1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet21/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Katalog-marketing —direkt-marketing usullaridan biri bo‘lib haridorlarga yoki savdo magazinlariga pochla orqali turli kataloglar jo‘natishni ko‘zda tutadi. Kataloglar ko‘p sahifali savdo-sotiq ma’lumotnomasi bo‘lib, unda tovarlarning fotosuratlari va narxlari ko‘rsatiladi. Bunday kataloglar tijorat axborotini tarqatuvchi videoroliklar, kompakt-disklar, internet-kataloglarda mavjud bo‘ladi. Bunda haridorlardan javob reaksiyasi sifatida telefon orqali bog‘lanish, tovarlarga yozma buyurtma berish qaraladi. Kataloglar davriy nashr qilinganligi bois ularda chegirmalarni ko‘zda tutuvchi kuponlar ham chop etiladi.
Haridorlardan buyurtmalarni olish uchun marketologlar uchun ularning aniq ro‘yxati zarur bo‘ladi. Odatda kataloglar uchun haridorlar ro‘yxati faqatgina harid qilishi mumkin bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘ladi. Kataloglar tarqatish ro‘yxatini tuzib chiqish orqali firma marketologlari bir vaqtning o‘zida haridorlarni ham ma’lum guruhlarga bo‘lib olishadi. Kataloglar ro‘yxati asosan quyidagilardan iborat bo‘ladi (7.2-rasm):



3.2-rasm. Katalog jo‘natmalari ro‘yxati
Yig‘ma ro‘yxat asosan tovar va xizmatlarga umumiy qiziqishi bo‘lgan iste’molchilarni aniqlashga xizmat qiladi. Masalan, uylarni ta’mirlash uchun ishlatiladigan tovarlar, oshxona jihozlari va boshqalar. Talablar ro‘yxati asosan yig‘ma ro‘yxatning mukammallashgan varianti bo‘lib haridorlar ayrim xususiyatlariga ko‘ra ro‘yxatga kiritilgan bo‘ladi. Potensial haridorlar ro‘yxati firmaning ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlar bo‘yicha shakllantiriladi.
Telefon marketing kommunikator (xabar jo‘natuvchi) va manzil egasi o‘rtasida aloqa o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Telefon marketing xususiyati bo‘yicha shaxsiy sotishga o‘xshab ketadi. Direkt-marketingning bu shakli dastlabki aloqalarni o‘rnatishga xizmat qilib, firma uchun direkt-marketing usullari qo‘llaniladigan “sinov maydoni”ni yaratadi. Telefon marketingi quyidagi bir qator masalalarni yechishga imkon beradi:
– reklama tadbirlarini rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan potensial mijozlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
– firmaning kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi respondentlardan ma’lumot olish;
– iste’molchilardan so‘rov o‘tkazish, tovar, firma haqidagi fikri, taklif qilinayotgan chegirma va mukofotlarning jozibadorligini aniqlash orqali bozorni tadqiq qilish;
– ko‘rsatilayotgan xizmatlarning afzallik va kamchiliklarini, mavjud xavf-xatar va tavakkalchiliklarni aniqlash;
– direkt-marketing tadbirlari uchun zarur bo‘lgan bosma reklama xabarlarini shakllantirish.
Telemarketing maishiy texnika, yangi tovarlar, murakkab texnologik xizmatlar va yuqori texnologik uskunalarni siljitishda eng ommaviylashgan usuldir. Telemarketingning oddiy ko‘rinishlaridan biri tovar yoki xizmatlarga bag‘ishlangan qisqa daqiqali videoroliklardir. Haridorlar tovarni harid qilish uchun translyatsiya qilinayotgan telefon raqamiga murojaat qilishi mumkin. Agarda ushbu telefon raqamiga translyatsiya vaqtida qo‘ng‘iroq qilinsa, haridorga ushbu tovarga qo‘shimcha qilib maxsus sovg‘alar beriladi. Qoidaga ko‘ra, ushbu sovg‘alar ham o‘z navbatida tovarni reklama qilishga qaratilgan. Masalan, mobil telefonlar reklama qilinganda sovg‘a tariqasida ushbu telefonning g‘ilofi yoki quvvat olish uskunalari sovg‘a sifatida beriladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling