1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet68/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Tarbiya jarayoni - о‘qituvchi va о‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar о‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yо‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qо‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yо‘l) – tarbiya maqsadiga erishish yо‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini о‘rganadi.
Tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda tо‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli).
Ta’lim – о‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini о‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yо‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim va tarbiya mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim jarayoni – о‘qituvchi va о‘quvchilar о‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Turmush – insonning millat va xalqning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti
Faoliyat- shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, kо‘rinishi.
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bо‘lgan shaxs.
Fuqarolik – huquqiy va axloqiy meyorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali о‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bо‘lgan jamiyat a’zosi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling