1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Savdo joyida tovarlarni siljitish modellari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
3.3. Savdo joyida tovarlarni siljitish modellariSavdo joylarida tovarlarni siljitishning quyidagi modellaridan foydalaniladi: – shaxsiy sotishlar – bir yoki bir nechta potensial mijozlar bilan taqdimotlar uyushtirish, suhbat, muzokara olib borish, buyurtma qabul qilish va bitim tuzish maqsadida bevosita munosabatlar o‘rnatish; – direkt-meyl – manzilli va manzilsiz pochta jo‘natmalari, reklama materiallari, buklet va boshqa reklama xususiyatiga ega bo‘lgan materiallarni haridorlar manziliga tarqatish yoki elektron pochta orqali jo‘natish; – katalog-marketing (kataloglar bo‘yicha sotish) – haridorlarga tovarlar katalogini pochta orqali jo‘natish, ko‘rgazma va magazinlarga kataloglar jo‘natish; – telefon orqali sotish (telefon marketing) – haridorlarga tovar va xizmatlarni sotishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefondan foydalanish; – televizion murojaat (telemarketing) —tovar va xizmatlarni teleko‘rsatuv yoki radioda murojaat qilish va teskari aloqa vositasida sotish (bunda ma’lum telekanallarda firma videomateriallari namoyish qilinadi va ekranda telefon raqam, firma manzili, bog‘lanish markazlari berib boriladi); – interaktiv (onlayn) marketing – muayyan vaqt oralig‘ida kompyuter aloqasi orqali interaktiv xizmatlar ko‘rsatish orqali sotish tushuniladi [31,315]. Masalan soliq qo‘mitasi saytida STIRni aniqlash, davlat xizmatlaridan foydalanish. Direkt-marketingda muvaffaqiyatning muhim omillaridan biri har bir potensial mijozlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining mavjudligidir. Zamonaviy firma va kompaniyalarda potensial mijozlar to‘g‘risida ulkan ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lib ular haridorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni geografik, demografik, psixografik, hattoki xulq-atvor xususiyatlarga ko‘ra saralash imkonini beradi. Bunday ma’lumotlar bazasi potensial mijozlarni qidirib topish, tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash va muayyan ehtiyojlarni e’tiborga olgan xolda ishlab chiqarish va bu iste’molchilar bilan uzoq muddat aloqalar o‘rnatishga imkon beradi. Direkt-meyl (direct-mail) o‘zbek tiliga tarjima qilinganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta tarqatmalarini anglatadi. Bunda kommunikator manzil egasiga yozma ravishda pochta orqali murojaat qiladi (manzil bo‘yicha yetkazib berish, manzil bo‘yicha tarqatish, elektron pochta). Direkt-meyl tadbirlarining samaradorligi boshqa reklama vositalariga qaraganda yuqori bo‘lib, uning iqtisodiy samarasini aniqlash reklama samaradorligini aniqlashga nisbatan ishonchli va aniqroq natija beradi. Odatda direkt-meyl litsenziyalar, texnologiyalar, kitob, gazeta va jurnallar obunasi, sug‘urtalash, turli xizmatlarni sotish jarayonida samarali qo‘llaniladi. Direkt-meylning muhim afzalliklaridan biri undan bozorni tadqiq qilish vositasi sifatida ham foydalanilishidir. Buning uchun bozor to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni to‘plash maqsadida potensial mijozlar va ayrim iste’molchilarga bozor to‘g‘risidagi savolnomalar tarqatiladi. Olingan ma’lumotlar qayta ishlanib kerakli qarorlar qabul qilinadi. Boshqa xollarda esa bunday tadbirlar uchun katta miqdordagi moliyaviy mablag‘lar va ma’lum bir vaqt sarflashga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi [31,312]. Direkt-meylni reklama bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, davriy nashrlardagi reklamalarni kishilar doimiy ravishda kuzatish va eslab qolish yoki taxlil qilish imkoniga ega emaslar. Shuningdek, televizion kanallarni ham barcha iste’molchilar ham bir xilda va bir vaqtning o‘zida tomosha qila olmaydi. Direkt-meyl reklamaga xos bo‘lgan chalg‘itish xususiyatiga ega emas va odatda potensial mijozlar va kelgusida firma haridoriga aylanishi mumkin bo‘lgan iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan axborotni tarqatadi. Reklamaning barcha turlari iste’molchilarni tovarlar bilan tanishish, ularni harid qilishlari uchun magazinlar tomon yo‘naltiradi. Direkt-meyl esa tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan bo‘lib, iste’molchilarni tovar bilan oldindan tanishmasdan harid qilishga imkon beradi va shu bilan birgalikda ular bilan uzoq muddat munosabatlarni saqlab qoladi. Direkt-meyl to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali tarqatilganligi bois, uning o‘rami ham dizaynerlik konsepsiyasiga javob berishi lozim. Ushbu o‘ramlar oddiy pochta o‘ramlaridan farqlanib turishi, qabul qilib oluvchida uni ochib ko‘rish ishtiyoqini yanada oshirishi lozim. Direkt-meyl tarqatmalariga badiiy bezak berish odatda pochta konverti, xat, reklama prospekti(reklama harakteridagi savdo-sotiq ma’lumotnomasi), javob varaqasi va qaytarish varaqasidan iborat bo‘ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling