1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
Download 0.49 Mb.
|
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
8-MAVZU: C3 SIKLINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu jarayon, ya'ni C02 gazini assimilatsiya qilish yo'li barcha o'simliklarga xosdir. Birinchi bor bu yo'lni amerikalik bioximik olim M. Kalvin (1946-1956) va uningshogirdlari aniqlagan. Kalvin nishonlangan 14C elementidan foydalanib fotosintezda birinchi hosil bo'luvchi organik moddalarni aniqlagan. Natijalarga ko'ra o'simliklar tomonidan yutilgan l4C02 gazining 87% 5 sekund ichida, uch uglerodli birikma, fosfoglitserat kislotasi tarkibiga kirishi aniqlangan. Demak, karbonat angidrid o'zlashtirilganda birinchi sintezlanuvchi mahsulot fosfoglitserat kislota hosil bo'lar ekan. Shuning uchun ham ushbu jarayon Kalvin sikli nomi bilan mashhur bo'lib, ko'pchilik o'simliklarda sodir bo'ladi. Ushbu masalani hal etishda avvalo fotosintezning birinchi mahsuloti nimadan iborat ekanligi va C02 akseptorini aniqlash muammosi maqsad qilib olingan. Buning uchun bir hujayrali suv o'ti xlorella va nishonlangan 14C02 olingan. Suv o'tlari 14C02 mavjud muhitda o'stirilgan va turli vaqtlar davomida uning tarkibidan spirtda eruvchi moddalar ajratilib, ularda 14C miqdori xromatografiya usulida o'rganilgan. Izlanishlar davomida tajriba boshlanganidan bir daqiqadan so'ng aniqlangan bir qancha birikmalar, xususan, uch va yetti uglerodli qandlar hamda qandli fosfatlar, organik kislotalar (olma, oksaloatsetat), alanin, aspartat kabi aminokislotalar tarkibida 14C mavjudligi aniqlangan. Ekspozitsiya vaqti qisqa, ya'ni 0,1-2 soniya bo'lganda esa 1 С ko'proq uch uglerodli birikma fosfoglitserat kislotasining karboksil guruhi tarkibida uchragan. Shunga ко'ra 3-fosfoglitserat kislotasi (3-FGK) fotosintezning birlamchi mahsuloti deb qaraladi. Keyingi muammo, ,4C02 moddasining akseptorini aniqlash uchun esa avvalo suv o'tlari yorug'likda va muhitdagi ushbu birikmaning miqdori 1% bo'lgan sharoitda o'stirilgan. So'ngra. uning miqdori keskin ravishda kamaytirilib 0,003% gacha tushirilib, 14C02 birikmasi aksepton ulushining ko'payishi kutilgan. Ikki o'lchamli xromatografiya usuli yordamida hujayralarga l4C02 etishmagan qisqa vaqt davomida pentozalarga taalluqli ribulozadifosfat miqdorining ortishi aniqlangan. Suv o'tlarida o'tkazilgan tajribalar asosida taxmin qilingan gipoteza keyinchalik yuksak o'simliklar vakili ismaloq barglarining hujayrasiz ekstraktlarida sinab ko'rilgan. Buning uchun ismaloq barglarining maydalab ekstraksiya qilingan hujayrasiz gomogenatiga fosfor bo'yicha (,2C) nishonlangan nbuloza- 1 5-difosfat kiritilgan. Ushbu tajriba yorug'likda bajarilganda barg ekstrakti tarkibida radionishonlangan FGK topilgan. Shun, ayt.sh lozimki ushbu reaksiyani ribulozadifosfatkarboksilaza (karboksidis- mutaza) katalizlaydi va uning yuqori faolligi magniy .onlari .sht.rokida muhit pH ko'rsatkichi 7,8-8,0 bo'lganda kuzatiladi. Hoz.rgi vaqtda, soddalashtirilgan holda, fotosintezning C3 yo'li quyidag. bosq.chlardan iborat deb qaraladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling