1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi


-MAVZU: NAFAS OLISHGA QURG’OQCHILIKNING VA CO


Download 0.49 Mb.
bet26/28
Sana06.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1693694
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi

24-MAVZU: NAFAS OLISHGA QURG’OQCHILIKNING VA CO2 NING TA’SIRI
Qurg'oqchilik sharoitlda nafas olish jarayoni. Fotosintez jarayonidan farqli o’laroq oldin anchagina kuchayadi, so'ngra pasayadi. Bu holatga avval aytib o'tganimizdek. qurg'oqchilikda ro'y beradigan polisaxaridlarning parchalanishidan hosil bo'ladigan qandlar miqdorining keskin oshib kelishi sabab bo'lishi mumkin. Chunki, nafas clish jarayoni uning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan qandlarga
chambarchas bog'liqdir.
O'simlikka suv yetishmasligi natijasida uning o'sishi to'xtaydi, ayniqsa barglar va poyalarr.ing o'sishi juda sekinlashadi. Bu holat hujayralarning bo'linishining va ularr.i tuzilishini sekinlashishi natijasida ro'y beradi. Ildizlarning o'sishi esa kuchayadi. Masalan, makkajo'xori, har xil namlikdagi tuproqli idishlarda o'stirilganda ildiz to'qimalari soni va ildiz uzunligi tuproq namligiga teskari tartibda bo'lishi aniqlangan, ya'ni makkajo'xori suvda o'stirilganda tuklar mutlaqo hosil bo'lmagan, tuproqda esa u qanchalik quruq bo'lsa, tuplar soni shunchalik ko'p bo'lgan. Agar tuproqda uzoq vaqt suv yetishmasa, ildizlarning o'sishi ham susayadi.
Shuningdek, ildizlarda po'kak hosil bo'lishi ro'y beradi va meristemadan chiqayotgan hujayralaming differensiyalashishi kuchayadi.
O'simliklarning haddan tashqari isib ketishdan saqlovchi hollardan biri ularda ketadigan va baquvvat ildiz sistemasi orqali ta'minlanadigan suv bug'lantirish hodisasidir.
Qishloq xo'jaligida o’simliklarning issiqqa chidamliligini oshirish uchun ularni barglari va tanasi rux tuzining 0,05%li eritmasi bilan ishlanadi.
C02 gazining ta'siri. O'simlik hujayralarida oxirgi mahsulot sifatida C02 miqdorining ko'payib ketishi nafas olish jadalligini pasaytiradi. Chunki hujayralarda C02 miqdorining ko'payib ketishi dekarboksillanish jarayoni to'xtaydi, NOK kamayadi va CO2 gazining ajralishi kamayib, suksinatdegidrogenaza fermenti faolligi ham keskin pasayib ketadi. Shuningdek, C02 yog'larda yaxshi eriganligi uchun uning hujayralarda ko'payib ketishi membranalar o'tkazuvchanligiga
salbiy ta'sir qilishi mumkin. O'simliklarga ushbu gazning narkotik
ta'siri ham bo'lishi mumkin. Anaerob sharoitda o'simliklar metabolizmi
CO2 tufayli boshqariladi degan fikrlar ham yo'q emas. Barglardagi CO2
gazining yuqori miqdori uning og'izchalarining yopilishiga olib kelib
nafas olish jarayoniga ham ta'sir qilishi mumkin.
Atmosfera havosida ushbu gaz miqdorining ko'payishi o'simlik
to'qimalarida nafas olish tezligining pasayishiga olib keladi. Shuning
uchun ham urug' po'stida CO2 qanchalik ko'p bo'lsa, u o'zining unib
chiqish qobiliyatini shunchalik yo'qotmaydi. Qishloq xo'jalik
mahsulotlari saqlanayotgan omborlarida meva va poliz mahsulotlarining
uzoq saqlanishi, muhitdagi C02 miqdoriga bog'liq, ya'ni ushbu gaz
miqdorining ko'p bo'lishi ularning nisbatan uzoq saqlanishiga olib
keladi.
Binobarin to'qimalarda С02 miqdorining ko'p bo'lishi urug'larning
uzoq vaqt tinim holatida bo'lishigayordam beradi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling