1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Elaklar to'plamida elanganda naveskalar massasi
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
Elaklar to'plamida elanganda naveskalar massasi
Don tozalashda don tozalash mashinalarining texnologik samadorligi koeffitsiyenti katta ahamiyatga ega. Uni quyidagi formula bilan aniqlanadi: p= ((A-B) • 100)/A, bunda: A - tozalashgacha dondagi bo'lgan ajraluvchi chiqindilar massasi,kg; B - tozalashdan so'ng dondagi ajraluvchi chiqindilar massasi,kg. Ko'sak chuviydigan mashinada don tozalash texnologik sama-radorligi me'oyri 50% dan kam bo'lmasligi kerak. Separatorlarda donni tozalash uchun texnologik samadorlik chiqindilar soniga bog'liq holda o'rnatiladi - ular qancha ko'p bo'lsa, norma ham shunchalik yuqori bo'ladi. Chiqindilar soni 1% gacha bo'lsa, se-paratorning ishlash texnologik samarasi 50% dan kam bo'lmasligi kerak, chiqindilar soni 2,0 dan 3,0% gacha bo'lganda - 65%, chiqindilar soni 3,0 dan 4,0% gacha bo'lganda 75% bo'lishi kerak. Bunda yengil chiqindilar kamida 80% ajralishi kerak, aspiratsion chiqindilarda don miqdori esa 2,0% dan osh-masligi kerak. Triyerlarning ishlash texnologik samarasi 70% dan kam bo'lmasligi va chiqindilarda don miqdori 5,0% dan ko'p bo'lmasligi kerak. Tozalashda olingan mahsulotlarni ularning tarkibidagi don miqdoriga qarab qo'shimcha mahsulot va chiqindilarga bo'linadi Qo'shimcha mahsulotlarga: 70 dan 85% gacha don miqdori bo'lgan don aralashmasi; 50 dan 70% gacha don miqdori bo'lgan don aralashmasini kiritiladi. Chiqindilar 3 ta kategoriyaga bo'linadi: I kategoriya chiqindilar - don miqdori 30 dan yuqori 50% ga-cha; 10dan yuqori 30% gacha bo'lgan donli chiqindilar; II kategoriya chiqindilar - don miqdori 2 dan yuqori 10%gacha bo'lgan donli chiqindilar; makkajo'xori so'tasi poyala-ri; no'xot qipig'i (luzgasi), suli va arpa yumshoq luzgasi; III kategoriya chiqindilar - don miqdori 2% dan ortiq bo'lmagan chiqindilar, somonsimon qismlar; aspiratsion chang. Qo'shimcha mahsulot va chiqindilarda bo'g'doy va javdar do-nining miqdori 10% dan oshmasligi kerak, boshqa don ekinlarda esa 20% gacha yo'l qo'yiladi. Don tozalashga aktni ombor mudiri TKNB nazorati ostida rasmiylashtiradi. Bu aktning birinchi jadvalida tozalashdan ol-dingi va keyingi don massasi, uning hajm massasi, namligi, iflos va don chiqindilarini va zararkunandalar bilan zararlanganligi ko'rsatiladi. Ikkinchi jadvalda olingan qo'shimcha mahsulot va ketegoriyalar bo'yicha chiqindilar miqdori, ularning namligi, tarkibidagi asosiy don miqdori, don va iflos chiqindilar ko'rsatiladi. Laboratoriya don tozalashga akt tuzilishining to'g'riligini tek-shirishi shart. Buning uchun tozalashdan oldingi va keyingi don ifloslanganligining farqini quyidagi formula orqali hisoblanadi: X= 100(a-b)/(100-b); bunda: a - tozalashgacha dondagi bo'lgan iflos chiqindilar, %; b - tozalashdan so'ng dondagi iflos chiqindilar, %; Olingan farqi tozalashgacha bo'lgan don massasiga ko'paytiriladi. Tozalash akti shunday hujjatki, uning asosida donni tozalash miqdori sifat hisoboti bo'yicha yaroqsizlantiriladi. Ill kategoriya chiqindilarini omixta-yem uchun ishlatib bo'lmasa, ularni yaroqsiz deb yoziladi va so'ng yo'q qilib yuborila-di. Chiqindilarni TKNB boshlig'i, ombor mudiri va muhofaza boshlig'idan tuzilgan komissiya yaroqsizlantiradi. Akt asosida chi-qindilarni miqdoriy-sifat hisoboti kitoblaridan yaroqsiz deb olib tashlanadi. Don tozalash jarayoni bo'yicha nazorat natijalarini donga qay-ta ishlov berish bo'yicha laboratoriya tahlil jurnalida hisobga oli-nadi. Jurnalda qayta ishlov berish sanasini, tekshiruv soat va qayta ishlov berishdan oldingi va keyingi don sifatlari (namlik, iflos chi-qindilar shu jumladan, zararli va don chiqindilari va zararlangan-lik) ko'rsatiladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling