1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
Download 0.49 Mb.
|
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
6-MAVZU: ELEKTRONLAR HALQALI VA HALQASIZ TASHILUVI
Xlorofill molekulasi yorug'lik energiyasini kvantlar yoki fotonlar holida yutadi. Buning natijasida xlorofilldagi elektronlar qo'zg'algan holatga o'tadi va pigment ham qo'zg'aladi. Bunda elektron asosiy darajadan (C°) birinchi singlet darajaga (C1) o'tadi va bu juda qisqa vaqt davom etadi (10'9 sek.). Shu qisqa vaqt ichida elektron energiyasi sarflanib, pigment awalgi tinch holatiga (C1 —► C°) qaytadi va yangidan boshqa kvanti yutishi mumkin. Agar elektron to'lqin uzunligi cjisqa ko'k binafsha nurlardan bir kvant yutsa yanada yuqoriroq singlet (C") darajasiga o'tadi (C° — C2). Elektronlar qisqa vaqt ichida (10-13 sek.) ikkinchi singlet darajadan birinchi singlet darajaga tushadi (C2 —► C1). Bu vaqtda kvant energiyasining bir qismi, issiqlikka aylanib sarf bo'ladi. Fotokimyoviy jarayonlarda, asosan, birinchi singlet (C1) holatdagi elektronlar, ayrim hollarda esa triplet (T1) holatdagi elektronlar ishtirok etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqiladiki, xlorofill molekulasi yutgan kvant energiya, asosan, fotosintetik reaksiyalarning sodir bo'lishi uchun sarf bo'ladi va molekuladan yorug'lik yoki issiqlik energiyasi holida ajraladi. Yorug'lik energiyasining fotosintetik reaksiyalardagi samaradorligi yutilgan kvant hisobiga fotosintez jarayonida ajralib chiqqan O2 yoki o'zlashtirilgan CO2 miqdori bilan belgilanadi. Fotosintez jarayonida bir molekula C02 to'la o'zlashtirilishi uchun 502 kJ energiya sarflanadi. Demak, C02+H2 О → [CH20]+02 jarayonini to'la amalga oshishi uchun 700 nm nurning uch kvanti zarur. Chunki ushbu nurning har bir kvanti 171 kJ energiyaga ega. Yutilgan qizil nurlarning foydali ish koeffitsiyenti 40% atroflda ekanligi sababli haqiqatda esa bir molekula C02 o'zlashtirilishi uchun 8 kvant quyosh energiyasi zarur. Shuni aytib o'tish zarurki, xlorofillar va karotinoidlaming xossalari bir xilda emas. Buni biz quyidagi rasmda ham ko'rishimiz mumkin R.Emerson (1957) xlorellada fotosintezni o'rgamsh bo'yicha o'tkazgan o'z tajribalarida 660-680 nm qizil nurlarning samaradorl.k darajasi yuqonligini isbotladi. Bundan kelib chiqadiki, nurlarning aralash spektrlari fotosintetik jarayonlar uchun anchagina samarador ekan Masalan, 710 nm qizil nurdan 1000 kvant yutilganda 20 mol. Oj ajralib chiqqan bo'lsa, 650 nm nurlar uchun esa ushbu ko'rsatkich 100 molekulani tashkil etgan. Biroq 710 va 650 nm nurlar bir vaqtning o'zida ta'sir etganda 160 mol 02 ajralib chiqqan. Bu hoi Emerson ettekti nomini olgan (V1.4-rasm). Birinchi bor xloroplastlarda ikkita fotosistema mavjudlig. R.Emerson tomonidan isbotlangan. Keyichalik ushbu ho! to'la isbotlandi ya'ni 1-va 11-fotosistemalarning oqsillar kompleksi to'la o'rgamldi. Ushbu oqs.l komplekslarida kvantlarning yutilishi. elektronlarning tashiluvi ATr sintezi va boshqalarning alohida-alohida ekanligi kuzatild.. Har b.r fotosistema o'zining faol markaziga ega bo'lib, 1-fotosistema 700 nm to'lqin uzunlikdagi nurlarni yutuvchi pigmentlarni tutsa. 11 -fotos.stema 680 nm nurlarni yutishga moslashgan xlorofill «а» pigmentlarm. tutad. Fotosistema 1 va 11 yutilgan yorug'lik energiyasini markazga yetkazib bersduvning fotolizi. Fotosintez jarayonida fotokimyoviy reaksiyalardan biri bu suv totolizidir. Ushbu jarayonni 1937 yilda ingliz ohm. Xill kashf etgan Xill tomonidan barglardan ajratib olingan xloroplastlar ishtirokida, yorug'lik ta'sirida 02 ajralib chiqishi kuzatilgan. Ushbu jarayonda vodorod akseptorining qatnashishi albatta lozim. yorug'lik 2H20+2A * 2AH2+02 xloroplast Bu reaksiya xloroplastlaming faolligini ko'rsatadi. Ushbu jarayon 11-fo istemada kuzatiladi hamda uning markazida sodir bo'ladi. Bunda 4 kvai.t energiya yutiladi. 4H20 → 40H"+4H++4e" 40H' → 2H20+02 Bu reaksiyalami birgalikda yozadigan bo'lsak 4H20 → 02+4H++ 4e"+2H,0 Bu yerda vodorodning akseptori NADF moddasidir va u maxsus fermentlar ishtirokida qaytariladi: yorug'lik NADF+H20 → NADFH2+l/202 xloroplast Fotosintetik fosforirlanish. Xloroplastlarda yorug'lik energiyasi hisobiga hamda ADF va anorganik fosfat ishtirokida ATF hosil bo'ladi. yorug'lik nADF+nH,P04 −→ nATF xloroplast Fotosintetik fosforirlanish jarayoni D. Arnon tomonidan 1954-yilda kashf etilgan. Fotosintetik fosforirlanish ikki xil bo'ladi: 1. Halqali (siklik) fotosintetik fosforirlanish. 2. Halqasiz (nosiklik) fotosintetik fosforirlanish. Xalqali fosforirlanishda yutilgan barcha yorug'lik energiyasi ATF sintezi uchun sarf bo'ladi: yorug'lik 2ADF + 2H3P04 * 2 ATF + H20 xlorofil Bunda nurni yutgan xlorofil qo'zg'aladi va yuqori energetik potensialga ega bo'lgan elektronni chiqaradi hamda o'zi musbat xloroplastlar tilokoidlari ichiga olib o'tadi. Protoniar esa suvning fotooksidlanishi tufayli tilakoidlarning ichkarisida yig'iladi. Protonlarning membranalarni turli tomonlaridagi miqdori har xil bo'lganligi sababli ularning kimyoviy potensialida farq yuz beradi Bu esa o'z navbatida vodorod ionlarining elektrokimyoviy membrana potensiahmng (ДцН ) yuzaga kelishiga olib keladi. Elektrokimyoviy membrana potensiali (ДцН+) ikki hoiatni o'z ishiga oladi. Uiardan b.rinchisi bu membranalaming har xil tomonlarida protonlarning turl. miqdorlari tufayli vujudga keladigan konsentratsion potensial (ДрН) bo lsa, ikkinchisi membranalar yuzasida qarama-qarshi zaryadlarning hosil bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan elektirik (Дш) va'ni membrana potensialidir. ' 3 Elektronlami tilakoidlardan xloroplast stromaiariga qayta tashiluvi maxsus kanallar orqali konsentratsion (ДрН) va elektrik (Дш) - potensiallarning energiyasi hisobiga ro'y beradi. ADF birikmasining fosforillanishi va undan ATF moddasining hosil bo hsht mana shu elektronlami qayta tashiluvi jarayoni bilan bog'liqdir ADF birikmasining fosforirlanishini va protonlarning membranalar bilan bog hq qayta tashiluvini amalga oshiruvchi ferment bu tilakoid membranalanda joylashgan H+ - ATF sintetazadir (VI.5-rasm). Ushbu ferment ikk. qismdan, ya'ni xloroplastlar stromasi tomonidagi suvda eruvchi kattalik qism (F,) va lipidlaming ikki qavatini uyib kirgan membrana qism.dan (F0) iborat. Membrana qism (F0), bu protonlarning xloroplastlar stromas.ga qaytishini ta'minlovchi proton kanallaridir Boyerning (1997) fikri bo'yicha ADF va ortofosfat Ff-ATF sintetaza fermentining katalitik qismiga (F/) birikadi va elektro- kimyoviy potensial gradiyenti bo'yicha proton kanallari (F0) orqali harakatlanib fosfatning kislorodi bilan birikib suv hosil qiladi. Ortofosfatning kislorod yo'qotishi uni faollanishiga olib keladi va fosfat ADF bilan birikib ATF birikmasini hosil qiladi. Shuni aytib o'tish lozimki, H'-ATF sintetaza fermentining faolligi protonlar tashiluvi bilan bog'liq, ya'ni protonlar tashilib tursa ushbu ferment faol, agar tashilmasa ferment ham ishlamaydi. Protonlarning harakatlanishi ularning tilokoidlar orasidagi konsentratsiyasiga bog'liq, ya'ni ular faol harakatlanadi, qachonki tilakoidlararo oraliqlarda protonlarning miqdori katta bo'lsa. Elektron-tashiluv zanjir orqali tashilgan ikki elektronga nisbatan tilakoidlarda to'rtta vodorod ionlari yig'iladi. Ushbu protonlarning xloroplast tilakoidlaridan xloroplast stromasiga qayta tashiluvida har uch proton hisobiga bitta ATF molekulasi sintezlanadi. Shuni aytib o'tish lozimki, fotosintezning yorug'lik bosqichini o'rganish, xususan, yashil o'simliklarda yorug'lik tufayli suvning parchalanishi va vodorod ionlarining hosil bo'lishi planetamizda energiya muammosini yechishda ham o'z ifodasini topishi mumkin. Chunki ushbu jarayonni suniy sharoitda modellashtirish o'z navbatida suvdan vodorod olish va uni ekologik toza yoqilg'i sifatida foydalanish imkonini beradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling