1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-MAVZU: CHAKANA SAVDODA TOVAR SIYOSATI
Tayanch iboralar: chakana savdo korxona, chakana savdo shoxobchasi, tiplashtirish, chakana savdo tarmoqlari, doimiy chakana savdo shaxobchasi, kuchma chakana savdo shaxobchasi, kioska, chodir, pavilion.
Takrorlash uchun savollar: Chakana savdo korxonasi deb nimaga aytiladi? Chakana savdo tarmog‘i deb nimaga aytiladi? Chakana savdodada qanday tijorat vazifalari amalga oshiriladi? Chakana savdo shaxobchalarida qanday turdagi vazifalar bajariladi? Chakana savdo korxonalari qanday belgilariga qarab qanday turlarga bo‘linadi? Chakana savdo korxonalarining savdodagi asosiy funksiyalari nimadan iborat? Tiplashtirish deb nimaga aytiladi? Chakana savdo do‘konlarining qanday tiplari mavjud? Savdo markazi deb nimaga aytiladi? Univermas deb qanday chakana savdo tipiga aytiladi? Supermarket deb nimaga aytiladi? 5-MAVZU: CHAKANA SAVDODA TOVAR SIYOSATI Reja: 5.1. Tovar sotish usullari va turlari. 5.2. Tovar sotishni faollashtirish yo‘llari. 5.3. Savdo xizmati ko‘rsatish mazmuni, ahamiyati. 5.4. Qo‘shimcha savdo xizmat ko‘rsatish turlari. 5.1. Tovar sotish usullari va turlariTovar sotish jarayonlari tijorat ishlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib amalga oshadi. Tovar sotish jarayonlari tovar harakatining oxirgi bo‘g‘inida amalga oshiriladi. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turg‘un savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llangan holda amalga oshirilishi mumkin. Chakana savdoni ko‘chma ravishda (do‘konchalarda) amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, salqin ichimliklar va muzqaymoqlar sotish bundan mustasno. Ko‘chma savdoni faqat yuridik yuridik shaxslar tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlarining savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari va joylari ko‘rsatilgan holdagi ruxsatnomalar asosida, shuningdek tantanalar kunlarida, savdo xizmati ko‘rsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, shartnomada ko‘chma savdoga qo‘yiladigan tovarlar turlari va miqdorini ko‘rsatgan holda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan o‘tgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yo‘l qshyilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qiladilar. Chakana savdo korxonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, o‘quv va ma’rifat yurtlari)ga sotishga ruxsat beriladi. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan qonun hujjatlariga muvofiq turg‘un chakana savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan quyidagilar asosida shug‘ullanishlari mumkin: yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar; yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnik korxonaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar; davlat soliq xizmati organining nazorat-kassa mashinasini oldindan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat quyidagilar bo‘yicha amalga oshirish huquqiga egadirlar: yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita o‘zlari keltirishgan import tovarlar; o‘zlari tayyorlagan tovarlar; ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar; mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tovarlari – ularni qonuniy ravishda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud bo‘lganda. Sotish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: haridorlar talabini aniqlash, tovarni ko‘rsatish va taklif etish, haridorlarga maslahat berish, yangi va hamroh tovarlarni haridorlarga taklif etish, haridor bilan hisob-kitob qilish, tovarni o‘rab haridorga berish. Bularni bajarish bir qancha usullar orqali amalga oshishi mumkin. Hozirgi vaqtda chakana savdo tarmoqlarida tovar sotishning quyidagi usullari qo‘llanilmoqda: oddiy usulda sotish; ochiq yoyib sotish; namuna usulida sotish; o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usulida sotish; oldindan berilgan buyurtma asosida sotish; avtomatlar orqali tovar sotish. Bizga ma’lumki, sotish usullari tarixiy bo‘lib, rivojlanish xususiyatiga ega. Tovar sotish jarayonlari tovar harakatining oxirgi bo‘g‘inida amalga oshirilib, iste’molga va ishlab chiqarishga kuchli ta’sir etadi. Bozor munosabatlari sharoitida tovarning narxi, iste’mol qiymati shu jarayon paytida aniqlanadi. Sotish jarayonlari tijorat ishlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib amalga oshadi. Tovar sotish jarayonlari bu chakana savdo do‘konlarining tovar sotish bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlarning yig‘indisiga aytiladi. Jarayonlarning tarkibi, soni, miqdori ko‘pgina xususiyatlarga ega bo‘ladi va bir necha xil bo‘lishi mumkin. Amalda bu jarayonlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: tovarlarni kelishi, tushirilishi; tovarlarni qabul qilish; tovarlarni saqlash; tovarlarni sotish. Tovarlar xususiyatlariga qarab tovar sotish jarayonlari kengaytirilgan shaklda ham ifoda qilinishi mumkin. Misol uchun, gazlama sotish texnologiyasi yoki sabzavot sotish texnologiyasi. Tovar sotish texnologiyasi tovar sotish jarayonlarining bajarish usulini bildiradi. Demak, bu usullar har xil bo‘lishi mumkin. Tovar sotish texnologiyasi quyidagi omillarga bog‘liq: tovarning xususiyatiga (fizik, kimyoviy, biologik); tovarlarni sotishga, iste’mol qilishga tayyorlash darajasi; chakana savdo do‘konlarni texnikaviy jihozlanish darajasiga; do‘konning tuzilishiga, loyihasiga bog‘liq bo‘ladi. Chakana savdo do‘konlarida bajarilayotgan jarayonlarning ayrimlari ishlab chiqarish korxonalariga mos, ishlab chiqarish korxonalarining harakteriga va texnologiyasiga bog‘liq bo‘lganligi uchun bu xildagi jarayonlar ishlab chiqarish jarayonlarining savdoda davom etishi deb aytiladi, ya’ni dazmollash, qadoqlash, o‘rash, iste’molga tayyorlash. Bu jarayonlar ko‘pgina jismoniy kuchni talab qilib zamonaviy texnika bo‘lishini taqozo qiladi. Shuning uchun ham bularni ishlab chiqarishda bajarilmog‘i maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi xildagi jarayonlar tovar sotish bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi, ya’ni tovarlarni tashish, saqlash, terish, haridorlarga ko‘rsatish va hokazo. Bu jarayonlar do‘konlarning asosiy ishlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish va savdo taraqqiyoti yangi usullarni olib kelishiga yordam beradi. Oddiy usulda sotish ko‘p asrlardan mavjud bo‘lib, uni chizma shaklda ko‘rinishi quyidagicha: TOVAR SOTUVCHI HARIDOR Bunda haridor o‘ziga kerakli tovarni sotuvchidan oladi. Oddiy usulda sotishda asosli ishlarni sotuvchi bajaradi va sotish jarayonida faol rolni sotuvchi o‘ynaydi. Ochiq-yoyib sotish usuli ham ko‘p zamonlardan beri mavjud bo‘lib, tovarlar ochiq holda haridorlar oldida terib va yoyib ko‘rsatiladi, uning chizma shakli quyidagicha: SOTUVCHI TOVAR HARIDOR Namuna usulida sotish – ayrim tovarlar, ya’ni gazlama, katta gabaritli tovarlar (mebel, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizorlar) namuna holatida sotilishi mumkin. Tovarlarning namunalari savdo zallarida ko‘rsatilib, haridorga berilishi kerak bo‘lgan tovarlar esa do‘konning yordamchi xonalarida, ulgurji korxonalar omborlarida, ishlab chiqarish korxonalarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu usulning afzallik tomoni shundaki, uncha katta bo‘lmagan savdo maydonida ko‘pgina tovarlarni assortimentini qo‘yish mumkin. Tovarlarga yopishtirib quyilgan yorliqlarga tovarning nomi, artikuli, navi, narxi ko‘rsatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli, ya’ni SOTUVCHI HARIDOR TOVAR Bu usulning mohiyati quyidagicha bo‘ladi: tovarlar qadoqlangan holatda, peshtaxtalarda terilgan bo‘lib, haridorlar, erkin tanlab oladilar va olingan tovarlar uchun chiqish joyida yagona hisob-kitob uzelida haq tulaydi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli 1908 yilda Chikago shahrida qo‘llanilgan bo‘lib, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida 1954 yildan boshlanib qo‘llanila boshladi. O‘zbekistonda Toshkent viloyatining Qibray tumanida 1956 yil Kitob do‘koni shu asosda ishlay boshladi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy afzalliklarining manbai shundan iboratki, do‘konda bajarilayotgan ko‘pgina jarayonlar, ya’ni tovarni ko‘rsatish, tanlash, kerakli miqdorda tanlab yoki o‘lchab olish, haridorlar tomonidan bajariladi. Ana shu sababli do‘kon xodimlariga bo‘lgan talab birmuncha kamayadi va mehnat unumdorligini oshishiga olib keladi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish darajasi ikki xil usul bilan aniqlanishi mumkin: O‘z-o‘ziga xizmat qilish darajasi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga o‘tgan do‘konlarning sonini tashkilotda bo‘lgan do‘konlar soniga bo‘lishi bilan topiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish asosida sotiladigan tovarlarning tovar aylanishini, umumiy tovar aylanishiga bo‘lish bilan topiladi: Qoidaga muvofiq do‘konlarda tovar aylanishining kamida 70 % o‘z-o‘ziga xizmat qilish asosida sotilsa, shunday do‘konlarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan do‘kon hisoblanadi. Buyurtma asosida sotish – bu usul 1920 yildan boshlab Moskvada tadbiq etila boshladi. Bu usulda haridorlar sotib olishi lozim bo‘lgan tovarlarni oldindan xat, telefon va boshqa yo‘llar orqali do‘konlarga xabar qilib, tovarni olgandan keyin pulini to‘lashlari lozim. Bu buyurtma asosida sotishda xabar va tovar yetkazib berish quyidagi shakllarda amalga oshirish mumkin: telefon orqali buyurtma berish – tovarni uyga keltirib berish sharti bilan; telefon orqali xabar berish va do‘kondan tovarni olish shaklida; to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘konga borib buyurtma berish va undan keyin tovarni olish sharti bilan; to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘konga buyurtma berish va uyga yetkazib berish sharti bilan. Tovarlarning narxi va ko‘rsatilgan xizmatga oldindan yoki keyin – tovarni olgan paytda haq to‘lanadi. Buyurtma orqali sotishning afzalliklari quyidagilardan iboratdir: haridorning tovar sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan vaqti bir muncha kamayadi; transport harajatlari bir qancha qisqarishi mumkin; chakana savdo do‘konlariga bo‘lgan talab bir qancha kamayadi. Avtomat orqali sotish – birinchi marotaba 1888 yilda AQShda tadbiq etildi. Sobiq ittifoqda 1956 yilda Kiyevda tashkil etilgan edi. 1965 yilgacha juda tezlik bilan rivojlana boshladi, 1960-1965 yillarda maxsus avtomat savdo tashkilotlari, ya’ni avtomattorglar tashkil etildi, avtomat do‘konlar, non sotadigan avtomatlar tashkil etildi. Avtomat orqali tovar sotishning afzalliklari quyidagilardan iborat: tovar haridorga maksimum darajada yaqinlashadi; ishlash muhlati chegaralanmaslik mumkin, ya’ni 24 soat davomida ishlashi mumkin; sanitariya holati sotish jarayonida toza bo‘ladi; haridor vaqti sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan vaqti maksimum darajada qisqaradi. Avtomat bilan sotishning yetarli darajada rivojlanmasligiga sabab: birinchidan – avtomat mashinalarining konstruktiv qismlari va uning tuzilishi zamonaviy talablarga javob bermasligida; ikkinchidan – tanga pullarning tovar narxlariga to‘g‘ri kelmasligi; uchinchidan – savdoda texnika xizmatining nihoyat darajada past tashkil etilganligi, ya’ni avtomatni ishga tushuruvchi, avtomat ustidan nazorat qilish, unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning yo‘qligi va ular sifatining pastligi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling