1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Tashrif buyuruvchilarning mamlakatda turish(yashash) davomiyligi


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

Tashrif buyuruvchilarning mamlakatda turish(yashash) davomiyligi
(foizda)

2019
2018
2017
2016
1.
1-3 kun
69,8
69,1
69
70
2.
3-10 kun
24
20,6
21
22
3.
10-30 kun
5,1
9,8
9,1
8
4.
30 kundan ko’proq
1,1
0,5
0,9
1
Jadvaldan ma’lumki tashrif buyuruvchi mehmonlarning 70 foizi 1 kundan 3
kungacha mamlakatda qoladi. Chunki ularning asosiy qismi qarindosh va yoru


birodarlarini ko‘rish uchun kelganlardan iboratdir. Mehmonda esa uzoq vaqt qolib
bo‘lmaydi. Bunday tashrifchilar orasida mehmonxona, ovqatlanish muassasalari,
transport foydalanadilar. O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq, bu xarajatlarni
ko‘pincha qabul qiluvchi tomon, mezbon o‘z zimmasiga oladi. Mehmonlarning 24
foizini 3 kundan 10 kungacha qoluvchilar tashkil etmoqda, chunki ular orasida
tashrifdan muqaddas joylarni ziyorat qiluvchilar, Samarqand, Buxoro va Xivani
tomosha qilishni istovchilar ham anchagina topiladi. Bir oydan ko‘proq qoluvchilar
ulushi esa qator yillardan beri 1 foiz atrofida barqarorlashgan.
Mamlakatga tashrif buyuruvchilarning nafaqat umumiy soni, shu bilan birga
ularning tarkibi, geografiyasi, maqsadi, yosh guruhini bilish tashqi (kirish)
turizmini rejalashtirish, tashkil qilish va boshqarishda katta ahamiyatga ega.
3. Mamlakatning xalqaro turizm bozoridagi o‘rni va axamiyatini oshirish
yo’llari
Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun qator muammolarga e’tibor qaratish
lozim:
- jahon turizm bozoriga raqobatdosh narx va sifatdagi turizm mahsulotlari
bilan kirish maqsadida milliy turizm mahsulotlarining tannarxini tushurish
uchun turizm va transport sohalariga taalluqli soliq va majburiy yig‘imlarni
qayta ko‘rib chiqish, xususan:
- turizm infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun qo’shimcha
ragbatlantirish choralarini ko‘rish, xususan amalda bo’lib turgan
mehmonxonalarni qurishni subsidiyalash va toifani oshirishni
kompensatsiyalash tartibi amal qilish muddatini 2024 yilga qadar uzaytirish;
- milliy aviatsiya bozorining o‘tkazish quvvatini ikki barobarga oshirish va
aviaqatnovlarning geografik kamrovini kengaytirish, ichki va tashqi
investorlarning bozorga kirish tartibini maqbullashtirish orqali yangi
aviaqatnovlar sonini oshirish;
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish
vazirligi huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat


jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik sub’ekti tomonidan
xududlarda yaratiladigan ish o‘rinlari soniga mos ravishda pasayib boruvchi
stavkalardagi imtiyozli kreditlar hamda maqsadli grantlar ajratish tizimini
yo‘lga qo‘yish; 
- soha mutaxassislarida shakllantirish, yangi malaka ko‘nikmalarni ularni
raqamli texnologiyalar bo’yicha bilimlarini oshirish maxsus dasturlarni
ishlab chiqish hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv
dasturlarini takomillashtirishni rag‘batlantirish;
- hunarmandlar, uy tadbirkorligi vakillari, mustaqil san’at vakillari va boshqa
o‘zini o‘zi band qilganlarni o’z mahsulotlarini xalqaro onlayn do‘konlarda
targ‘ib qilish va sotish bo’yicha malakalarini oshirish;
- boshqa xorijiy mamlakatlar uchun maxsus marketing kampaniyalarini
amalga oshirish;
- ijtimoiy tarmoqlar va "millenial" larning sayohatni targ’ib qilish
imkoniyatidan to‘liq foydalanish;
- xalqaro konferensiyalar va tadbirkorlarni mamlakatga jalb qilish uchun
ragbatlantirish choralarini ko‘rish, shuningdek turizm soxasi sub’ektlarini
xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalarida, marketing kampaniyalariga
qatnashishlarini

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling