1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

4. Ziyorat turizmi
Ziyorat turizmi boshqa turizm segmentlaridan farq qiladi. Turizmning bu shakli
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar mavjud. Ziyorat turizmi ko‘pincha "diniy turizm", "ma’naviy
turizm" deb ham yurtiladi. Ziyorat turizmi yangi tushuncha bo‘lib, jismoniy
(fiziologik) emas, eng avvalo "ma’naviy rekreatsiya"ni o‘zida aks ettiradi va
amalda ichki turizmni o‘rganishda foydalaniladi. Ziyorat turizmi respublikada
barqaror turizmni rivojlantirishning muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, milliy goya
va birdamlikni shakllantirish va mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston xududida turli konfessiyalar - islom, xristianlik
(pravoslaviya va katolitsizm), iudaizm, buddizm, zaroastrizmning rivojlanishi bilan
bog‘liq 100 dan ortiq yodgorliklar va tarixiy joylar mavjud. Bu esa ziyorat
turizmini rivojlantirish uchun jiddiy asosdir. Noyob muqaddas joylar, sig‘inish
ob’ektlari, diniy va me’moriy yodgorliklar joylashgan mamlakatlarda allaqachon
ziyorat turizmi bircha turistik tushumlarning katta qismini tashkil qiladi. Islom va
xristianlik dinlari markazi hisoblanadigan Saudiya Arabistoni va Isroil barchaga
yaxshi ma’lum. Saudiya Arabistoniga har yili Haj saffariga 3-4 mln., yil davomida
umra ziyoratiga dunyoning barcha mamlakatlaridan bir necha o‘n mln. kishi
boradi. Isroilga ham har yili 10 mln.dan ziyod ziyoratchilar tashrif buyuradi.
Samarqand shahri yaqinida dafn qilingan buyuk muhaddis Imom
Buxoriyning nomi butun islom olamida mashhur. Haj safariga chiqishdan oldin
Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilish, u yerda bunyod qilingan memorial majmua
bilan tanishish har bir musulmon kishi tomonidan odat tusiga kirib qolgan. Bu
yerda kecha yu kunduz chet ellik va milliy turistlarning tashrifi to‘xtamaydi.


Ziyorat qilish eng qadimgi sayohat turizmidan biri bo‘lib, ma’naviy asosga ega.
Ziyorat muqaddas joylarga sayohat qilishdir. Rus tilidagi "polomnik" so‘zi lotincha
"dunyoni kezib yuruvchi dindor" degan ma’noni beradi. "Ziyorat (arabcha
"Ziyara") so‘zidan olingan bo‘lib "tomosha qilish", "ko‘rishga borish (kelish)"
ma’nolarini bildiradi. Musulmonlarda "ziyorat" - bu odatda muqaddas joylarga
tashrif buyurishdir. Ziyorat diniy rasm-rusumlarni bajarish uchun insonning turli
muqaddas makonlar bo‘ylab sayohatidir. U kishining doimiy yashab turgan
manzilidan uzoqlashgan holda diniy yoki dunyoviy mukaddas joylarga ziyorat
qilishini nazarda tutadi. Ziyoratning tashqi shakli ziyorat turizmining asosi sifatida
xizmat qiladi. Chunki tashqi ziyorat jarayonida ziyoratchilar muqaddas joylarni
ziyorat qilish maqsadida safarga chiqadilar. Ziyoratning bu shakli odamlarni
ma’naviy va jismoniy kamolotiga erishishiga ko‘maklashadi. Ziyorat shartli
ravishda ikki diniy va dunyoviy qismlarga ajratish mumkin. 
Birinchisi iloxiy qadriyatlarga asoslansa, ikkinchisi umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanadi. 
Diniy ziyorat va o‘z navbatida islom, buddaviylik, xristianlik, iduaizmga xos
bo‘lgan diniy e’tiqodlarga bo‘linadi. Agar diniy ziyorat muqaddas narsa va
joylarga ibodat qilishni bildirsa, dunyoviy ziyorat tabiiy va hayotiy narsalar hamda
muqaddas joylarga borish va ularni qadrlashda o‘z ifodasini topadi. Dunyoviy
ziyorat komil inson tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan sayru sayoxatdir.
"Xotira va qadrlash kunida "Motamsaro ona" haykaliga gulchambar qo‘yish,
Toshkentdagi qurbonlarga bag‘ishlangan "Shahidlar xotirasi majmuasi"ni ziyorat
qilish, Samarqandda Amir Temur qabrini ziyorat qilish, "Ko’hna va boqiy Buxoro
madaniy markazi"ga tashrifni dunyoviy ziyoratga kiritish mumkin.
Ziyorat turizmining ijtimoiy va an’anaviy ahamiyati katta. Muqaddas
joylarga borish industrial jamiyat kishisini ruhiy kechinmalari bilan dialogga
kirishish imkoniyatini beradi. Ziyorat turizmi oilalarni birlashtirishga qulay sharoit
yaratadi, ijtimoiy jihatdan o‘sishga, insoniy birdamlik, birodarlikni rivojlantirishda,
insonni shaxs sifatida tiklashga yordam beradi. Sinfiy va irqiy tabaqalanishni
qisqartirishga, mavjud xatarlarning yo‘qotilishiga olib keladi. Shunday qilib,


ziyorat turizmi ma’naviy qadriyatlarning rivojlanishiga olib keladi, nafaqat
jismoniy (fiziologik) rekreatsion omil, balki shu bilan birga, shaxsning qadr-
qimmati rivojlanishi omili sifatida hisobga olinishi lozim. Shuning uchun ham
ziyorat turizmining ahamiyati va ko‘lami bundan keyin ham eng rivojlangan
turizm segmentlaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Qadimda, hali zamonaviy transport va kommunikatsiya vositalari yo‘q
davrlarda Shohi Zinda maqbaralar nekropol majmuasiga dafn etilgan Qusam ibn
Abbos mozorini ziyorat qilish odat bo‘lgan. Bu majmua hozir ham ziyoratchilar
bilan gavjum. Shuningdek, Samarqandda Xoja Doniyor qabri, Hazrati Xizr
muqaddas joylardan hisoblanadi.ti 
Buxoroda Chashmai Ayub, Mir Arab, Masjidi Kalon, Bahouddin Naqshband
kabi aziz avliyolar qabri joylashgan memorial ansambllar, Surxondaryo
viloyatidagi Xakim at-Termiziy, Iso at- Termiziy qabrlari ustiga qurilgan
majmualar ana shunday muqaddas qadamjolardan sanaladi. 
Muqaddas joylarni ziyorat kilish uchun kelganlar faqatgina aziz avliyolar
qabrini ziyorat qilish bilan cheklanmaydilar, albatta. Ular shaharlarning boshqa
diqqatga sazovor tarixiy, madaniy ob’ektlari, me’moriy obidalarini borib
ko‘radilar.
Mahalliy aholi turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari, o‘lmas qadriyatlari
bilan, zamonaviy hayoti bilan ham tanishadilar. Shahar va shaharlararo transport,
hamda kommunikatsiya vositalaridan foydalanadilar. Milliy tansiq taomlardan
tanovul qilib, har xil suvenirlar, milliy liboslar xarid qiladilar. Demak, ziyorat
turizmining iqtisodiy moliyaviy ahamiyati ham katta,
Ziyorat turizmini boshqa turizm shakllaridan ajratish ancha qiyin masala.
Chunki sof ziyorat maqsadida tashrif buyuruvchilar bor. Shu maqsadda, kelib-
ketuvchilar orasida Birlashgan Arab Amirligi, Saudiya Arabistoni, Malayziya,
Indoneziya, Eron, Pokiston va Turkiya fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu
bilan birga, umumiy turistlar ishbilarmonlik, xizmat safari, mamlakat tarixi,
iqtisodiyot, madaniyatga qiziquvchilar, kongress bo‘yicha tashrifchilar orasida
ham diniy ob’ektlar - masjidlar, madrasalar, sag‘ana va maqbaralarni borib


ko‘ruvchilar ham kam emas. Toshkent shahriga tashrif buyuruvchilarning
ko‘pchiligi Xastimom (Xazrati Imom) majmuasini ziyorat qilmasdan ketmaydi.
To’g‘ri, sof ziyorat maqsadida tashrif buyuruvchilar asosan katta yoshdagi o‘ziga
to‘q, hisob-kitob bilan ish yuritadigan kishilardir. Ular ortiqcha xarajatlarni hush
ko‘rmaydi. Tungi klublar, diskoteka va ko‘ngilochar joylarga bormaydi. Bu -
tabiiy. Lekin bu ziyorat turizmi kam daromadli soha degani emas, albatta. Ziyorat
turizmida juda katta ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy samaralardan tashqari, hayriya,
xadya kabi moliyaviy resurslar ham borki, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish
sarflangan iqtisodiy sarf-xarajatlarni qoplaydi. Buning ustiga chet ellik ziyoratchi
turistga yuqorida qayd etilgan xizmatlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan barcha xarajatlar
tekinga emas. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonda ziyorat turizmini umumiy turizmning bir
tarmog‘i sifatida rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
infratuzulmasini shakllantirish, sohani o‘rta maxsus va oliy malakali kadrlar bilan
ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.



Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling