1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

3. Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi.
Turizmning ta’riflari ko‘p. Ular bir-biridan farq kiladi. BMTning sayohatlar
va turizm bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi turizmni sayohatchining doimiy
yashash joyidan tashqariga 12 oydan oshmagan vaqt davomida har qanday
maqsadda, ish haqi to‘lanadigan faoliyatdan mustasno, sayohatidir deb ta’riflaydi.
Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) bu ta’rifni 1992 yilda ma’qullagan edi. 
1989 yilda Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi turizmning mohiyatini
kishilarning doimiy yashash joyini erkin almashtirishi va buning davomida


vujudga keladigan extiyojlarni qondirish uchun yaratiladigan xizmat ko‘rsatish
sifatida o‘ziga xos tarzda izohlagan edi. 
AQShda chiqgan darsliklarda turizmga xalqlar hayotida katta ahamiyatga
ega, valyuta tushumlari manbai, xizmat ko‘rsatish industriyasining uchinchi
sohasini tashkil etadigan faoliyat sifatida baho beriladi. Professor Karolin Kuper
turizmni rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan xalqaro darajadagi raqobat
kurashida muvaffaqiyat qozonishi uchun valyuta tushumini yaratishda foydalanish
mumkin bo‘lgan qudratli iqtisodiy vosita deb hisoblaydi. Yana bir amerikalik
professor Djon Voker turizmni sayohat qiluvchilarni dam olish yoki tadbirkorlik
maqsadida jalb qilish, joylashtirish, ko‘ngil ochish fani, san’ati va biznes sifatida
baholaydi. 
Turizm bo’yicha statistikani tashkil qilish va takomillashtirishda ushbu
ta’riflarni e’tiborga olish zarur.
Turistik faoliyatni rivojlantirishning konseptual asoslari turizm bo‘yicha
qonunlar, qaror va farmonlar, hamda dasturlar bo‘lib hisoblanadi. Ular turizm
orqali tartibga solinadi, boshqariladi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda turistik faoliyatning huquqiy me’yoriy
asoslari yaratildi. 1999 yil 20 avgustda Oliy Majlis "Turizm to‘grisida"gi qonunni
qabul qilgan edi. 2019 yil 16 aprelda Qonunchilik palatasi turizm to‘grisida
O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunini qabul qildi. Qonun 2019 yil 21
iyunda Senat tomonidan ma’qullandi. Ushbu qonunning asosiy maqsadi turizm
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
O’zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi qonunida turizmning
asosiy prinsiplari, shakllari va turlari, turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston
Respublikasi Turizm va sport vazirligi Va boshqa vakolatli davlat organlarining
hududiy bo‘g‘inlari, mahalliy davlat xokimyati organlarining turizm sohasidagi
vakolatlari, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash,
turizmni byudjetdan tashqari qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, fuqarolar o‘z o‘zini


boshqarish organlarining tashkilotlarining turizm sohasi va nodavlat, notijorat
tadbirlaridagi ishtiroki belgilab qo’yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi qonunida "turist -
vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi manbalardan daromad olish bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda vaqtincha bo‘lish
mamlakatiga (joyiga) yigirma to‘rt soatdan ketma-ket o‘n ikki oygacha bo‘lgan
davrga boruvchi yoki vaqtincha bulish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha
tunab qoluvchi jismoniy shaxs" deb ta’riflanadi. Turizm esa ushbu hujjatga
muvofiq "jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi
manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati bilan shug‘ullanmagan
holda doimiy yashash joyidan junab ketish (sayohat qilish)"dir. 
Qonunda turistik industriya tushunchasiga joylashtirish vositalari, transport,
umumiy ovqatlanish ob’ektlari va ko‘ngilochar, ma’rifat, ishbilarmonlik, davlat
sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya sport hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan
ob’ektlar, turistik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar majmui, shuningdek,
ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid tarjimonlar) hamda yo’riqchi - yo‘l
boshlovchilarning xizmatlari majmui sifatida ta’rif berilgan. 
Shuningdek, qonunda turistik zonalar va turistik klasterlar, turizm soxasidagi
faoliyatni amalga oshirish shartlari, turistik xizmatlarni litsenziyalash,
sertifikatlash va standartlashtirish, yagona reestr yuritish, turistik maxsulotni
shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilish, milliy turistik brendni yaratish,
turoperatorlar va turagentlarning, turistlar va ekskursantlarning, gidlar, ekskursiya
yetakchilari va yo’riqchi-yo’l boshchilarning huquq va majburiyatlari, xavfsiz
turizmni ta’minlash kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
2019 yil 5 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi farmoni imzolanib, unda 2019-2025 yillarda Uzbekiston
Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
T/r Ko’rsatkichlar 
2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025


nomi
y.
y.
y.
y.
y.
y.
y.
y.
1
O’zbekistonga
tashrif
buyuradigan
xorijiy turistlar
soni (ming
kishi)
5346 6041 7010
841
0
1001
0
1060
0
1125
0
1181
0
2
Turizm
xizmatlari
eksporti (mln
AQSH dollari)
1041 1180 1360
162
0
1
900
2000
2
080
2
170
3
Ichki turistlar
soni (mingta
tashrif)
1549
3
1610
0
7123
0
18806
20
317
21
867
23
404
25
010
4
Mehmonxonalar
va shu kabi
joylashtirish
vositalari soni
(dona)
914 11000 1620
220
0
2600 2800 2900 3050
5
Joylashtirish
vositalaridagi
yangi xonalar
soni (ming)
20,2
241
35
47
55
59
62
64
6.
Joylashtirish
vositalaridagi
o’rinlar soni
(ming)
41
49
72
95
110
122
124
128
7.
Turoperatorlar
soni (nafar)
983
1100 1190
1
250
1320 1390 1420 1450

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling