1-Mavzu: Xizmat ko’rsatish jarayonidagi xatti-harakatlar. Reja


Download 0.89 Mb.
bet35/42
Sana19.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1214233
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
Mijoz

2. Sertifikasiyalash – bu shunday proseduraki, uni yordamida uchinchi tomon mahsulot, jarayon yoki xizmat berilgan talablarga muvofiq kelishi haqida yozuvli kafolat beradi. U majburiy yoki ixtiyoriy tavsifga ega bo’lishi mumkin.
Majburiy sertifikatlash mahsulot, xizmat sifati va xavfsizligini davlat nazorati bilan kechadi. O’zdavstandart va boshqaruv organlari bir jinsli mahsulotlarni sertifikatlash tizimini yaratadilar va bunga muvofiq bu tizimlarda sertifikasiyani o’tkazish qoida va proseduralarini o’rnatadilar, majburiy sertifikatlash bo’yicha ishlarni bajarishni akreditasiyalash va lisenziyalar berish qoidalarini o’rnatadilar, muvofiqlik belgilaridan foydalanish uchun sertifikat va lisenziyalar berishadi va boshqalar.
3. Lisenziyalash – bu ma’lum talab va shartlar majburiy bajarilganda yuridik shaxslar yoki yakka tadbirkorlarga aniq faoliyat turini bajarish huquqini berish uchun lisenziyalar berish prosedurasidir.
Bizda teleradioeshittirish, auditorlik faoliyati, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, tibbiy va farmasevtik, veterinariya faoliyati, jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish va sport xizmatlari va boshqalar kabi servis faoliyati turlari lisenziyalanadi.
Mahsulot sifatini tasdiqlovchi va sertifikat, taralarda uchraydigan belgilar muvofiqlashtirish belgisi hisoblanadi.
Jahon va o’zimizni tajribamiz shundan dalolat beradiki, xizmatlar sohasi korxonalarida sifatni va xavfsizlikni tadbiq etish davomidagi murakkab muammo ko’p hollarda odamlar bilan bog’liq ekan. Gap ishchilar (nafaqat oddiy xodimlar, shuningdek boshqaruv, xususan o’rta bo’g’in personali) ma’lumotlilik va malakaviy darjasini oshirish muhimligi haqida ketayapti.
Servisni korporativ madaniyatini va firma ichidagi xizmat ko’rsatish madaniyatini taraqqiy ettirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq firmada iste’molchi manfaati va ehtiyojlariga e’tiborli munosabatni ishlab chiqilganligi, uni xizmatni xususiyati, xavfsizligi va natijalari haqida har tomonlama to’g’ri ma’lumot bilan ta’minlanilishi, xizmat ko’rsatish prosedurasi uchun iste’molchi ma’lum qilgan tavsiflar, hayotiy sharoitlar haqidagi ma’lumotlarni uni o’ziga qarshi foydalanilishiga yo’l qo’yilmasligi muhim hisoblanadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling