1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Takrorlash uchun savollar


Download 0.51 Mb.
bet48/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Takrorlash uchun savollar
1. Soatbay grafik qanday tuziladi?
2. Donning joylashtirish planini tuzayotganda nimalardan foydalaniladi?
3. Kelayotgan don sifati qanday baholanadi?
4. Don ustida qanday hisobotlar olib boriladi?
5. Don tozalash nazorati qanday olib boriladi?
6. Donli ekinlarning uruglik donlariga qanday ishlov beriladi?
7. Uruglarning ekilish sifati nazorati kimga yuklatilgan?
8. Urugli donlarni unib chiqishi va osish energiyasi nima?
9. Ekin yaroqligi deganda nimani tushunasiz?
10. Uruglik donlari qanday joylashtiriladi?
11. Donli ekinlarga ishlov berishning texno-kimyoviy nazorati grafigi qanday tuziladi?





10-MAVZU: DONLI EKINLAR VA ULARNING SIFATIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.Don partiyalarini tashqi belgilari.
2.Don uyumi komponentlarining ta’rifi.
3.Don massasining umumiy tavsifi.
4.Don uyumi tarkibi va xossalariga ta’sir etuvchi omillar.
5.Donning sifat ko‘rsatkichlari.
6.Davlat standartlari.
Don partiyalarini tashqi belgilari.
Donlarning asosiy sifat ko’rsatkichlariga ularning yangiligi (rangi, ta’mi, hidi), namligi, katta-kichikligi, ifloslanganlik darajasi, zararkunandalar bilan zararlanganligi yoki zararlanmaganligi, don kesimining shishasimonligi, gul po’stlog’ining miqdori va boshqalar kiradi. Don asosan saqlashga va qayta ishlashga ma’lum hajmda (partiya) keltiriladi. Don massalari tashqi ko’rinishi va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha bir xil bo’lishi talab etiladi.
Har bir partiyada keltirilgan don massasida asosiy dondan tashqari boshqa begona aralashmalar, (begona o’tlar urug’i, qum, loy, poyalar, xaslar va hokazo) ham bo’lishi mumkin. SHu sababli don sifatini baholashda ana shu ko’rsatkichlarga ham alohida e’tibor beriladi.
Don partiyasining sifati standartlarda bayon etilgan uslub asosida olingan o’rtacha namunani (1,5-2,0 kg) tekshirib baholanadi. SHu sababli o’rtacha namunaning sifati butun partiya don sifatini ko’rsata bilishi kerak, chunki shu ko’rsatkichga qarab butun partiya don sifati baholanadi. Ayrim olingan bir ko’rsatkichni aniqlash uchun don o’rtacha namunasidan kichik hajmdagi don miqdori olinadi.
Donlarning sifatini baholashda organoleptik va laboratoriya usullaridan keng foydalaniladi. Donning asosiy organoleptik ko’rsatkichlariga rangi, hidi va ta’m ko’rsatkichlari kiradi.
Donning rangi uning yangi yoki eskiligidan dalolat beradi. Yangi yig’ishtirilgan don tabiiy jilolanuvchan, aynan shu donga xos rangga ega bo’ladi. Donning rangining o’zgarib, tovlanishini yo’qotishi donning noqulay sharoitda yig’ishtirilganligi, quritilganligi yoki saqlanganligi natijasida vujudga keladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling