Kalta tolani baholash.
Kalta tolaning sifati uning tashqi alomatlariga, undan buralib yasalgan lentaning pishiqligi hamda tozaligiga qarab baholanadi. Tashqi alomatlariga qarab baholangan tolaning rangi, bir xil sifatli bo’lishi, kasallanmaganligi ko’zdan kechiriladi. Bu ko’rsatkichlar texnologik jarayonlarning ishlanadigan material xususiyatiga moslab tashkil qilinishiga bog’liq.
Kalta tolaning tozaligi undan keyingi ishlash natijasida olinadigan mahsulotlarning sifatini belgilaydi. SHuning uchun standartda har qaysi nomerli kalta tola uchun ruxsat etilgan yog’ochlik qoldig’i normasi belgilangan.
Kanop zavodolarida tola tarkibidagi yog’ochlik qoldig’ining ko’p- ozligi tolani ko’zdan kechirib yoki laboratoriyada analiz qilib aniqlanadi. Kalta tolaning pishiqligi undan to’qilgan mahsulotning pishiqligini belgilaydi: pishiq toladan pishiq mahsulot to’qiladi. SHuning uchun kalta tolani baholaganda pishiqligiga katta ahamiyat beriladi.
Kalta kanop tolasining eng xarakterli nuqsonlaridan biri «panja» va po’stloqsimon tolalardir. Bunday nuqsonlar toladan ishlangan mahsulotlarning sifatini pasaytiradi.
Nazorat savollari.
1.Baholashni qanday usullarini bilasiz?
2.Kanoppoyani baholashda uning qanday ko’rsatkichlari e’tiborga olinadi.
3.Poya namunasini namligi protsent hisobidagi hisoblash formulasini yozing va tushuntirib bering.
4.Zarpechak bilan zararlanishni hisoblash formulasini yozing va izohlang?
5.Ko’k po’stloqni qanday ko’rsatkichlari bo’yicha baholanadi .
6.Po’stloqning zarpechak bilan zararlanganlik miqdorini foyizda hisoblash fopmulasini yozing va izoxlang.
7.Uzun va kalta tolalarni qanday ko’rsatkichlari bo’yicha baholanadi.
8.Kanoppoya va po’stloqdan tolani ajratib olish texnologik jarayoni sxemasini chizing va tushuntirib bering.
11-MAVZU: ILDIZMEVALARGA TOVAR ISHLOVI BERISH
Reja:
1.Ildizmevalilarning turlari
2.Ildiz myevalarni qabul qilish saqlash va ularni saqlanishiga turli omillarni ta’siri
3.Qand lavlagini yuvish va kesish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |