1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet11/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Sezish – bu markaziy asab tizimida buyumlar va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’siri tufayli vujudga keladigan ruhiy jarayondir.
Tasavvur esa – buyum va hodisalarning xususiyatlari birligining sezgi va qiyofalar tariqasida bosh miya po‘stlog‘ida aks etishidir.
Tasavvur yoki idrok qilish – faol ruhiy jarayon bo‘lib, tashqi muhit hodisalarining bosh miyada bir tekisda va hammasining barobar aks etishi emas, balki tanlangan holda ayni paytda individ uchun muhim bo‘lganlarining aks etishini bildiradi. Sezgi va idrok qilish ongli, fahm-farosatga asoslangan ruhiy jarayon sifatida uning shakllanishida inson tafakkuri va nutqi muhim rol o‘ynaydi. Ular insonning hayotiy tajribasi, ehtiroslari, qarashlari, xullas butun ongi orqali o‘tadi. Shu sababdan har bir insonning o‘ziga xos xususiyatlari – idrok etishining tezligi, chuqurligi, to‘laligi, aniqligi va ehtiroslarga boyligida namoyon bo‘ladi. Inson miyasida dunyoni aks etirishning oliy shakli tafakkur bo‘lib, bu oddiy aks etish emas, balki voqea va hodisalar o‘zaro aloqadorlikda, qonuniyatlari, munosabatlari bilan umumlashgan va vositalangan holda aks etishidir. Tafakkur orqali inson faqat bugungi kunni emas, o‘tmishni ham, kelajakni ham biladi, farazlaydi, umumlashtira oladi, tushunchalarda ifodalaydi.
Til – fikrlarni ifodalashning vositasi hamda uning yashash shaklidir.
Odam – tafakkur tufayli voqea-hodisalar orasidagi o‘zaro aloqadorlikni, qonuniyatlarni ochadi, taqqoslaydi, tahlil qiladi, kashfiyotlar qiladi. Tafakkur jarayonida bosh miyaning turli qismlari o‘zaro birikib, yaxlit holda faoliyat ko‘rsatadi. Turmush madaniyati psixologiyasi haqida so‘z yuritar ekanmiz, bunda biz inson shaxsi, unga ta’sir ko‘rsatuvch psixofiziologik va ijtimoiy omillar haqidagi, shaxsning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi bilimlarimizni kengaytirish orqali odamlardagi mavjud noturmush madaniyati elementlaridan ularni xalos etish imkoniyatlarini izlab topamiz.
Shaxs – bu muayyan, aniq inson bo‘lib, unda ruhiy va fiziologik jarayonlar o‘zaro mujassamlashib, odamning ichki dunyosini tashkil etadi. Inson shaxsini mamlakatning ijtimoiy hayoti, oila, maktab va mehnat jamoalari shakllantiradi. Inson shaxsi uning ongi va o‘z-o‘zini anglashi bilan belgilanadi. Inson shaxsining rang-barangligiga irsiy omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Har bir inson – takrorlanmas shaxsdir va shu sababli hurmat va e’zozga loyiqdir. Biroq, shaxs hamma vaqt ham jamiyat talablariga mos bo‘lib shakllanavermaydi. Inson shaxsining shakllanishida uning o‘zini-o‘zi anglashi va ongliligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shaxsning shakllanishi bir umr davom etadi. Inson o‘zida mavjud bo‘lgan xatolarni (jumladan, nosog‘lom turmush madaniyati xatolarini) tushunib yetishi va ulardan qutulishi uchun shaxsning tarkibi haqida bilimga ega bo‘lishi, uni tahlildan o‘tkaza bilishi zarur. Shaxsning tarkibi uning qobiliyati, ehtiyojlari, qiziqishlari, ishonch-e’tiqodi, jo‘shqinligiyu-g‘ayrati, xulqi-yu tabiati va irodasi kabi ruhiy jarayonlardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro uyg‘unlashgan holda shaxsning betakrorligini belgilaydi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling