Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor meyorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini о‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Ekologik madaniyat - о‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat - о‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya - о‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish kо‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ekologik ta’lim - о‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yо‘naltirilgan ta’limiy jarayon.
Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya - о‘quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush gо‘zalligini idrok etish, tо‘g‘ri tushunishga о‘rgatish, ularning badiiy didini о‘stirish, ularda gо‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga gо‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Emotsiya – fransuzcha uyg‘otish, tо‘lqinlantirish bо‘lib, kishining his tuyg‘usi, kechinmasi, hissiyoti.
E’tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik bilimlarning takomillashgan kо‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch.
О‘z-о‘zini tarbiyalash metodlari - о‘quvchilarning о‘zini о‘zi idora qilishlari, turli о‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qо‘llaniluvchi usullar.
Do'stlaringiz bilan baham: |