1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Tovar sotishni faollashtirish yo‘llari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
5.2. Tovar sotishni faollashtirish yo‘llariAholiga xizmat ko‘rsatish bir qancha usullar bilan va tashkiliy yo‘llar bilan amalga oshishi mumkin. Tovarlar kredit yo‘li bilan, vositachilik yo‘li bilan, maxsus cheklar bilan, ko‘chma savdo do‘konlarining yo‘li bilan, ayrim shaxslar yordami bilan amalga oshishi mumkin. Kreditga tovar sotish – tovar sotishning ko‘p tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Kreditga tovar sotish do‘konlari tovarlarining ro‘yxatlari, sotish tartibi yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lib ma’lum tartibda olib boriladi. Maxsus chek daftarchasi orqali tovar sotish, 1988 yil boshlarida boshlangan edi. Cheklarni sug‘urta bankalari tomonidan berilib bir yillik kuchga egadirlar. Cheklarni do‘konlarga berish paytida albatta pasportni ham ko‘rsatish shart. Pasporsiz haqiqiy hisoblanmaydi. Chek ikki qismdan iborat: birinchisi chek, ikkinchisi korishok. Do‘kon xodimlari cheklar bo‘yicha maxsus ro‘yxat tuzilib, bankka topshirilishi shart. Tovarlarni sotishda pul o‘tkazish orqali tovar sotish – 1967 yildan boshlab aholiga pochta yoki telegraf orqali o‘tkazgan puliga tovar sotish bir muncha tarqalgan. Bunday tovar sotish asosan ko‘pgina tug‘ilgan kunga, to‘y va boshqa marosimlar bilan bog‘liq bo‘ladi, shu paytda bu usulda tovar sotilar edi, ya’ni tovar tuhfa sifatida haridorga yetkazib beriladi. Ko‘chma holda tovar sotish - asosan avtodo‘konlar, aravachalar ayrim shaxslar yordamida amalga oshishi mumkin. Shuning bilan birgalikda suv transporti, havo va temir yo‘l transporti yordamida ko‘chma savdoni tashkil qilish mumkin. Avtodo‘konlar ishini tashkil etish uchun korxona va tashkilotlarda avtodo‘konlar yo‘l marshrutlari, xizmat ko‘rsatishdagi aholi punktlari, borish vaqti oldindan tuziladi. Ana shu grafiklar asosida belgilangan paytda va belgilangan joyda savdo jarayoni olib borishlari kerak. Avtodo‘konlarda sotish bir necha xil usullarda olib borilishi mumkin: buyurtma yo‘li bilan; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish yo‘li bilan; Avtodo‘konlar assortimentiga oddiy assortimentli tovarlar kiritiladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling