1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Tashkiliy-iqtisodiy funksiyalar
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik-texnologik funksiyalar
Tashkiliy-iqtisodiy funksiyalar:
Taklif imkoniyatlarini o‘rganish; Talab va ehtiyojni o‘rganish; Narxni shakllantirish; Tovarlar reklamasini tashkil qilish; Shartnomalar tuzish va buyurtmalar berish; Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish. Texnik-texnologik funksiyalar: Tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga yetkazishni tashkil qilish (transport korxonalari bilan aloqa o‘rnatish, tovarlarni son va sifatda qabul qilish va h.k.); Tovarlarni saqlash; Tovarlarni qadoqlash; Tovarlarni transport vositalariga yuklash, tushirish. Savdo aholi hayotini ta’minlaydigan alohida soha bo‘lib hisoblanadi. Uni ishtirokida ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar tomonidan ijtimoiy tan olinadi, tovar taklifi bilan iste’molchilar talabi kelishtiriladi. Tovar taklifi bilan iste’molchilar talabini kelishtirish orqali savdo ishlab chiqarishga faol ta’sir qiladi, u ishlab chiqarish hajmini va tarkibini (assortimentini) belgilashga ta’sir qiladi. Savdoning ishlab chiqarish bilan aloqasi – ularni xo‘jalik aloqalari, tijorat ishlari orqali amalga oshadi. Iqtisodiyotda savdo korxonasisiz ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar iste’molchilarga yetib bormaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga savdo iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi. Har qanday ishlab chiqaruvchi xo‘jalik sub’ektlari o‘zi ishlab chiqargan tovarni sotilishini ta’minlash shart, aks holda uning faoliyati to‘xtalib qolishi mumkin. Savdo korxonalari ishlab chiqaruvchilarga o‘z harajatlarini qoplash va tegishli daromad olish imkoniyatini yaratadi. Savdoning asosiy vazifalaridan biri iste’molchilarga xizmat qilish bo‘lib hisoblanadi. Iste’mol takror ishlab chiqarish jarayonining to‘rtinchi va oxirgi fazasi. U mahsulotlarning harakatini oxirgi bosqichi. Iste’molda tovarlarni iste’mol qiymati namoyon bo‘ladi va tan olinadi. Savdoning shaxsiy iste’mol bilan aloqasi aholining iste’mol tovarlariga ehtiyojini qondirish orqali namoyon bo‘ladi. Savdoda alohida shaxs yoki iste’molchilar guruhi uchun mos keladigan tovarlarining assortimenti shakllanadi. Uzluksiz savdo amalga oshiriladi, ya’ni talabni uzluksiz qondirib borish jarayoni ta’minlanadi. Shaxsiy iste’mol orqali insoniyat ishchi kuchini takror ishlab chiqaradi. Bu esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga manfaat tug‘diradi, chunki har qanday tarmoq ishchi kuchi bilan uzluksiz ta’minlanishi zarur. Savdoda ehtiyojni shakllantirish orqali iste’mol tarkibiga, aholining umumiy ravishda yashash darajasini oshirishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tovarlarni reklama qilish orqali aholi ehtiyojini shakllantirish. Reklama, har xil turdagi savdo shaxobchalarini tashkil qilish orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy guruhlari orasida iste’mol darajasi va tarkibini tartibga solishdek murakkab vazifani amalga oshiradi. Savdo har xil foydali maslahatlar berish orqali oqilona iste’molni shakllantiradi. Bu esa aholining hayotini va iste’mol darajasini ortishiga olib keladi. Savdo shaxobchalarida progressiv savdo texnologiyalarini joriy etish, haridorlarga zaruriy shart-sharoitlar yaratish bilan aholining tovar sotib olish harajatlarini, tovar sotib olishga sarflangan vaqtini tejashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aholining bo‘sh vaqti esa jamiyatning boyligi, uning taraqqiyoti uchun asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Savdo korxonalarida o‘ziga xos mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar shakllanadi va foydalaniladi. Bu jarayonda aholiga tovar sotish bilan bir qatorda tovarlarni sotish, haridorlar uylariga yetkazish, iste’molni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat amalga oshiriladi. Savdoga xos tadbirkorlik rivojlanadi, alohida vositachilar guruhi vujudga keladi. Moliyaviy sub’ektlar bilan aloqalar o‘rnatiladi, iqtisodiy-moliyaviy vositalar ishlatiladi. Oldi-sotdi jarayoniga bog‘liq huquqiy vositalar va me’yorlar o‘z aksini topadi. Ushbu jarayonda ijtimoiy vositalar ishga tushadi, psixologik muhit yaratiladi va nihoyat, tovar – pul munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va psixologik munosabatlar shakllanadi. Shunday qilib, savdoning xo‘jalik mexanizmi, jamiyat xo‘jalik mexanizmining ajralmas qismi, uni harakatlantiruvchi faol vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Savdoning xo‘jalik mexanizmi – uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqaruv usul-uslublari, tashkiliy tuzilmasi, aniq xo‘jalik yuritish shakllari, huquqiy, psixologik vosita va jarayonlar majmuidir. Savdoning xo‘jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi. Birinchidan, savdoni tashkil qilish shakllari, savdo korxonasi va tadbirkorlikning shakl va turlari, ularning ixtisoslashishi, tiplanishi, kooperativlashishi, assotsiatsiyalashuvi va hokazo. Ikkinchidan, uni boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu elementlar iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tegishli ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, savdoning davlat organlari va iqtisodiyotning boshqa sub’ektlari bilan moliyaviy-kredit, pul munosabatlari, oldi-sotdi va xo‘jalik aloqalari. To‘rtinchidan, savdoda ishlatiladigan iqtisodiy rag‘batlantirish shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (narx, ish haqi, foyda). Beshinchidan, savdo faoliyatini tartibga solishni huquqiy shakl va usullar. Huquqiy qonunlar, davlat organlarining me’yoriy hujjatlari, ko‘rsatmalari, savdo tashkilotlari va korxonalarning nizomi, ustavi va hokazolar. Oltinchidan, savdo munosabatlariga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar. Yetinchidan, davlatning iqtisodiy siyosati. Sakkizinchidan, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling