1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet54/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Nazorat savollari:
1. Tabiiy tolalarni qanday turlari mavjud?
3. Tabiiy tolalarni qayta ishlashda qanday mahsulotlar olinadi?
4. Kanop tolasidan nimalar olinadi va qaerlarda ishlatiladi?
6. Kanop o’simligi O’zbekistonning qaysi joylarida ekiladi va nima sababdan?
8. Birlamchi va ikkilamchi to’qima xaqida qisqacha aytib bering?

10-MAVZU: KANOP VA KANOP MAHSULOTLARINING SIFATIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.Kanop poyasi, po’stlog’i, uzun va kalta tolalarning sifatini baholash.
2.Kanoppoyani baholash.
3.Kalta tolani baholash.


Kanop poyasi, po’stlog’i, uzun va kalta tolalarning sifatini baholash.
Kanop poyani dastlabki ishlash zavodlari xom ashyoni jamoa xo’jaliklaridan oladi. Tayyorlangan mahsulotni esa to’qimachilik sanoati korxonalariga yuboriladi. Bunda har ikkala tomon xam standartga asoslanadi.
Har qanday xom ashyo yoki yarim fabrikatni baholashdagi kabi, tolali materiallarni baholashdagi asosiy maqsad uning texnologik qiymatligini aniqlash, ya’ni zamonaviy ilg’or texnikadan foydanil ganda o’sha tolali materialdan qancha qanday sifatli mahsulot olish mumkinligini aniqlashdir. SHu bilan birga xom ashyoni (yarim fabrikatni) baholash ishlab chiqarishda xom ashyodan qanchalik to’g’ri foydalanilayotganini aniqlashga ham yordam bermog’i kerak. Bu ish korxonalarining ishini planlashtirishini va ishlab chiqarish jarayonlarini texnikaviy kontrol qilishni, eng qulay, ratsional texnologik rejim tanlashni osonlashtiradi.
Xom ashyoning yoki yarim fabrikatning texnologik qiymatligini ikki yo’l bilan baholash mumkin: birinchidan, bevosita xom ashyodan olinadigan mahsulotning miqdori va sifatiga qarab, ikkinchidan xom ashyoning o’zining xossalarini aniqlash asosida. Bunda olinadigan mahsulotning miqdori va sifati o’rtasidagi boQlanish ma’lum bo’lishi kerak.
Xom ashyodan tayyorlangan mahsulotga qarab baholash texnologik baholash deb ataladi. Baholanadigan mahsulotning kompleks sifatiga qarab instrumental yoki organoleptik usulga bo’linadi. Har ikkala holda ham material undan maxsus ajratib olingan o’rtacha namunaga qarab baholanadi. Namuna baholandigan partiyaning barcha xossalarini to’liq va aniq xarakterlash lozim.
Texnologik usulda baholash tipaviy texnologik jarayonini ma’lum darajada aniq bjarishni taqazo qiladi. Agar bu jarayon korxonadagi asbob-uskunalarda bajarilsa, unda baholash operatsiyasining butun kompleksi kontrol uchun ishlash deb ataladi. Texnologik usulda baholash shubhasiz, eng aniq baholashdir. Ammo bu usul ancha murakkabdir.
SHuni ham aytish kerakki, bu usulda baholash korxonaning texnologik asbob-uskunalarining bir maromda ishlashni ko’pincha buzadi. Ammo xom ashyoni baholash maxsus laboratoriya asboblari yordamida o’tkazilasa, ko’rsatilgan bu kamchiliklarni yo’qotish mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling