1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
-MAVZU: NAFAS OLISHNING GENOTIP VA GEOGRAFIK KELIB CHIQISH BILAN ALOQASI
Download 0.49 Mb.
|
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
25-MAVZU: NAFAS OLISHNING GENOTIP VA GEOGRAFIK KELIB CHIQISH BILAN ALOQASI
Hujayralarning funksional faolligining ortishi nafas olishning kuchayishiga olib keladi. Ushbu holat o'z navbatida nafas olish nazorati mcxanizmining yoki nafas olishning akseptor nazorati tufayli yuzaga keladi. Nafas olish nazorati deb mitoxondriyalarning oksidlanishli-fosforirlanish jarayonida akseptor sifatida xizmat qiluvchi ADF miqdoriga bog'liq ravishda kisloroddan foydalanilishiga aytiladi. Nafas olish jarayonidagi ETZ va ATF orasida to'la bog'liqlik ADF miqdoriga aniqrog'i ATF-tizimi moddalari massasiga bog'liq, ya'ni [ATF]/[ADF] [PJ. Bunda anorganik fosfat doimo mavjud bo'lganligi sababli chegaralovshi ornil bo'lib hisoblanmaydi. Tinim holatidagi hujayralarda ushbu nisbai yctarli darajada kaita. chunki barcha ADF fosforirlangan holatda bo'ladi. Hujavraning funktsional faolligi ortganda esa ATF energiya talab qiluvchi jarayonlar uchun sarflana boshlaydi. Buning natijasida esa ADF miqdori orta boradi va u o'z navbatida elcktronlar tashiluvining tczlashishiga hamda oksidlanishli fosforirlanish jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. Bu yerda shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ADF miqdori oksidlanishli fosforirlanish va elcktronlar tashiluvi jadalligiga allosterik omil sifatida emas, balki fosforirlanish substrati sifatida ta'sir qiladi. Adeninnukleotid tizimning yanada to'liqroq holati quyidagi ener- getikzaryad nomi bilan ataluvchi tenglikdan ham kuzatishimiz mumkin. [ATF] + 1/2[ADF] [ATF] + [ADF] + [AMF] Ushbu tenglik barcha adenilattizimning yuqori energiyali fosfat gunihlari bilan to'Ig'azilishi meyorini ko'rsatadi. Glikolizning boshqariluvi. Glikoliz jarayonining jadalligi birnecha uchastkalarda nazorat qilinadi. Glukozaning glikoliz jarayoniga jalb qilinishi geksokinaza fcrmenti darajasida qaytar aloqa tipida boshqsnfadi, ya'ni jarayonning ortiqcha mahsuloti (glukoza-6-fosfat) ferment faoliyatini allosterik to'xtatadi. Glikoliz jarayoni boshqaruvining ikkinchi uchasikasi esa fosfofruktokinaza fermenti darajasida joyla.shgandir. Fosfofruktokinaza ATF birikmasining yuqori miqdori ta'sirida allosterik ingibirlanadi. Ammo anorganik fosfat va ADF birikmalarining yuqori miqdorlari ferment faolligini oshiradi. Fermentning ATF tomonidan ingibirlanishi jarayonining oldini olinishi fruktoza-6-fosfatning yuqori miqdorlari tufayli ro'y beradi. Bundan tashqari ferment faolligi Krebs siklining mahsuloti sitral tufayli ingibirlanadi va qaytar musbat aloqa tufayli o'z mahsuloti bo'lmish'froktoza-6-di fosfat tufayli faollashadi (o'z-o'zini kuchaytirish). ATF moddasining yuqori miqdorlari piruvatkinazaning faolligini pasaytiradi. Bu uning fermentni fosfoenolpiruvatga nisbatan mosligini kamaytirishi tufayli ro'y beradi. Shuningdek, piruvatkinazaning faolligi atsetil-CoA ta'sirida ham ingibirlanishi mumkin. Umuman piruvatdan atsetil-CoA hosil bo'lishida qatnashuvchi piruvatdegidrogcnaza majmuasi ATF moddasining yuqori miqdori tufayli hamda NADH va o'zining atsetil-CoA ta'sirida ingibirlanadi (VII. 11-rasm). Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling