1-Mavzu: Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash tizimida gigiyenaning o‘rni va ahamiyati. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi
Download 128.05 Kb.
|
1.2.Ма\'ruza
Suvda eruvchi vitaminlarning eng tipik vakili "C" vitamini yoki askorbin kislotasidir. Bu vitaminga bo‘lgan kunlik ehtiyoj uning biologik ta’siridan kelib chiqadi. Organizmga "C" vitamini kam miqdorda iste’mol qilinsa gipovitaminoz va tushmay qolgan takdirda "singa" kasalligi kelib chiqadi. Bunday kasallik holatini oldini olish uchun odam kunlik ovqat mahsulotlari orqali o‘rtacha 30 mg askorbin kislotasini iste’mol qilsa kifoya deb qaraladi, ammo organizmning umumiy tonusini oshirish maqsadida kuniga 60- 100 mg "C" vitaminini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Farmakologik ta’sirga erishish uchun esa kuniga 200-600 mg miqdorda iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Odam organizmida "C" vitamini hosil bo‘lmaydi, shuning uchun uning asosiy manbai ovqat mahsulotlari hisoblanadi. "C" vitaminini o‘z tarkibida ko‘p miqdorda na’matak, qorag‘at, tsitrus mevalari, karam, kartoshka, ko‘katlar-selderey, ukrop, petrushka, shovul kabilardir. "C" vitaminining biologik faolligini hisobga olib, uyushgan jamoalarda - bolalar muassasalari, kasalxonalar, sanatoriyalar, tug‘ruqxonalar, nogironlar uyi, qariyalar uyi kabilarda ovqatlarni vitaminlashtirish tavsiya etiladi, jumladan sutni vitaminlashtirish yoki uchinchi ovqat hisobida meva sharbatlarini berish tavsiya etiladi. Odam organizmining bioflavinoidlar va vitaminsimon moddalarga bo‘lgan kunlik ehtiyoji 2-jadvalda keltirilgan.
Download 128.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling