1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


О‘z-о‘zini qayta tarbiyalash


Download 1.34 Mb.
bet70/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

О‘z-о‘zini qayta tarbiyalash – shaxsning о‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yо‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayoni.
О‘zlashtirish –ta’lim jarayonida ustuvor о‘rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq shaxs tomonidanmuayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
О‘rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor kо‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.
О‘qituvchi (pedagog)pedagogik, psixologik va mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat kо‘rsatuvchi shaxs.
О‘qish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni о‘rganish jarayoni; о‘quvchilar tomonidan о‘quv faoliyati usullarini Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya – о‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bо‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yо‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Hisobga olish – ta’limning muayyan davrida о‘quvchilar va о‘qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning о‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat kо‘rsatkichi.
Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bо‘lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan о‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish kо‘nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Huquqiy ta’lim - о‘quvchilarga huquqiy meyorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati tо‘g‘risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bо‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.
Huquqiy faoliyat - huquqiy meyorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yо‘naltirilgan amaliy xatti-harakatlar majmui.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling