1-Mavzu: Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash tizimida gigiyenaning o‘rni va ahamiyati. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi


Gigiyena fani, uning maqsadi va vazifalari


Download 128.05 Kb.
bet3/10
Sana02.04.2023
Hajmi128.05 Kb.
#1319103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.2.Ма\'ruza

Gigiyena fani, uning maqsadi va vazifalari. Gigiyena fani - mustaqil fan bo‘lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • Atrof muhit omillarini o‘rganish va ularni odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarni aniqlash;

  • Olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish;

  • Ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish.

Bizga ma’lumki, har qanday gigiyenik me’yor yoki reglamentni hayotga tadbiq qilishni gigiyenaning muhim bir qismi bo‘lgan sanitariya amalga oshiradi. Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi va bu usullar o‘zining mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Atrof muhit omillarini tekshirish usullari (usullardan namunalar keltirilgan);
-sanitar tavsifiy usul
-fizikaviy usullar
-kimyoviy usullar
-biologik usullar



  1. Atrof muhit omillarini organizmga ta’sirini o‘rganish usullari:

-fiziologik holatlarni tekshirish usullari;
-ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari.
2.Gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni o‘rnatish va ularning haqqoniyligini ro‘yobga chiqarish usullari:
-statistik usullar;
-hisoblash usullari.
Gigiyenada qo‘llanadigan usullarga keltirilgan ta’riflar bilan bizni tibbiy-biologik va boshqa fanlarga va sohalarga doir tekshirish usullarini to‘la-to‘kis bilish kerakligi haqida ma’lumotlar beradi va bu usullarsiz birorta ham gigiyenik vazifani to‘laqonli hal etish mumkin emasligini ko‘rsatadi.



Download 128.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling