1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Chakana savdo do‘konlarining asosiy turlari


Download 0.93 Mb.
bet28/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

4.4. Chakana savdo do‘konlarining asosiy turlari


1. Savdo markazi – chakana savdo korxonasi, ommaviy ovqatlanish, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning majmuiga aytiladi. Savdo markazi bir binoda joylashgan yoki yonma-yon joylashgan bino shaklida bo‘lishi mumkin.
Savdo markazining afzallik tomonlari:
- savdo markazida odatda xizmatning hamma turini iste’molchi qabul qilishi mumkin;
- aholining ko‘p, ozligiga qarab bir necha hil tiplari ishlab chiqilgan.
2. Savdo tarmog‘idagi yetakchi korxonalardan biri – universal do‘kon hisoblanadi. Ularda tovarlarning g‘oyat universal xilma-xil assortimenti bor.
3. Nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar.
4. Ayrim nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi do‘konlar, ya’ni «Texnika», «Bolalar uyi», «Avtomobil», «Kiyim-kechak».
5. Oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar.
6. Ayrim oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar, ya’ni «Sut va sut mahsulotlari», «Non va non mahsulotlari», «Meva va sabzavot» va h.k.
7. «Kundalik ehtiyoj mollari» do‘koni ko‘p talab qilinadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar sotishi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar bo‘lishi kerak.
8. Universam – bu asosan oziq-ovqat tovarlarini va qisman nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi do‘kon bo‘lib hisoblanadi, nooziq-ovqat tovarlaridan xo‘jalik tovarlari, konselyariya tovarlari, parfyumeriya tovarlari bo‘lishi mumkin. Ularning hissasi universam tovar aylanmasini 10-15% ini tashkil etsa maqsadga muvofiq hisoblanadi. Universamning boshqa do‘konlardan farqi, uning texnologik jarayonlarini olib borishda texnika va fan yutuqlaridan foydalanishdadir. Birinchi universam 1912 yilda qurilgan bo‘lib, uning maydoni 1200 kv.m bo‘lgan.
9. Supermarket. Supermarket deb savdo maydoni 450 kv.m dan ortiq bo‘lgan asosan oziq-ovqat va qisman nooziq-ovqat tovarlarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish asosida sotadigan do‘konlarga aytiladi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda 70-80 foiz oziq-ovqat tovarlari supermarket orqali sotiladi. Supermarketlarning maydoni ko‘pincha 800, 1000, 1500, 2500, 4000 kv.m atrofida bo‘ladi. Savdo maydoniga qarab nooziq-ovqat tovrlarining hissasi turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni eng kichiklarida 10-15 %, kattalarida 40-50% bo‘ladi. Birinchi marta supermarket N’yu-Yorkning Elizabet shahrida 1932 yilda vujudga kelgan, uning maydoni 4600 kv. m. bo‘lib, nomi «Katta ayiq» bo‘lgan.
10. Do‘kon-omborlar. Ular bir necha o‘n ming kv. metr maydonni egallaydi, ham ulgurji, ham chakana savdo funksiyalarini bajaradi, tovarlarning assortimenti 100 mingga yaqin nomlarga ega, tovar assortimenti – keng, narxlar – past.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling