1. Turizm xizmatlarini diversifikatsiyalash
2. Turizmning yangi ixtisoslashgan shakllari
3. Ziyorat turizmi
4. Hordiq turizmi
2. Turizm xizmatlarini diversifikatsiyalash
“Diversifikatsiya" lotincha "diversis" - turli, "facers" - etish, qilish atamalaridan
kelib chiqqan. Iqtisodiy adabiyotlarda diversifikatsiya
tushunchasi ishlab
chiqariladigan mahsulotlar assortimentini kengaytirish sotuv bozori yo‘nalishini va
o‘zgartirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikning
oldini olish maqsadida ishlab chiqarish va xizmatlarining yangi turlarini
o‘zlashtirish sifatida talqin qilinadi. Bu ishlab
chiqarish va xizmatlar
diversifikatsiyasini bildiradi.
Diversifikatsiya ko’pincha daromadni kamaytirmasdan investitsion
tavakkalchilikdan kafolatlanishga xizmat qiladi. Diversifikatsiyadan ko‘proq
samara investitsiya
portfeliga turli tarmoq, mintaqa aktivlarini qo‘shish orqali
qo‘lga kiritiladi. Chunki bir aktiv samarasining pasayishi, boshqa aktivning o‘sishi
hisobiga qoplanadi. Demak, diversifikatsiya umumiy yig‘indidagi turli xillikdir.
Turli xillik qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha diversifikatsiyalashuv
darajasining
yuqoriligini bildiradi.
Diversifikatsiya muhim investitsion kontseptsiya bo‘lib, milliy iqtisodiyot
hamda xizmat ko‘rsatishning eng samarali sohalaridan biri sifatida turizmga ham
bevosita tegishlidir. U turizm sohasiga kiritiladigan investitsiyalardan foyda
olishning eng qulay usullaridan biridir.
Diversifikatsiyalash turistik xizmatlar assortimentini
kengaytirish orqali
iste’molchilar kategoriyasini ko‘paytirish imkonini ham beradi. Natijada sohada
tavakkalchilik xavfi pasayadi, mavjud saloxiyatdan to‘laroq
foydalanish
imkoniyati kengayadi. Ko‘proq samara istiqbolli yo‘nalishlarni tanlashdan keladi
albatta. Hozirgi paytda turizmda yangi yo‘nalishlar maydonga chiqdi. Ulardan eng
istiqbollilari sifatida tabiat(ekologik), sport, ta’lim va ziyorat turizmini ko’rsatish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: