1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi


-MAVZU: FLUORESSENSIYA HODISASI


Download 0.49 Mb.
bet4/28
Sana06.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1693694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi

4-MAVZU: FLUORESSENSIYA HODISASI

Xlorofillni optik xususiyatlaridan biri-flourestsentsiyadir, ya'ni u


yutgan nurini qaytarish xususiyatiga ham ega. Aks etgan yorug'likda
xlorofill qizil rangda ko'rinadi.
Xlorofill yorug'likda o'sgan o'simliklarda hosil bo'ladi, qorong'ulikda o'sgan o'simliklarda bo'lmaydi. Shuning uchun qorong'ulikda o'sgan maysalarning rangi sariq yoki rangsiz bo'ladi va ularni etiollangan o'simliklar deyiladi. Etiollangan o'simliklar yorug'likga chiqarilganda yashil rangga kiradi.
Ayrim hollarda yorug'likda o'simliklarning bargi ham sarg'ayishi
mumkin. Buni xloroz deyiladi. Bu hodisa tuproqda magniy yoki temir
moddasining yetishmasligi natijasida hosil bo'ladi. Bunda xlorofill sintezi keskin pasayadi. Buni ko'p ohakli tuproqlarda kuzatamiz.
O'simlikka temir tuzining eritmasi purkalsa, u yashil rangga o'ta
bosnlaydi. O'simlik quruq og'irligining 0,6-1,2% xlorofillar miqdoriga
to'g'n keladi.
Karotinlar organik erituvchilarda, ya'ni xloroform, benzol aseton va efirlarda yaxshi eriydi. Ammo metil va etil spirtlarida deyarli erimaydi.
Shuningdek, ular kuchli yorug'lik, yuqori harorat va kislotalar ta'sirida
engil parchalanadi.
Karotinoidlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Fotosintez jarayoni uchun kerakli yorug'lik nurini yutadi.
2. Xlorofillarni kuchli yorug'likdan himoya qiladi.
3. Fotosintezda 02 ajralib chiqishida qatnashadi.
Karotinoidlar quyosh nurlaridan ko'k binafsha va ko'k (480-530
nm) nurlarni yutib ular energiyasini xlorofillga («а») uzatadi.
Karotinoidlar. O'simliklar yashil barglarida xlorofill bilan
birgalikda sariq va qizil rangdagi pigmentlar ham mavjud bo'lib, ular
karotinoidlar deb ataladi. Karotinoidlar sabzi ildizmevalari hujayralarida
ko'p bo'ladi. Karotinoidlar miqdori xlorofillga nisbatan uch marotaba
kam bo'ladi, shunga ko'ra sezilmaydi.
Karatinoidlar ikki guruhga bo'linadi ya'ni karotinlar va ksantofillar.
Karotinlar (C40H56) bir necha xil bo'ladi: a, P, y-karotin va ulardan a
va p-karotin xloroplastlarda ko'p uchraydi. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha
karotin 8 molekula izopren qoldig'idan iboratdir.
Ksantofillar ko'p atomli spirtlar bo'lib vakillari lyutein (C40H56O2),
violoksantin (C4oH5604) pigmentlaridir.
Karotinning (n) struktura formulasi:
Fikobilinlar. Suv o'tlaridan yuqoridagi pigmentlardan tashqari
maxsus pigmentlar ham uchraydi. Ularga fikobilinlar deyiladi. Ularga
fikoeritrin va fikotsianin kiradi. Fikoeritrin (C34H47H4O8) qizil suv o'tida
uchraydi, rangi qizil bo'ladi. Fikotsianin (C34H42H4O8) ko'k yashil suv
o'tini pigmenti bo'lib, ko'k rangda bo'ladi. Ular murakkab oqsillardir,
tarkibida to'rtta pirol halqasi uchraydi va ular qo'sh bog'lar bilan
bog'langan.
Fikoeritrin-A98-508 nm, fikotsianin esa 585-630 nm to'lqin
uzunlikda bo'lgan nurlarni yutadi va xlorofillga (a) uzatadi.
Bu pigmentlarning chuqur suv ostida o'sadigan o'simliklar uchun
ahamiyati kattadir.
Qizil nurlar 34 metr chuqurlikda, sariq nurlar-180 metr, yashil
nurlar-320 metr, ko'k yashil nurlar esa 500 metr chuqurlikda to'la
yutiladi. Umuman fikobilinlar yutgan yorug'lik energiyasining 90%
xlorofillga (a) uzatiladi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling