, fonetik va leksik-grammatik jihatdan me’yorlashgan milliy tildir.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling