1.Kirish- mavzuni asoslash. Gigiyena fani, uning maqsadi, vazifalari va unga doir zamonaviy muammolar. Turli sohadagi shifokorlar uchun gigiyena fanining ahamiyati.
Har bir davlatning sog‘liqni saqlash tizimi oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalarning negizi bo‘lib, aholining sog‘ligini saqlash va uni har tomonlama mustahkamlash hisoblanadi. Ikkinchi navbatda aholi o‘rtasida qayd qilinadigan kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish, insonlarning faollik yillarini uzaytirish vazifasini bajaradi. Bunday ulkan vazifalarni xal etish faqat davolash sohasidagi shifokorlarning ishi bo‘lmay, balki uning profilaktik yo‘nalishiga ham taalluqlidir. Shuning uchun sog‘liqni saqlash tizimidagi profilaktik yo‘nalish uning asosiy prinsipi bo‘lishi kerak.
Insonlarning salomatligi ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘liqdir, ammo ayrim jihatlari bo‘yicha shu davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi, milliy daromaddan sog‘liqni saqlashga ajratiladigan mablag‘ miqdori kabilar bilan belgilanadi.
O‘z o‘rnida aholining salomatligi ham shu davlatning ijtimoiy- iqtisodiy muvaffaqiyatiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Aholi salomatligining yuqori darajada bo‘lishi sog‘liqni saqlash tizimining oqilona tashkil etilishi, shu davlatdagi tibbiyot fanining yanada gurkirab rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sog‘liqning uzini esa, butun aholi yoki ayrim shaxslar organizmida kasallik belgilarining yo‘qligi deb tushunmaslik kerak, balki jamiyat a’zolarining jismonan bardam, axlokiy barkamol rivojlanganligini nazarda tutadi.
Aholining salomatlik ko‘rsatkichlari qatoriga, tug‘ilish va o‘lim darajasi, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, kasallanish darajasi, aholining uzoq umr ko‘rish muddati va boshqalar kiradi. Bu ko‘rsatkichlarning miqdori va tabiati birinchi navbatda yashash sharoitlari, mehnat qilish sharoiti atrof muhitning holati kabilar bilan belgilanadi. Inson uchun atrof muhit parametrlarining eng muvofiq darajalarini yaratish masalalari bilan gigiyena fani shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |