1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet4/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

II topshiriq. Nutqqa qo’yiladigan talablarni o’qituvchi hamkorligida izohlashga harakat qiling. Misollar bilan izohlang. Matn tuzing.
1-mashq.
Gaplarni o’qing va o’z fikr-mulohazalaringizni bildiring.

  1. Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurg’on oynayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdir. (A. Avloniy)

  2. Nutq – qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi. (R.Emirson)

  3. Har bir kishining madaniylik darajasi, o’qib qanchalik tarbiya ko’rganligi uning yozma va og’zaki nutqidan bilinadi. (S.Ibrohimov)

  4. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. (I.A. Karimov)

  5. So’zlash qobiliyati – hodisalar ichiga kirishining yagona va betakror vositasi. (L.I. Tolstoy)



III topshiriq. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, A. Navoiyning “Hayrat ul-abror”, A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarlaridan til va so’z qudratiga bag’ishlangan o’rinlarni o’qib, parchalar yod oling.


Nutqning faoliyat ko’rinishlari. Nutq faoliyati ikki usulda namoyon bo’ladi: og’zaki va yozma shaklda.
Og’zaki nutqning ikki ko’rinishi bor:

  1. oddiy so’zlashuv nutqi;

  2. adabiy so’zlashuv nutqi.

Oddiy so’zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo’lib, sheva ta’sirida bo’lgan nutq hisoblanadi. Bunda adabiy til me’yorlariga amal qilinmaydi, noadabiy qatlam so’zlari uchrab qoladi (o’rinsiz qo’llangan chet so’z va so’z birikmalari – varvarizm, so’kinch, haqorat so’zlar–vulgarizm, nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so’zlar, jumladan, haligi, shu desangiz, ibi, innaykeyin, habba va h.k.).
Adabiy so’zlashuv nutqida til me’yorlari (orfoepiya qoidalari)ga qat’iy amal qilinadi. Yozma nutqning paydo bo’lishi og’zaki nutq ta’sirida bo’lgan. Yozma nutq adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shaklidagi nutqdir. Yozma nutq yetti bo’limda 82 qoidani qamrab olgan me’yorlardan iborat. U og’zaki nutq kabi kishilar orasidagi bevosita aloqa vositasi emas. Yozma manbalar orqali biz o’tmish tariximizni o’rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz.
Nutqning bu shakllari quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ladi. Nutq ayrim shaxslarga (bir kishiga) tegishli bo’lishi (monolog), ikki kishi o’rtasida yuz berishi (dialog) va bir necha shaxs orasida bo’lishi (polilog) mumkin.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling