1-mavzu. Ub spektrlarning siljishiga turli XIL erituvchilarning ta’siri reja


Download 0.8 Mb.
bet4/4
Sana15.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1774164
1   2   3   4
Bog'liq
1-Seminar

Antistoks lyuminestsentsiyasi Kombinatsion sochilish hodisasini yorug‘likning kvant nazariyasidan foydalanib tushuntirish mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, chastotasi hν energiyaga ega bo‘lgan zarrachalar fotonlar oqimi sifatida qaraladi. Bunday deb qaralganda molekula bilan to‘qnashgan foton sochiladi. Agar to‘qnashish elastik bo‘lsa, sochilgan fotonlar energiyasini o‘zgartirmasdan faqat harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, xolos. Bunday sochilishda sochilgan nurlarning, ya’ni, fotonning to‘lqin uzunligi o‘zgarmaydi va bu sochilishga elastik yoki Releycha sochilish deyiladi. Lekin to‘qnashish vaqtida foton va molekula orasida energiya almashishi ham sodir bo‘lishi mumkin va bunday sochilishlar noelastik sochilishlar deb ataladi. Bunday holda molekula o‘z energiyasining bir qismini yo‘qotishi yoki unga qo‘shimcha energiya qo‘shib olishi mumkin, ya’ni uning energiyasi ikkita energetik sathlar orasidagi farqqa teng bo‘lgan ∆E qiymatga o‘zgarishi mumkin. Bu kattalik molekulaning tebranish va aylanish energiyalarining o‘zgarishiga teng bo‘lishi kerak. Agar to‘qnashish vaqtida molekula o‘ziga energiya qo‘shib olsa, u bilan to‘qnashib sochilgan fotonning energiyasi, ya’ni chastotasi kamayadi. Agar molekula energiya yo‘qotsa, sochilgan fotonning energiyasi, ya’ni chastotasi ko‘payadi. Tushuvchi yorug‘lik chastotasidan kichkina bo‘lgan chastota bilan sochilgan nurlanishga Stoks nurlanishi, katta chastota bilan sochilganiga esa Antistoks nurlanishi deyiladi. Bunga mos ravishda, sochilgan yorug‘likning spektrida, tushayotgan monoxromatik yorug‘likka tegishli spektr chizig‘ining ikkala tomonida simmetrik joylashgan yo‘ldosh chiziqlar hosil bo‘ladi.
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling