1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
-MAVZU: NAFAS OLISH JARAYONINING BOSHQARILISHI
Download 0.49 Mb.
|
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28-MAVZU: NAFAS OLISH FERMENTLARI FAOLLIGINING BOSHQARILISHI
- I L O V A L A R
26-MAVZU: NAFAS OLISH JARAYONINING BOSHQARILISHI
27-MAVZU: PASTER EFFEKTI Nafas olish jarayonlarini boshqarisli. Paster samarasi. Nafas olish jarayonida, kislorod miqdori faqatgina NOK ko'rsatkichiga ta'sir qilib qolmasdan, balki nafas olish substratlarining sarflanishiga ham ta'sir qiladi. Ushbu hodisaga birinchi bo'lib etibor bergan olim L.Pasterdir. U achitqi zamburug'lari bilan kislorodli sharoitda tajribalar o'tkazib glukoza parchalanishining pasayishini va bijg'ish jarayoni jadalligining kamayganligini kuzatgan, ya'ni ajralayotgan C02 va hosil bo'layotgan spirt miqdorining ozavganligini kuzatgan. Ammo shuning bilan birga qandlarni biosintetik jarayonlarga sarflanishi natijasida zamburug'lar biomassasining jadal o'sishini kuzatgan. Qandlarning parchalanishini to'xtashi bilan birga kislorodning jadal foydalanilishi Paster samarasi nomini olgan. Paster samarasining mexanizmi shundaki, kislorod mavjudligida jadal boruvchi oksidlanishli-fosforirlanish raqobat natijasida glikoliz jarayoniga kiruvchi (yoki fosforirlanish uchun zarur) ADF molekulalari sonini kamaytiradi. Mana shu sababli va ATFning (aerob sharoitda sintezi keskin ortib ketuvchi) fosfot'ruktokinaza fermentiga to'xtatuvchi ta'siri tufayli 02 yetarli bo'lgan sharoitda glikoliz jarayonlarining pasayib ketishi ro'y beradi. Muhitdagi ATF miqdorining ortiqchaligi glikoliz jarayoni mobaynida pirouzum kislotasi qismlaridan glukozaning resintezlanishiga olib keladi. Kislorodsiz sharoitda Krebs sikli va NOPY ro'y bermaydi va buning natijasida esa hujayra o'z tuzilmalarini qurilishi uchun ishlatadigan bir qancha oraliq moddalarni ola olmaydi. Kislorod mavjud sharoitda esa ushbu sikllarning barchasi ishlaydi. Shuningdek, aerob sharoitda ATF miqdorining ortishi ham biosintetik jarayonlaming borishiga yordam beradi. 28-MAVZU: NAFAS OLISH FERMENTLARI FAOLLIGINING BOSHQARILISHI Hujayra tomonidan piruvatdan hosil bo'lgan atsetil-CoA moddasining keyingi foydalanilishi hujayraning energetik holatiga bog'liqdir. Agar hujayraga kamroq energiya talab qilinsa, nafas olish jarayoni nazorati tufayli nafas olish zanjirining ishi to'xtatiladi. Bu esa o'z navbatida siklning intermediatlarini shu jumladan, atsetil-CoA birikmasini Krebs sikliga olib kiruvchi oksaloatsetat birikmasini hosil bo'lishini to'xtatadi. Bu hoi energiya yutilishi bilan horadigan. atsetil-CoA moddasining sintetik jarayonlarda ko'plab foydalanilishiga olib keladi. Krebs siklining boshqariluvida elektronlarning o'simlik mito- xondriyalarida boruvchi elcktronlar tashiluvining altemativ yo'li ham qatnashishi mumkin. ATF birikmasining yuqori miqdorlarida. ya'ni asosiv nafas olish zanjirining faolligi pasayganda. substratlaming oksidlanishi alternativ oksidazalar orqali (ATF hosil bo'lmasdan) davom etadi va u ATF miqdorini pasaytiradi. Bularning barchasi Krebs sikli faoliyatining davom ctishiga yordam beradi. Glioksiiat va NOPY jarayonining boshqariluvi. Nafas olish substratlarining pentozofosfat yo'li (NOPY) orqali oksidlanishi NADF* miqdori tufayli boshqariladi. Chunki. unda NADFga bog'liq ikkita degidrogcnazalar (glukoza-6-fosfatdegidrogenaza va 6-fostoglukonat- degidrogenazа) mavjuddir. H shuningdek. hujayrada NADFH foydala- nilishi bilan boradigan sintez jarayonlarining (Masalan, aminokislotalar va oqsillar) jadalligi darajasi bilan ham boshqariladi. Ushbu jarayonlar- ning yuqori darajasi NOPY siklini faollashtinivshi oksidlangan NADF' miqdorining oshishiga olib keladi. Glikoliz va NOPY nisbatida bir qancha intermediatlar, Masalan, anorganik fosfat. 6-fosfoglukonat kislotasi, eritroza-4-fosfat qatnashadi. Anorganik fosfatning yetishmasligi glikoliz jarayonini sekinlashishiga olib kelsa, NOPY sikli esa aksincha faollashadi. 6-fosfoglukonat kislotasi glikolitik ferment fost'ofruktokinazaning (glukozofosfa- tizomeraza) ingibitori hisoblanib, NOPY faoliyatiga yordamlashadi. Eritroza-4-fosfat transketolaza va transaldolaza reaksiyalarining substrati bo'lganligi sababli glikoliz jarayoni fermentlari faolligini to'xtatishi hamda uglevodlar o'zgarishining glikolitik yo'ldan pentozofosfat yo'lga o'tishiga olib kelishi mumkin. Glioksliat siklining faolligi suksinatdegidrogenaza fermentini ingibirlovchi oksaloatsetat miqdorining ortishi tufayli ham bo'lishi mumkin. Siklning boshqa bir ingibitori fosfoenolpiruvatdir. Chunki ushbu modda izotsitratliaza fermenti faolligini ingibiriaydi. I L O V A L A R Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling