1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
-MAVZU: NAFAS OLISH SAMARADORLIGINING FIZIOLOGIK KO’RSATGICHI
Download 0.49 Mb.
|
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-MAVZU: NAFAS OLISH FOTOSINTEZ BILAN O’XSHASHLIK VA FARQLARI
21-MAVZU: NAFAS OLISH SAMARADORLIGINING FIZIOLOGIK KO’RSATGICHI
O'simliklarning nisbatan yosh organlari va to'qimalarida ham faol o'sish bosqichida nafas olish jadalligi yuqori bo'ladi. Yosh barglar yoyilib va kengayib borgan sari ulardagi nafas olish jadalligi (NO2) ortib boradi. Qachonki barg o'sishdan to'xtasa, ya'ni hujayralarning umumiy soni va o'lchami o'zgarmas bo'lib qolgan taqdirda NO2 miqdori ham o'sishdan to'xtaydi. So'ngra NO2 maksimal miqdorning deyarli yarmiga kamayadi va uzoq vaqt o'zgarmasdan qoladi. O'simliklarning gullash va meva hosil qilish davri ushbu organlarning NO2 miqdorining ham ko'payishi bilan xarakterlanadi. Bu hoi o'z hnavbatida o'simlikda moddalar almashinuvi juda yuqori darajada bo'lgan yangi organlar hamda to'qimalarning paydo bo'lishi bilan ifodalanadi.-Mevalarning pishishi davridagi oxirgi 2-3 kunda (yumshashi davrida) NO2 yanada baland bo'lib so'ngra pasaya boradi. Xuddi shunga o'xshash hoi barglarning sarg'ayishi davrida ham kuzatiladi. Yuqorida keltirilgan ikki holatda ham etilen gormonining miqdori ko'payadi va ikki xil ta'sir qilishi mumkin: Birinchidan-membranalarning o'tkazuvchanligi ortadi va oqsillarning gidrolizi (parchalanishi) tezlashadi. Buning natijasida esa nafas olish substratlarining miqdori ko'payadi; Ikkinchidan-ehtimol ayrim fermentlar va oqsillarning sintezlanishi jarayoni kuchayadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, nafas olish jarayoni o'simlikning o'sishi, rivojlanishi bosqichlarida uning talabiga va tashqi muhit sharoitlariga qarab o'zgarib turishi mumkin. 22-MAVZU: NAFAS OLISH FOTOSINTEZ BILAN O’XSHASHLIK VA FARQLARI Ma'lumki, atmosfera havosida 21% 02 bor. Ushbu miqdor nafas olish jarayonining juda yaxshi ketishi uchun bemalol yetadi. Chunki uning miqdori ikki baravar kamayganda ham (-9%) nafas olish jadalligi pasaymaydi. Ammo havodagi toza kislorodning miqdori 5% bo'lganda yosh o'simliklarning nafas olish jadalligiga ta'sir qilishi mumkin. Ammo C02 birikmasining ajralishi kamaymaydi. Chunki o'simliklarga 02 yutilishiga ixtisoslashgan sitoxromoksidaza fermenti faolligi kislorod kam bo'lgan sharoitda ham pasaymaydi. Bularning barchasi o'simliklardagi nafas olish jarayoni evolutsiya mobaynida atmosfera havosida kislorod kam bo'lgan sharoitda vujudga kelganligidan dalolat beradi hamda o'simliklar hujayralari energetik darajasining kislorod kam sharoitda ham yaxshi ketishidan dalolat beradi. Masalan, qandlavlagi barglari to'qimalaridagi kislorodning miqdori sutka mobaynida 7,l%-17,4% oralig'ida o'zgarib turishi mumkin. Bu yerda shuni ham aytib o'tish lozimki, C02 miqdori 0,9-5,1% oralig'ida o'zgarib turishi mumkin. Olma mevasining mag'zida 7,5% C02 va 13,9% 02 bo'lsa limonda ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 8,5% va 11,5% miqdomi tashkil qiladi. O'simlikning rivojlanishida faqatgina uning yer ostki organlarida birmuncha 02 yetishmasligi sezilib turadi. Tuproqda suv ko'p bo'lgan holatlarda, shuningdek, qatqaloqli sharoitiarida O2 kam bo'lganligi tufayli bijg'ish jarayoni ustunlik qila boshlaydi. Buning natijasida hujayralarda spirt to'plana boshlaydi. Buning natijasida o'simlik ildizlari chiriydi va u nobud bo'ladi. Doimiy ravishda kislorod yetishmasligi sharoitida o'suvchi o'simliklarda ushbu holga nisbatan birqancha moslanishlar vujudga kelgan (V!I.12-rasm). Masalan, ular poyalari va ildizlarida parenximalarning mavjudligi, nitratlar kislorodidan foydalanish (nitratli nafas olish), achish mahsulotlarini (etanol, sut kislotasi) chiqarilishi va ulardan moddalar almashinuvida foydalanish mexanizmlarining mavjudligi shular jumlasidandir. Atmosferada faqat toza kislorod bo'lgan holatida o'simliklarning nafas olish jadalligi susayadi va bu holat uzoq davom etsa o'simlik halok bo'ladi. Ushbu holat o'simlik hujayralarida ko'plab erkin radikallaming hosil bo'lishi, membrana lipidlarining jadal oksidlanishi tufayli moddalar almashinuvi jarayonlarining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Qishloq xo'jaligi amaliyotida o'simliklar ildizlariga kislorod yetishmasligining oldini olish uchun doimiy ravishda tuproqlarni yumshatish tadbirlari o'tkazilib turilishi lozim va bu tadbir yuqori hamda sifatli olishning asosiy garovlaridan biridir. O'simlik hujayralarida oxirgi mahsulot sifatida C02 miqdorining ko'payib ketishi nafas olish jadalligini pasaytiradi. Chunki hujayralarda C02 miqdorining ko'payib ketishi dekarboksillanish jarayoni to'xtaydi, NOK kamayadi va CO2 gazining ajralishi kamayib, suksinatdegidrogenaza fermenti faolligi ham keskin pasayib ketadi. Shuningdek, C02 yog'larda yaxshi eriganligi uchun uning hujayralarda ko'payib ketishi membranalar o'tkazuvchanligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. O'simliklarga ushbu gazning narkotik ta'siri ham bo'lishi mumkin. Anaerob sharoitda o'simliklar metabolizmi CO2 tufayli boshqariladi degan fikrlar ham yo'q emas. Barglardagi CO2 gazining yuqori miqdori uning og'izchalarining yopilishiga olib kelib nafas olish jarayoniga ham ta'sir qilishi mumkin. Atmosfera havosida ushbu gaz miqdorining ko'payishi o'simlik to'qimalarida nafas olish tezligining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham urug' po'stida CO2 qanchalik ko'p bo'lsa, u o'zining unib chiqish qobiliyatini shunchalik yo'qotmaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari saqlanayotgan omborlarida meva va poliz mahsulotlarining uzoq saqlanishi, muhitdagi C02 miqdoriga bog'liq, ya'ni ushbu gaz miqdorining ko'p bo'lishi ularning nisbatan uzoq saqlanishiga olib keladi. Binobarin to'qimalarda С02 miqdorining ko'p bo'lishi urug'larning uzoq vaqt tinim holatida bo'lishigayordam beradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling