1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Kanop tolasining xossalari


Download 0.51 Mb.
bet53/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Kanop tolasining xossalari



Xossalari

Birlamchi tola

Ikkilamchi tola

1

Poyadagi tola miqdori, %

30-56

70-44

2

Pishiqligi, kg

31,3

23,8

3

Metrik nomeri, Nm

117

336

Tolaning pishiqligi hosilni yig’ish muddatiga bog’liq. Ilgariroq yig’ilgan poya tolasining pishiqligi kam bo’ladi, kechroq yig’ilib olingan sari pishiqligi ortib boradi. Kanop poyasida 20-22% gacha tola bo’ladi.


Birlamchi va ikkilamchi tola dastasining uzunligi bo’yicha pishiqligi, kgk hisobida (poyaning uzunligi 2, 9 m, yo’g’onligi - 9, 1 mm).
Texnik kanop tolasi
Kanop poyasida pektin moddalari yordamida yopishgan oddiy tolalar poya uzunligi bo’yicha dasta-dasta bo’lib cho’zilgan (-rasm).
Bu uzluksiz dastalar ko’ndalangiga ham bir-biri bilan butun poya bo’yicha birlashib, egiluvchan to’r hosil qiladi. Egiluvchan to’r poyaning hamma konstruktsiyasini egiluvchan qilib, uni sinishdan asraydi hamda ichki qatlamni himoya qiladi.
Ikkilamchi qatlam tolalar dastasi ham to’rga o’xshab tuzilgan. Bu to’r ko’p qavatli bo’ladi. Birlamchi tola to’ri bilan ikkilamchi tola to’ri orasida bog’lanish bo’lmaydi, ularni osongina ajratish mumkin.
Tolalar yuqorida bayon qilinganidek tuzilishi texnik tola deb yuritiladi, chunki poyadan o’sha holatda tolasi ajratilib, fabrikaga yuboriladi. Texnik tolaning asosiy xususiyatlaridan biri uning pishiqligi hamda egiluvchanligidir. Texnik tolaning pishiqligi oddiy tolalarning pishiqligi hamda uzunligi va yo’g’onligiga bog’liq bo’ladi. Uzun va ingichka tolalar bir-biri bilan yaxshiroq yopishib, texnik tolaning pishiqligini oshiradi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling