1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
-MAVZU: YORUG’LIKNING YUTILISHINING QONUNLARI
Download 0.49 Mb.
|
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
5-MAVZU: YORUG’LIKNING YUTILISHINING QONUNLARI
Ma'lumki, tirik tabiatda uchraydigan biologik jarayonlar ichida fotosintez o'zining ko'lami va mohiyati bilan asosiy o'rinni egallaydi. Muhit moddalaridan biologik moddalarni hosil qilish jarayonlarini birgalikda assimilatsiya nomi bilan birlashtirish mumkin. Assimilatsion jarayonlar natijasida tirik materiyaning asosiy komponentlari tuziladi va ularning ko'pchiligi uglerodli birikmalardir. Organik moddalaming biologik sintezi assimilatsiyaning eng muhim jarayoni-uglerod assimilatsiyasi deb ataladi. Fotosintezda hosil bo'luvchi organik moddalar o'z ishiga quyosh energiyasi hisobiga o'simlik tomonidan yig'ilgan energiyani va o'zlashtirilgan moddalarni oladi. Fotosintez jarayonida hosil bo'lgan energiya biosferadagi tiriklik manbayining asosi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda yashil o'simliklar yerdagi hayotning manbasi bo'lib xizmat qiladi. Fotosintez jarayoni tufayli planetamizdagi energiyaning eng ko’p miqdori zaxiralanadi. Yashil o'simliklar yil davomida fotosintez natijasida 100 mln tonnadan ortiq organik massani hosil qiladi. Fotosintez jarayonida yer sharimizga yetib kelayotgan quyosh energiyasining 45-1013 megakaloriya qismi fotosintezning turli ko'rinishdagi mahsulotlari sifatida jamlanadi. Ushbu jarayonda yashil o'simliklar tomonidan 130 mid t. C02 va 130 mid t. suv qayta ishlanadi. Bundan tashqari fotosintezlovchi hujayralar ushbu jarayon tufayli o'zlarining har xil moddal'arga bo'lgan talabini qondiradi. Dastlab, fotosintezlovchi hujayralarda uglevodlar sintezlanganligi tufayli ular o'zlarining shu moddaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. So'ngra ushbu birikmalardan boshqa organik moddalar, masalan, oqsillar va yog'lar sintezlanadi. Fotosintez jarayonida hosil bo'luvchi birlamchi uglevod bu fruktozofosfatdir. Keyinchalik fruktozofosfatdan boshqa biopolimerlar va monomerlar, masalan, kraxmal, selluloza, kletchatka, oligosaxaridlar, disaxaridlar va monosaxaridalar hosil bo'ladi. Ammo uglevodlarning o'simlik to'qimalari bo'ylab asosiy tashiluvchi formasi saxarozadir. U plazmaning to'rsimon naychalari bo'ylab tashilib o'simlikning boshqa hujayralari tomonidan metabolik jarayonlarda ishlatilishi yoki zaxira holida to'planishi mumkin. Uglevodlarning zaxira formalari faqatgina kraxmal holatidagina bo'lib qolmasdan, balki disaxarid-saxaroza (shakarqamish, qand lavlagi) yoki monosaxarid-glukoza (uzum) ko'rinishlarida ham bo'lishi mumkin. Bizning planetamizda sodir bo'ladigan biologik jarayonlar ichida fotosintez asosiy o'rinni egallaydi. Yorug'lik energiyasi ishtirokida anorganik moddalardan, ya'ni suv va karbonat angidriddan organik modda hosil bo'lib, atmosferaga kislorod ajralib chiqadi. Fotosintez jarayonida suvning fotolizi natijasida atmosfera havosiga ajralib chiqadigan 02 tiriklik olamining nafas olishi uchun zarur bo'lgan yagona kislorod manbayidir. Hozirda atmosfera havosining 1/5 qismini tashkil qilgan kislorod ham avtotrof o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi evolutsiyasi mobaynida hosil bo'lgan bo'lishi mumkin. Chunki hozirda mavjud bo'lgan o'simliklar dunyosi, atmosfera havosida deyarli kislorod bo'lmagan sharoitda paydo bo'lgan bo'lishi mumkin Yashil o'simliklar va suv o'tlari uchun fotosintez jarayonini quyidagi umumiy tenglama orqali ifodalash mumkin. yorug'lik 6C02 + 12H20 --------—> C6H1206 + 602 + 6H20 xlorofill Ushbu tenglik, asosan, fotosintezning ikkita alohida-alohida qismlaridan iboratdir. yorug'lik 12H20 —> 12(H2) + 602 (1) xloroplastlar Bu energiyaning o'zgarishi yorug'lik reaksiyasidir. yorug'lik 6C02 + 12(H2) —> C6H1206 + 6H20 (2) xloroplastlar Bu moddalarning o'zgarishi qorong'ulik rcaksiyasidir. Biofizik nuqtayi nazaridan fotosintez, energyalami konversiyasidan iborat, bunda pigment yutgan energiyasini elektronga va asta-sekm kimyoviy bog'larni hosil qilishga sarflaydi. Fotosintezning yorug’lik reaksiyalari barg xoroplastlarining tilakoidlari membranalarida ro'y bersa, qorong'ulik reaksiyalari xloroplastlarning stroma qismida ro'y beradi. Ma'lumki, fotosintez yashil o'simliklarning bargida sodir bo’ladi. Bargning hujayraviy tuzilishi fotosintezga nafas olishga va transpiratsivaga moslashgan. Uning ustki va ostki tomoni po’st bilan qoplangan. Qoplovchi to'qima epidermis bir qator zich hujayralardan tuzilgan va ular yorug’likni yaxshi o'tkazadi. Po'stni f^alanda barg og’izchalari joylashgan va ular ko'proq barg plastinkasining ostida bo’ladi. Og'ichalar orqali gazlar almashinuvi sodir bo'ladi. Ustki po’st ostida tavoqchasimon, zich joylashgan hosil qiluvchi hujaymlar (mezofil) joylashadi. Ularda xloroplastlar ко'pi dumaloq formadagi hujayralar tarqoq holda joylashib bo'shliqlar hosil qiladi, bu bo'shliq gazlar va suv almashinuvida ishtirok etadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling