1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Don ustida olib boriladigan hisobotlar
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
Don ustida olib boriladigan hisobotlar.
Jamoa va davlat xo'jaliklari bilan don qabul qiluvchi korxonalar sotilgan don bo'yicha instruktsiyada ko'rsatilgan tartib bo'yicha hisobot qila-dilar. Bunda bazis konditsiyalarini va sotib olish narxlari hisobga olinadi. Bazis konditsiyalar - sotib olish narxiga bog'langan, ja-moa va davlat xo'jaliklaridan olinayotgan don sifat darajasi. Ba-zis konditsiyalardan tashqari chegaralgan konditsiyalar ham o'rnatilgan. Chegaralangan konditsiya - sotishda ruxsat etilgan don sifa-tining past me'yori. Don qabul qilish korxonalari sifat ko'rsatkichi chegaralangan konditsiyadan past donni qabul qilmaydi. Qabul qilingan don sifati bazis ko'rsatkichlarga to'g'ri kelsa, korxona don topshiruvchiga kg ni kg ga hisoblab, sotib olish nar-xida pul to'laydi. Agar don massasining namlik va iflosligi bo'yicha sifat ko'rsatkichlari bazis konditsiyasidan farq qilsa, unda natural qo'shimcha va chegirish miqdorlari kiritiladi. Boshqa sifat ko'rsatkichlari bazis konditsiyasidan farq qilganda, pullik qo'shimcha va chegirish miqdorlari kiritiladi. Donning hisobga olingan massasi deb, natural qo'shimcha yo-ki chegirish miqdoriga oshirilgan yoki kamaytirilgan fizikaviy mas-saga aytiladi. Kuchli va qattiq bug'doy ayniqsa yuqori baholanadi. Kuchli bug'doyga hisobot undagi kleykovina miqdori va sifatidan kelib chiqqan holda olib boriladi, bunda uning boshqa sifat ko'rsatkichlari GOST 9354-67 talablariga javob berishi kerak. Donni joylashtirish tartibi. Oziq-ovqat donlarini saqlashga joylashtirilayotganda ekin turini, tipini, podtipini, namlik va za-rarlanganlik bo'yicha holatini, hajm massasi kategoriyasini, bug'doy uchun esa qo'shimcha shishasimonligini hamda kleykovi-na miqdori va sifati hisobga olinadi. Chegaralangan konditsiyalarda alohida e'tiborga olingan bel-gini donlarni: muzlab qolgan, toshkana (klop-cherepashka) bilan zararlangan, kana bilan zararlangan, unib chiqqan, 3% don ko'proq unib chiqqan don miqdori bilan, begona hidli donlarni alohida joylashtiriladi. Shuningdek, zararli va qiyli ajraluvchi chiqindilarga ega donlarni ham alohida joylashtiriladi. Namlik bo'yicha donlarni joylashtirishda quruq don va o'rtacha quruq donlarni birga saqlash ruxsat etiladi, bunda don uyumining balandligi chegaralanmaydi; nam donni uyumning balandligini 2m don oshirmasdan alohida joylashtiriladi. Xom donni joylashtirishda 2ta guruhga bo'linadi: 1) namligi 22% gacha, uyumning balandligi 1,5m gacha; 2) namligi 22% dan ko'proq uyumning balandligi 1m dan oshmasligi kerak. Ifloslamganlik bo'yicha donlarni joylashtirishda toza don alohida saqlanadi, o'rtacha toza va iflos donlar birga saqlanadi. Chegaralangan konditsiyadan ko'proq iflos chiqindilar bo'lgan donlar alohida partiyalar bilan saqlanadi. Bug'doy javdar, arpa va suli donlari hajm massasi kategoriyalari bo'yicha saqlashga joylashtiriladi (5-jadval). Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling