1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Savdo vositachilari uchun sotishni rag‘batlantirishning turlari


Download 0.93 Mb.
bet11/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

3.1. Savdo vositachilari uchun sotishni rag‘batlantirishning turlari


Sotishni rag‘batlantirish usullarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • o‘tkazilish joyiga ko‘ra (masalan, shahar va hududlarda; ko‘chada, magazinda, bozorda);

  • o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra (tonggi, kunduzgi, kechqurungi, tunggi promo-aksiyalar);

  • o‘tkazilish davomiyligiga ko‘ra (bir kunlik, ko‘p kunlik);

  • o‘tkazish sababi (voqea-hodisa)ga ko‘ra (bayram, yubiley, mavsumiy);

  • tadbirlarning turiga ko‘ra (degustatsiya, sempling, mukofotlar, lotereya o‘yinlari, tanlov, tematik ko‘rgazmalar, tanishtirish, intervyu va boshqalar.).

Odatda sotishni rag‘batlantirish tadbirlari (seylz promoushn) quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

  • sotuvchilarni rag‘batlantirish (trade promotion)

  • vositachilarni rag‘batlantirish (promotion)

  • iste’molchilarni rag‘batlantirish (consumer promotion)

Sotishni rag‘batlantirish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Sotuvchilarni rag‘batlantirish (Trade promotion) – tovar tarqatuvchi tarmoqlar (tijorat agentlari, ulgurji haridorlar, chakana savdogarlar, diler va boshq) faoliyatini jadallashtirish va sotuvni rag‘batlashdir. Tovarlarni sotish ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga qadar bo‘lgan zanjirdan iborat bo‘lib, bu zanjirda ulgurji haridorlar, sotuvchilar, dilerlar va distribyuterlar oraliq bo‘g‘in vazifasini o‘taydi [19,57-61].
Sotuvchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari qo‘yidagilar:

  • o‘rnak ko‘rsatgan sotuvchilarni mukofotlash.

  • o‘rnak ko‘rsatgan sotuvchilarga qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etish.

  • o‘rnak ko‘rsatgan sotuvchilarga firma hisobidan ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirish.

  • g‘oliblarni mukofotlash maqsadida sotuvchilar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish.

  • ilg‘or sotuvchilar konferensiyasini tashkil etish.

  • moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling