1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini
rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari
2018 yil 3 fevralda "O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini
rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish buyicha qo‘shimcha tashkiliy chora
tadbirlar to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 2019
yil 5 yanvardagi ""Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar
to’g’risida", 2019 yil 6 martdagi "Transport va turizm ob’ektlarida jamoat
xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 7 fevralda "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni


ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 6 fevralda "O’zbekiston
Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada
takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 6 fevralda "Kirish
turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 16 martda "2018-
2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarorlari qabul qilindi.
2021 yil 9 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston
Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida" farmoni imzolandi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 13
fevralda "2019-2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tugrisida", 2019 yil 8 martda "Qashqadaryo
viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida",
2019 yil 14 iyunda "O‘zbekiston Respublikasida kinoturizmni jadal rivojlantirish
va mamlakat kino jozibadorligini keng targ‘ib qilish chora tadbirlari to‘g‘risida",
2017 yil 23 noyabrda "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shaxrisabz shaharlarida
xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 3 mayda
"Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida",
2018 yil 3 dekabrda "Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni
muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlari kabul kilindi.
Sohaga oid qator hukumat qaror va farmoyishlariga o‘zgartirishlar kiritildi. 
Shunday qilib, turizm - bu korxonaning ijtimoiy va xo’jalik faoliyati bo‘lib,
chet ellik va mahalliy sayohatchilarning kelgan mamlakatlari madaniyati, tarixi
geografiyasi va iqtisodiyotini bilishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Turistik
qiziqishlarni belgilashda sayohat muddati, bu faoliyatga to’lov jiddiy rol
o‘ynamasligi kerak. Agar kishi o‘zga mamlakatga mehnat shartnomasi bo‘yicha
kelgan bo‘lsa ham, baribir turistik soha xizmatlaridan foydalanadi. Shuning uchun
ham turizmga talab va taklifning kompleks tizimi sifatida qarash lozim. 


Turizm borgan sari jamiyat hayotida katta rol o‘ynab, yalpi milliy maxsulot
yaratishdagi jahon investitsiyalaridagi, soliq tushumlaridagi ahamiyati ortib
bormoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatga keluvchi har 30 turist bitta
bevosita va ikkita bilvosita ishchi o‘rinini yaratadi. Turizmning bu sohalardagi
o‘rni va roli bilan hisoblashmaslik mumkin emas.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling