1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


-mavzu: Turistik tashriflarni hisoblash usullari


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

3-mavzu: Turistik tashriflarni hisoblash usullari
Reja
1. Turistik tashriflarni tasniflash.
2. Turizm sigimi tushunchasi.
3. "Sayohatchi" tushunchasi.
4. Sayohatlarni tasniflash.
1. Turistik tashriflarni tasniflash. 
1989 yil aprelda turizm bo‘yicha Gaaga (Niderlandiya) deklaratsiyasida 
shunday yozilgan: "Har qanday kishi chet ellik turist bo‘lishi mumkin:
- qaysikim u o‘zi doimiy yashaydigan mamlakatlar boshqa istalgan 
mamlakatiga sayohat qilsa;
- sayohatning asosiy maqsadi uch oydan oshmasdan, unga taklif qilinishi va 
qilinmasligidan qatiy nazar borgan mamlakatida haq to‘lanadigan faoliyat 
bilan shug‘ullunmasa;
- safarda ko‘rsatilgan muddat tugashi bilan mamlakatidan albatta chiqib 
ketsa.”
Demak, turist, qonunchilikda taqiqlanmagan turli maqsadlarda safarni amalga
oshiruvchi 24 soatdan kam bo‘lmagan va bir yilgacha muddatda haq to‘lanadigan
har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan, hamda belgilangan
muddat tugashi bilan borgan mamlakatini tark etadigan shaxsdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan "Turizm
to‘g‘risida"gi qonunida "turist vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi)
manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullunmagan
holda vaqtincha bo’lish mamlakatiga (joyiga) yigirma to‘rt soatdan ketma-ket o‘n
oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida)
kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs" deb ko’rsatiladi. 
Xalqaro statistikada sayohat yo‘nalishi bo‘yicha ichki va tashqi turizm bir-
biridan farqlanadi. Ichki turizm bu o‘z mamlakati ichidagi sayohatdir. Deylik
fuqaro bir shahardan ikkinchisiga o‘tadigan bo‘lsa bu turizm emas, chunki xarakat


shahar ma’muriy doirasida sodir bo‘lmoqda. Odatda turizm uchun kamida 80-100
km. masofa bosib o‘tish kerak bo‘ladi. Agar Toshkentda yashovchi kishi
Shaxrisabzga borib, u yerdagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishsa, mahalliy
iqtisodiyot xizmatlaridan foydalansa buni bemalol ichki turizmga kiritish mumkin
bo‘ladi. 
BTT ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra ichki turizm hajmi ya’ni fuqarolarning
mamlakat ichkarisidagi safarlari hajmi xalqaro turizm hajmidan 10 marta
ko‘proqdir, shu bilan birga ichki turistlarning chet elga chiquvchilarga nisbatan 7
marta ko‘proq xarajat qiladilar. 
Ichki turizm xajmini aniqlashda mehmonxona shaxobchalarining to‘ldirilishi,
avia, avtomobil va temir yo‘l chiptalarining sotilishi, mamlakat doirasida xizmat
safarlari buyicha vazirlik, mahkama va xususiy sektor hisobotlari, turistlarning
borgan joylarida kredit (bank) kartochkalaridan pul o‘tkazmalari, ichki ishlar
xizmati statistikasi (xususiy sektorda ularni ro‘yxatga olish) va boshqalardan
foydalaniladi. 
Kirish (kelish) turizmi tushunchasi jismoniy shaxsning fuqarosi yoki
yashovchisi bo‘lmagan mamlakatga safarini bildiradi. Agar Germaniya fuqarosi
O’zbekistonga safar qiladigan bulsa, mamlakatning statistika organlari uni kirish
turizmi sifatida rasmiylashtiradi. Bu yerda asosiy omil davlat chegarasini kesib
o’tish hisoblanadi. Ilgari Tojikiston fuqarosi Uzbekistonga xech qanday
rasmiyatchiliksiz kelib ketishi mumkin edi, bu ichki turizm hisoblanardi, chunki
ilgari yagona mamlakat bo‘lib, siyosiy chegaralar yo’q edi. Sobiq ittifoq
respublikalari mustaqil bo‘lgach bunday safarlar kirish turizmiga aylandi. 
Kirish turizmi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
16T-

AT
bu yerda AT ma’lum vaqt (oy, kvartal, yil)da transport turlaridan qat’iy
nazar mamlakatga kirib kelgan turistlarning umumiy yig’indisi. 
O’zbekistonga kelgan turistlar soni haqidagi ma’lumotlar Tashqi ishlar
vazirligi, bojxona va chegara xizmati, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qayd etiladi.


Chiqish turizmi ham mavjud bo’lib u bir mamlakatdan ikkinchisiga sayohat
qilishni bildiradi. Aytaylik O‘zbekiston fuqarosi Malayziyaga boradigan bo’lsa,
o‘zbek statistika organlari uchun bu chiqish turizmi, Malayziya uchun kirish
turizmi xisoblanadi. Agar mamlakatlar o‘rtasida vizasiz rejim kelishuvi mavjud
bo‘lsa, davlat chegaralaridan o‘tishda vizaning bor yo‘qligi jiddiy rol o‘ynamaydi.
Masalan, MDHning deyarli barcha mamlakatlari o‘rtasida shunday rejim amal
qiladi. 
Barcha safarlarning 60 foizga yaqini dam olish maqsadida, 30 foizi
ishbilarmonlik, qolganlari esa turli maqsadlarda amalga oshiriladi. Turistik safarlar
umumiy hajmining to‘rtdan uch qismi yer sharining bitta mintaqasiga to‘g‘ri
keladi, ya’ni bir mamlakat fuqarolari qo‘shni mamlakatga safar qiladi. Bunga
misol qilib Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekistonga keluvchi
sayohatchilarning chet ellik turistlar umumiy miqdoridagi ulushini ko‘rsatishi
mumkin.
Chiqish turizmi quyidagi formula orqali aniqlanadi
OT=

DT
bu yerda DT - transport turizmidan qatiy nazar o‘z mamlakatidan tashqariga
chiqqan barcha turistlar soni odatda bojxona va chegara xizmati statistikasida qayd
etiladi.
Uch tipdagi turizmni bir-biridan ajratish lozim:
- mamlakat chegarasidagi turizm, u ichki va tashqi turizmni o‘z ichiga oladi.
Buning ma’nosi shuki sayohatchilar qayerda istiqomat qilishidan qat’iy nazar
borgan joylarida mahalliy tovar va xizmatlarni iste’mol qiladilar. Agar Xitoyda va
Toshkentda yashovchi Samarqand shahri bo‘yicha sayohat qiladigan bo‘lsa, ular
mahalliy turkompleksdan, transport va umumiy ovqatlanish nuqtalaridan bir xil
foydalanadilar, suvenir sotib oladilar va shu orqali mahalliy ishlab chiqarishni
rag‘batlantiradilar, ishchi o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashadilar.
Mamlakat chegarasi ichidagi turizm kuyidagi formula buyicha xisoblanadi:
NT=DT+16T


Milliy turizm (NT) ichki va tashqi (chiqish) turizmini o‘z ichiga oladi. Bu
yerda bir mamlakat fuqarosining o‘z mamlakati va uning tashqarisi bo‘ylab
sayoxat qilish omili nazarda tutilmoqda. Ular nafaqat o‘z mamlakatlarini taqdim
etadi, balki muhimrogi ma’lum harakatlarni amalga oshiradilar.
Milliy turizm kuyidagi formula orqali ifodalanadi:
NT=DT+OT
Xalqaro turizm chiqish (tashqi) va kirish turizmidan iborat bo’ladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilda O‘zbekistonga 6,7 mln. chet ellik
sayohatchilar tashrif buyurgan. Ular orasida tanishish, ishbilarmonlik, individual
turistlar, tranzit yo‘lovchilar, havo, temir yo‘l va avtomobil transport ekipaji
a’zolari bor.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling