1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet43/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Nazorat uchun savollar:
1. Achitilgan, tuzlangan meva-sabzavot mahsulotlarining sifatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillarni tushuntiring.
2. Achitilgan karam sifati bo’yicha qaysi tovar navlariga bo’linadi?
3. Achitilgan karamlarning sifatini aniqlashda organoleptik ko’rsatkichlaridan qaysilari aniqlanadi?
4. Achitilgan karamlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan qaysilari aniqlanadi?
5. Tuzlangan bodringning sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
6. Tuzlangan pomidorlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
7. Achitilgan karamlarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntiring.
8. Tuzlangan bodring va pomidorlarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntirib bering.
9. Quritilgan sabzavotlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
10. Nima uchun quritilgan sabzavotlarda suv miqdori me’yorlanadi?
11. Quritilgan mevalarga organoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha qanday talablar qo’yiladi?
12. Quritilgan o’riklarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
13. Olma va nok qoqiga qanday talablar qo’yiladi?
14. Dudlab quritilgan o’riklarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
16. Olxo’ri va olcha qoqisining sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
17. Quritilgan uzumlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
18. Quritilgan meva va sabzavotlarda uchraydigan nuqsonlarni tushuntirib bering.
19. Saqlash jarayonida quritilgan meva va sabzavotlarning sifati qanday o’zgaradi?
7-МАВЗУ:DONLI EKINLAR VA ULARGA TOVAR ISHLOVI BERISH
Режа:
1.Donni qabul qilish.
2.Donni joylashtirish.
3.Don ustida olib boriladigan hisobotlar.
Donni qabul qilish.
Donni jamoa va davlat xo'jaliklaridan qa­bul qilishdan oldin don qabul qilish korxonalari jamoa va davlat xo'jaliklar boshlig'i hamda transport tashkilotlari bilan birgalikda soatbay grafik tuzishadi. Soatbay grafik quyidagilarni bajarishi shart: avtomobillarni bir tekis berishni ta'minlash, donni tez yetkazib berish vaqtini qisqartirish va uning qiymatini pasaytirish.
Soatbay grafikni tuzish uchun donni don qabul qilish korxo-nalariga yetkazish sxemasi yo'l holati va avtomobil transporti harakati tezligi, marshrutlar harakati, donni yuklash va bo'shatish vaqtlari, yo'lda bo'lish vaqti, har bir jamoa va davlat xo'jaligi uchun kerakli avtomobillar sonidan foydalaniladi.
Soatbay grafik quyidagi grafalardan tuzilgan jadvaldir: jamoa va davlat xo'jaligi nomi, xirmon nomeri, olib ketishga tayyorlangan donning umumiy miqdori, donni yetkazish uchun kerakli avtomobillar soni, xirmondan elevatorgacha bo'lgan o'rtacha masofa, avtomobilning 1ta reysi uchun vaqt, bir sutkadagi reys-lar soni, sutka soatlari, bir sutkadagi don qabul qilish korxonasining bir me'yorda ishlashi.
Soatbay grafik asosida don qabul qilish korxonalariga kelib tushadigan don rejasini tuziladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling