1-mavzu. Ub spektrlarning siljishiga turli XIL erituvchilarning ta’siri reja
Download 0.8 Mb.
|
1-Seminar
Fluorimetrlar. Qo‘llanishi. Lyuminestsentsiyaning energetik chiqishi lyuminestsentsiyalovchi moddaning kichik kontsentratsiyalarida uning eritmadagi tarkibiga proportsionaldir va bu miqdoriy lyuminestsent tahlil uchun ishlatilishi mumkin. Lekin lyuminestsent modda kontsentratsiyasi oshishi bilan nurlanish yorqinligi kuchaymay aksincha susayadi.
Moddaning ma’lum bir kontsentratsiyasida lyuminestsentsiyani to‘liq o‘chishi kuzatiladi. Shunday qilib, turli lyuminestsent moddalar uchun kontsentratsion to‘siq mavjud bo‘lib, bu to‘siqdan yuqorida nurlanish kuzatilmaydi. Ko‘pchilik lyuminestsent moddalar uchun kontsentratsion to‘siq 1.10-4. 1.10-3 mol kontsentratsiyalar oraliqida bo‘ladi. Kontsentratsiya oshishi bilan zarrachalar orasidagi o‘zaro ta’sir ham osha boradi. Buning natijasida nurlanish uyg‘ongan molekulalar ortiqcha energiyalarini boshqa molekulalarga uzatadi. Molekulalarning energetik qavatlari o‘zgaradi, bu qavatlar orasida nurlanishsiz o‘tishlarga sabab bo‘ladi. Kontsentratsion so‘nish teskari xususiyatga ham egadir: eritmalar suyultirilganda nurlanishni qaytadan kuzatish mumkin. Harorat ta’sirida so‘nish. Haroratning oshishi organik molekulalar va kristallofosforlarda kuzatiladigan lyuminestsentsiyaning intensivligini kamaytiradi, chunki harorat oshishi bilan erituvchining qovushqoqligi kamayadi, molekulalarning tebranish energiyasi ortadi, molekulalar orasidagi bog‘lanishlar susayadi va molekula normal nurlanmagan holatga o‘tishi mumkin. Ba’zi bir organik moddalar past haroratdagi eritmalarda lyuminestsentsiyalanmay, muzlash harorati atrofida lyuminestsentsiyalanadi. Harorat o‘zgarganida uyg‘ongan kristallofosforning nurlanishi, elektronlarning kristall panjara orasidan o‘tishlari sababli, bir necha maksimumga ega bo‘ladi. So‘nish ko‘p jihatdan erituvchiga bog‘liq. Lyuminestsentsiyalanuvchi birikmalar uchun elementar yod, temir, mis, kumush ionlari aktiv so‘ndiruvchi bo‘ladi. Kislorodning so‘ndiruvchilik xususiyati aromatik birikmalarga nisbatan kuchli namoyon bo‘ladi. Azot oksidini ham so‘ndirish kuchi jihatidan kislorod bilan tenglashtirish mumkin. Azot, argon va ba’zi bir boshqa inert gazlar lyuminestsentsiyaga ta’sir ko‘rsatmaydi, balki energiyani issiqlikka o‘tishini oldini oladi. Fluorimetrlar va ularning tuzilishi. Analizator FLYuORAT-02-3M Neorganik va organik moddalarni aniqlash uchun sifat tahlilida xususiy lyuminestsentsiyalanish ishlatiladi. Ulg‘trabinafsha yorug‘likda erigan holatda, neorganik birikmalardagi Fe, Sn, Sb,Rb, Vi, Zn va boshqa og‘ir metallar tuzlari lyuminestsentsiyalanadi. TSeriy guruxiga kiruvchi lantanoidlar 3 razryadli samariy, yevropiy, gadoliniy, terbiy va diproziy ionlari yorqin lyuminestsentsiyalanadi. Organik molekulalar ham xususiy lyuminestsentsiyaga ega. Masalan: vazelin moyi -och binafsha rang, parafin och moviy, kanifol och ko‘k, qarag‘ay mumi sariq tovlanuvchi to‘q yashil, mineral moy och ko‘k, tozalangan asfalg‘t to‘q yashil yoki jigar rang nur taratadi. Ko‘pgina vitaminlar, parafinlar, adrenalin va bir qator antserogen moddalar xususiy lyuminestsentsiyalanish xususiyatiga egadir.Sifat tahlilida reagentning aniqlanuvchi modda ta’sirida lyuminestsentsiya rangini o‘zgartirishi yoki lyuminestsentsiyani so‘ndirishda foydalanish mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling