1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi


-MAVZU: YORUG’LIKNING YUTILISHINING QONUNLARI


Download 295 Kb.
bet5/28
Sana23.04.2023
Hajmi295 Kb.
#1385130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
MUSTAQIL OXIRGI

5-MAVZU: YORUG’LIKNING YUTILISHINING QONUNLARI
Ma'lumki, tirik tabiatda uchraydigan biologik jarayonlar ichida
fotosintez o'zining ko'lami va mohiyati bilan asosiy o'rinni egallaydi.
Muhit moddalaridan biologik moddalarni hosil qilish jarayonlarini
birgalikda assimilatsiya nomi bilan birlashtirish mumkin. Assimilatsion
jarayonlar natijasida tirik materiyaning asosiy komponentlari tuziladi va
ularning ko'pchiligi uglerodli birikmalardir. Organik moddalaming
biologik sintezi assimilatsiyaning eng muhim jarayoni-uglerod
assimilatsiyasi deb ataladi. Fotosintezda hosil bo'luvchi organik
moddalar o'z ishiga quyosh energiyasi hisobiga o'simlik tomonidan
yig'ilgan energiyani va o'zlashtirilgan moddalarni oladi. Fotosintez
jarayonida hosil bo'lgan energiya biosferadagi tiriklik manbayining
asosi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda yashil o'simliklar yerdagi
hayotning manbasi bo'lib xizmat qiladi.
Fotosintez jarayoni tufayli planetamizdagi energiyaning eng ko’p
miqdori zaxiralanadi. Yashil o'simliklar yil davomida fotosintez
natijasida 100 mln tonnadan ortiq organik massani hosil qiladi.
Fotosintez jarayonida yer sharimizga yetib kelayotgan quyosh
energiyasining 45-1013 megakaloriya qismi fotosintezning turli
ko'rinishdagi mahsulotlari sifatida jamlanadi. Ushbu jarayonda yashil
o'simliklar tomonidan 130 mid t. C02 va 130 mid t. suv qayta ishlanadi.
Bundan tashqari fotosintezlovchi hujayralar ushbu jarayon tufayli
o'zlarining har xil moddal'arga bo'lgan talabini qondiradi. Dastlab,
fotosintezlovchi hujayralarda uglevodlar sintezlanganligi tufayli ular
o'zlarining shu moddaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. So'ngra ushbu
birikmalardan boshqa organik moddalar, masalan, oqsillar va yog'lar
sintezlanadi.
Fotosintez jarayonida hosil bo'luvchi birlamchi uglevod bu
fruktozofosfatdir. Keyinchalik fruktozofosfatdan boshqa biopolimerlar
va monomerlar, masalan, kraxmal, selluloza, kletchatka, oligosaxaridlar,
disaxaridlar va monosaxaridalar hosil bo'ladi. Ammo uglevodlarning
o'simlik to'qimalari bo'ylab asosiy tashiluvchi formasi saxarozadir. U
plazmaning to'rsimon naychalari bo'ylab tashilib o'simlikning boshqa
hujayralari tomonidan metabolik jarayonlarda ishlatilishi yoki zaxira
holida to'planishi mumkin.
Uglevodlarning zaxira formalari faqatgina kraxmal holatidagina
bo'lib qolmasdan, balki disaxarid-saxaroza (shakarqamish, qand lavlagi)
yoki monosaxarid-glukoza (uzum) ko'rinishlarida ham bo'lishi mumkin.
Bizning planetamizda sodir bo'ladigan biologik jarayonlar ichida
fotosintez asosiy o'rinni egallaydi. Yorug'lik energiyasi ishtirokida
anorganik moddalardan, ya'ni suv va karbonat angidriddan organik
modda hosil bo'lib, atmosferaga kislorod ajralib chiqadi.
Fotosintez jarayonida suvning fotolizi natijasida atmosfera havosiga
ajralib chiqadigan 02 tiriklik olamining nafas olishi uchun zarur bo'lgan
yagona kislorod manbayidir. Hozirda atmosfera havosining 1/5 qismini
tashkil qilgan kislorod ham avtotrof o'simliklarning o'sishi va
rivojlanishi evolutsiyasi mobaynida hosil bo'lgan bo'lishi mumkin.
Chunki hozirda mavjud bo'lgan o'simliklar dunyosi, atmosfera havosida
deyarli kislorod bo'lmagan sharoitda paydo bo'lgan bo'lishi mumkin
Yashil o'simliklar va suv o'tlari uchun fotosintez jarayonini quyidagi
umumiy tenglama orqali ifodalash mumkin.
yorug'lik
6C02 + 12H20 --------—> C6H1206 + 602 + 6H20
xlorofill
Ushbu tenglik, asosan, fotosintezning ikkita alohida-alohida
qismlaridan iboratdir.
yorug'lik
12H20 —> 12(H2) + 602 (1)
xloroplastlar
Bu energiyaning o'zgarishi yorug'lik reaksiyasidir.
yorug'lik
6C02 + 12(H2) —> C6H1206 + 6H20 (2)
xloroplastlar
Bu moddalarning o'zgarishi qorong'ulik rcaksiyasidir.
Biofizik nuqtayi nazaridan fotosintez, energyalami konversiyasidan
iborat, bunda pigment yutgan energiyasini elektronga va asta-sekm
kimyoviy bog'larni hosil qilishga sarflaydi.
Fotosintezning yorug’lik reaksiyalari barg xoroplastlarining
tilakoidlari membranalarida ro'y bersa, qorong'ulik reaksiyalari
xloroplastlarning stroma qismida ro'y beradi.
Ma'lumki, fotosintez yashil o'simliklarning bargida sodir bo’ladi.
Bargning hujayraviy tuzilishi fotosintezga nafas olishga va
transpiratsivaga moslashgan. Uning ustki va ostki tomoni po’st bilan
qoplangan. Qoplovchi to'qima epidermis bir qator zich hujayralardan
tuzilgan va ular yorug’likni yaxshi o'tkazadi. Po'stni f^alanda barg
og’izchalari joylashgan va ular ko'proq barg plastinkasining ostida
bo’ladi. Og'ichalar orqali gazlar almashinuvi sodir bo'ladi. Ustki po’st ostida tavoqchasimon, zich joylashgan hosil qiluvchi hujaymlar (mezofil) joylashadi. Ularda xloroplastlar ко'pi dumaloq formadagi hujayralar tarqoq holda joylashib bo'shliqlar hosil qiladi, bu bo'shliq gazlar va suv almashinuvida ishtirok etadi.


Download 295 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling