1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular



1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari
Reja:
1. Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi?
2. Turistik statistika.
3. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi. 
4. Turistik faoliyatning asosiy birliklari.
Turizm jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga bevosita va
bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim faoliyat turlaridan biridir. U avval milliy va
jahon iqtisodiy xayotida muhim o’rin tutadi. Butunjahon turizm tashkiloti
(BTT)ning ma’lumotlariga ko‘ra turizm jahon milliy mahsulotining 10 foizini,
xalqaro investitsiyalarning 11 foizini beradi. Jahon ishlab chiqarishidagi har
o‘ninchi o‘rin xuddi shu sohaga tugri keladi. Pandemiyagacha jahon turizmining
o‘rtacha yilik o‘sishi 6 foiz atrofida edi. Bu jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishidan
ancha yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Hozirgi zamon turizmi qator yillar mobaynida xalqaro xizmatlarning yirik,
yuqori daromadli va dinamik rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo‘lib keldi.
Undan keladigan daromad neft va neft mahsulotlari hamda avtomobil eksportidan
keyingi barqaror uchinchi o‘rinni mustahkam egalladi. Buning ustiga turizm
uglevodorodlardan farqli o‘laroq qayta tiklanadigan, tabiatga jiddiy shikast
yetkazmaydigan faoliyat turlaridan biri. 
Turizmning o’sish tendensiyalari yaqin kelajakda o’z pozitsiyasini saqlab
qoladi, degan taxminlar mavjud. Ammo pandemiya boshqa sohalar qatori turizm
industriyasi rivojiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu ofatdan eng katta zarar
ko‘rgan soha ham, shubhasiz, turizm bo‘ldi. Chunki, milliy chegaralar yopildi,
odamlar o‘z uylariga qamalib qoldi, moddiy va ma’naviy manfaatdorlik pasayib
ketdi. jamg‘armalarning salmog‘i kamaydi. Ammo COVID-19 tufayli yuzaga
kelgan tushkunlikdan birinchi bulib turizm chiqib ketadi degan taxminlar ham yo‘q
emas. Chunki, kishilar tabiatan sayohat qilishga, hordiq chiqarishga, ilmiy
madaniy saviyasini orttirib borishga doimo moyil.


Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir chet ellik turistdan keladigan
daromad jahon bozoriga 9 tonna toshko‘mir yoki 15 tonna neft, 2 tonna yuqori
sifatli bug‘doy chiqarishga teng. Chet ellik turistning mamlakatda bo‘lishi soatiga
17,5 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Ammo xomashyoni sotish mamlakat yer va
energiya resurslarini qashshoqlashtiradi, ekologik vaziyatni keskinlashtiradi.
Turizmning iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, birinchidan, u chet valyutasining
mamlakatga oqimini ta’minlash orqali to‘lov balansi va yalpi eksportga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchidan, ish bilan bandlikni oshirishga yordam beradi,
uchinchidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim rol
o’ynaydi. Turizmning iqtisodiyot lokomotivi sifatidagi ahamiyati ham katta. Gap
shundaki, 30 dan ortiq iqtisodiy tarmoqlar, masalan, transport, savdo, bank,
sug‘urta va boshqalar turizm bilan to‘g‘ridan to’g’ri yoki bilvosita bog‘liq.. 
Rivojlangan turizm milliy sektorini barpo qilish oson yumushlardan emas,
albatta. Buning uchun turizm industriyasi va infratuzulmasini yaratish, shunga
muvofiq zamonaviy kadrlar korpusini shakllantirish lozim. Shuningdek, bu sohani
rivojlantirishda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning ham ahamiyati
beqiyos. Iqtisodiy parokandalik siyosiy boshboshdoqlik hukm surayotgan
hududlarga tashrifdan sayoxatchilarning o‘zini tiyishi tabiiy. Bunga ko‘plab
misollarni keltirish mumkin. 
Rivojlangan turizm segmentiga erishish uchun unga iqtisodiyotning muhim
tarmoqlaridan biri sifatida qaralmogi, soha bilan davlat darajasida shug‘ullanish
zarur. Kompleks bashoratlash, uzoq muddatli rivojlantirish, turizmni hududiy
tashkil qilishga e’tiborni kuchaytirish, nodavlat turistik strukturalarni rivojlantirish.
sohada institutsional o’zgarishlarni amalga oshirib borishning ahamiyati katta. 
Turizmning iqtisodiy ahamiyati katta, shuning uchun ham uni qoldiq prinsipi
asosida moliyalashtirish maqsadga muvofiq emas. Turizm eng avvalo iqtisodiyot,
kishilarning sayohatga, hordiq chiqarishi va dam olishiga, dunyoni o‘rganishi,
bilimini oshirishi, sog’ligini mustahkamlashi va madaniy rivojlanishiga xizmat
qiladigan o‘ziga xos tarmoqdir. 


 Har qanday iqtisodiy tizim kabi uning mahsuloti bozor kondalariga asoslanadi.
Talab va taklif turistik industriya faoliyati asosini tashkil qiladigan omillardandir.
Turizmning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini belgilovchi mezon va
ko‘rsatkichlarni aniqlash murakkab muammolardan biridir. BTT tasnifiga ko‘ra
"O‘zbekturizm"ning mamlakat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishdagi ulushi 1
foiz atrofida. Boshqa statistik manbalarda bu ko‘rsatkich 2 foizga teng. Ammo bu
raqamlarni mutloq deb hisoblash qiyin, chunki, “O’zbekturizm" tarkibiga kiradigan
sub’ektlar mamlakat turizm industriyasining faoliyatini to‘la qamrab olmaydi.
Turizm iqtisodiyotning bir necha o‘nlab tarmoqlari rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Turizm industriyasi iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda yanada kuchli
multiplikator samarasini berishga qodir sohadir.
Turizmning oddiy savdodan farqi shundan iboratki, savdoda tovar
iste’molchiga yetkazib berilsa, turizmda aksincha, turist tovarga yetkazib bariladi.
Turizmda "shartli sof daromad" (SHSD) degan tushuncha mavjud. Bu ko‘rsatkich
turmahsulot eksporti va importi o‘rtasidagi farq orqali aniqlanadi. Agar chet ellik
sayyohlar mamlakatimizga kelsa, demak, ular mahalliy turmahsulotlarni iste’mol
qiladi (eksport), agar o‘zbekistonliklar boshqa mamlakatlarga chiqsa, ular chet el
maxsulotlarini iste’mol qiladi (import).
Mamlakatimizga kelib ketadigan turistlar sonini aniq hisoblash ham ancha qiyin
muammolardan. Chunki, bojxona, chegara, ichki ishlar, diplomatik vakolatxonalar,
transport kompaniyalari va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar diyorimizga
keluvchi va chiquvchilar soni to‘g‘risida turli xil raqam keltiradilar. Aslida yagona
migratsion yondashuv bo‘lib, yagona umumlashgan reestr yuritilishi kerak. Qolib
ketuvchi sayyohlar sonini aniq bilmasdan turib ularning xarajatlari miqdori,
bundan korxona va aholi qancha mablag’ topishini hamda davlat daromadlarini
aniq xisoblab chiqish mumkin. Turistik faoliyatdan byudjetga tushumlarni aniq
hisob-kitob qilish yanada mushkul ish. Chunki, savdo, ovqatlanish, dam olish,
avtotransport tashkilotlari milliy iste’molchilar va chet ellik turistlarni farqlamaydi.
Ularga farqi yo’q kimga xizmat ko‘rsatishning. Ayniqsa, turistlarga xizmat


ko‘rsatadigan hunarmandlar, musiqachilar, taksi xaydovchilar, sartaroshlar va
boshqalarning hissasini aniqlash juda qiyin.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling