1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Dastur doirasida talabni shakllantirish, ish haqi va sotishni rag‘batlantirish


Download 0.93 Mb.
bet9/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Dastur doirasida talabni shakllantirish, ish haqi va sotishni rag‘batlantirish. Manfaatli hamkorlar mazkur hamokorlik dasturi orqali talab shakllantirish, mukofotlar va sotishni rag‘batlantirish vositalariga ega bo‘lishi mumkin. bunda ko‘pgina imtiyozlar, vositalar va manbalar barcha a’zolar uchun yo‘naltiriladi.
Talab shakllantirish maqsadida korxona maxsus co-Marketing Zone yoki Co-Marketing Tools dasturini ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Co-Marketing Tools korxonaning barcha bo‘linmalarining hamkorlik materiallarini yagona platformaga birlashtirgan yirik marketing vositasidir. Co-Marketing Tools hamkorlikdagi marketing dasturlarini avtomatlashtirish orqali hamkorlarga korxona brendining afzallik jihatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Web Content Syndication dasturi korxona mahsulotlari to‘g‘risidagi kontentni bir vaqtning o‘zida turli veb-saytlarda nashr etish vositasi bo‘lib. harid jarayonini o‘ziga xos “shou”ga aylantirish orqali mijozlarning sodiqligini oshirish va sotuvlar hajmini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu dasturlar orqali korxona hamkorlarga o‘z mahsulotlariga talabni oshirish uchun turli reklama imkoniyatlarini taklif etadi. Aksiyalar qisqa muddatli bo‘lishi mumkin va muayyan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilishi yoki uzoq muddatli bo‘lishi va butun mahsulot qatoriga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Sotishni rag‘batlantirish vositalari
Tovarni namoyish qiluvchi turli uskunalarni o‘z ichiga olib hamkorlarga taqdimot va mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish uchun yoki tajriba tariqasida sinov uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni sotib olish yoki ijaraga olishda sezilarli chegirmalarni ko‘zda tutadi, bu esa hamkorlar uchun tovar va mahsulotlardan cheklangan holatda foydalanish imkonini beradi. Sodiq mijozlar uchun korxonalar vakolatli distribyutorlardan sotib olingan yoki lizing kompaniyasidan ijaraga olingan keng assortimentdagi mahsulotlarni chegirmalar orqali taqdim etishi mumkin.
iQuote - bu savdo jarayonini soddalashtiradigan va sotuvchilarga korxona mahsulotlarini yagona savdo nuqtasi orqali ro‘yxatga olish, narxlashtirish va sotib olish imkoniyatini beruvchi onlayn savdo dasturi hisoblanadi. iQuote orqali mijozning ehtiyojlariga mos keladigan variantlarda va narxda sotib olish, texnik mutaxassislar yordamisiz mahsulot qatorida keraklisini tezda topish mumkin. shuningdek ushbu dastur asosida real vaqt rejimida mavjud tovar va narxlar haqidagi ma’lumotlar ham taqdim etadi.
Hamkorlik dasturlari hamkorlariga vaqtni tejaydigan ko‘plab imtiyozlarni taqdim etadi. Ya’ni:
• har bir aniq hamkor uchun shartnoma asosida ro‘yxat narxlari va harid narxlarini (shu jumladan standart chegirmalarni) taklif qiladi;
• shartnoma bo‘yicha taqdim etilgan sheriklik chegirmalari (ishlash bo‘yicha chegirmalar) va mahsulot katalogi raqamlarini o‘z ichiga oladi;
muayyan mahsulotlar, mahsulot qatorlari yoki shartnoma predmeti uchun narxlar va mahsulotlar haqida ma’lumot olish uchun individual so‘rovlarni yaratish imkonini beradi.
Hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish orqali korxonalar imtiyozi shartlariga muvofiq korxona nomidan maqsadli savdo natijalariga erishishi, aniq maqsadlarni yoki xizmatlarni amalga oshirishlari zarur.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling