1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika
Download 233.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Turizm bo\'yicha mavzular
3.3. "Sayohatchi" tushunchasi
Ko’pincha "sayohatchi", "turist", "tashrif buyuruvchi" atamalari bir birini sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu to‘g‘rimi? Sayohatchi deganda odatda ikki yoki undan ko‘proq mamlakatlar yoki doimiy yashaydigan mamlakati doirasida ikki va undan ko‘proq joylar o‘rtasida sayohat qiluvchi har qanday jismoniy jaxs tushuniladi. Xalqaro sayohatchi - bu o‘z yashash joyi mamlakati tashqarisiga sayohat qiluvchidir. Bunda sayohatning maqsadi, foydalanadigan transport vositasi hisobga olinmaydi, chunki piyoda sayohatga chiqish ham mumkin. Ichki sayohatchi deganda yashash joy mamlakati ichidagi sayohatchi shaxs tushuniladi. Bu atamalar "yo‘lovchi" tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Turizm statistikasiga yana quyidagi sayohatchilar kiritilmaydi: - chegaraoldi ishchi va xodimlari; - vaqtinchalik migrantlar; - doimiy migrantlar; - ko‘chmanchilar; - tranzit yo‘lovchilar; - qochoqlar; - harbiy xizmatchilar; - konsullik xodimlari; - diplomatlar. Shu bilan birga ikkita katta guruh bir biridan farqlanadi: tashrif buyuruvchilar va sayohatchilar. Tashrif buyuruvchilar o‘z navbatida ikki kategoriyaga bo‘linadi: - turistlar (tunab koladigan tashrifchilar); - bir kunlik tashrifchilar. Tashrif buyuruvchilarni sayohatchilardan farqlovchi uchta mezon mavjud: Birinchidan, tashrif odatdagi yashash muhitidan tashqarida sodir bo’ladi. Aytaylik, shaxs Chirchiq shahrida yashaydigan bo’lsa, ishlash uchun Toshkentga qatnasa, qamrab olingan real bir muhit hududi hisoblanadi va u tashrif buyuruvchi bo‘lmaydi. Agar shaxs vaqti vaqti bilan, qanday maksadda bo’lishidan qat’iy nazar, Samarqandga kelib-ketib tursa ichki turizm bo‘yicha tashrifchiga kiradi. Ikkinchidan, tashrif buyurgan joyida turib qolish qatorasiga 12 oydan oshmasligi kerak, muddat undan oshadigan bo’lsa tashrifchi o‘sha joyning yashovchisiga aylanadi. Agar shaxs Termiz shahrining diqqatga sazovor arxeologik qazilmalari ustida ilmiy ish olib borib, u yerda bir yilgacha qolib ketadigan bo‘lsa, u turist xisoblanadi, uzluksiz muddat bir yildan oshadigan bo‘lsa shaxs bo‘lib turgan hudud uning uchun odatdagi muhitga aylanadi. Uchinchidan, tashrifning asosiy maqsadi borgan joyidan daromad olish manbasi bo‘lmasligi kerak, chunki unda tashrifning migratsiyadan farqi qolmaydi. Agar shaxs Jizzax viloyatiga kelib mahalliy aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadigan bo‘lsa unga ish joyidan safar xarajatlari to‘lanadigan bo‘lsa, u tashrifchi qatoriga kiradi. Turizmning asosiy turlari bo‘yicha tashrif buyuruvchilar quyidagicha tasniflanadi: Xalqaro tashrifchilarga u yoki bu mamlakat bo‘ylab 12 oydan oshmagan muddatda sayohat qiluvchi, safarning asosiy maqsadi xaq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘lmagan jismoniy shaxslar kiritiladi. Ular: - turistlar (tunab koladigan); - bir kunlik tashrifchilar (tunab kolmaydigan)dir. Ichki tashrifchilarga yashaydigan mamlakat ichida u yoki bu joylarga 12 oydan oshmagan muddat oralig‘ida sayohat qiladigan jismoniy shaxs kiradi. Uning ham tashrifdan bosh maqsadi borgan joyida daromad keltiradigan faoliyat turi bilan shug‘ullanmaslik bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bir qator safar kategoriyalari borki ular xam kelib-ketadigan ishchi tashriflarga kiritilmaydi: - o‘zining yangi yashash joyini tashkil qilish maqsadida mamlakat ichkarisida harakatlanuvchi doimiy yashovchilar; - borgan joyidagi manbadan xaq to‘lanadigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi mamlakatda doimiy yashovchi shaxslar; - mamlakat hududida joylashgan muassasada vaqtinchalik ishlash maqsadida sayohat qiluvchi shaxslar; - ishlash va ta’lim olish uchun qo‘shni hududlarga doimiy va tez tez sayohat qiluvchi shaxslar; - ko‘chmanchilar va ma’lum yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar; - manyovrdagi harbiy xizmatchilar. Kichik, uncha katta bo‘lmagan mamlakatlarda ichki turizm tushunchasi yo’q. Masalan, Andorra, Gibraltor va Maldiv kabi karlik orol mamlakatlarda ichki turizm emas, balki faqat xalqaro turizm mavjud. Chunki bu mamlakatlar aholisi bitta areal, bitta muhit sharoitida yashaydi va harakatlanadi. Download 233.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling