1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval Тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар ва халқаро ишлаб чиқариш кўрсаткичлари, 1990-2017, млрд. АҚШ доллари7


Download 3.09 Mb.
bet23/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

2.4-jadval
Тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар ва халқаро ишлаб чиқариш кўрсаткичлари, 1990-2017, млрд. АҚШ доллари7



Кўрсаткичлар

1990

2005–2017

2015

2016

2017

ТТХИ импорти

205

1 415

1 921

1 868

1 430

ТТХИ экспорти

244

1 452

1 622

1 473

1 430

Қимматли қоғозлар кўринишидаги ТТХИ импорти

2 196

14 487

25 665

26 663

31 524

Қимматли қоғозлар кўринишидаги ТТХИ экспорти

2 255

15 188

25 514

26 826

30 838

ТТХИ импортидан даромад

82

1 027

1 461

1 564

1 581

ТТХИ импортидан фойда нормаси, %

5,4

9,2

6,8

7,0

6,7

ТТХИ импортидан даромад

128

1 101

1 394

1 387

1 553

ТТХИ импортидан фойда нормаси, %

7,8

9,5

6,1

5,8

6,2

Трансчегаравий бирлашиш ва қўшиб олишлар
(M & A’s)

98

729

735

887

694

Хорижий филиалларнинг сотувлари

6 755

24 217

27 559

29 057

30 823

Хорижий филиалларнинг қўшилган қиймати (махсулоти)

1 264

5 264

6 457

6 950

7 317

Хорижий филиалларнинг жами активлари

5 871

54 791

94 781

98 758

103 429

Хорижий филиаллардаги ишчилар сони (минг киши)

27 034

57 392

69 683

71 157

73 209

Маълумот учун:




ЯИМ

23 433

53 383

74 407

75 463

79 841

Ялпи асосий капитал шаклланиши

5 812

12 426

18 561

18 616

19 764

Роялти и лицензия тўловлари кўринишидаги тўловлар

31

174

299

312

333

Товар ва хизматлар экспорти

4 414

14 957

20 953

20 555

22 558

TTXI jahon xo’jaligi globallashuvining asosiy omiliga aylandi. TTXI faollashuvining sabablari va harakatlantiruvchi kuchlari quyidagilardan iborat:


TTXI yordamida milliy bozorlarda monopolistik foyda olishning mumkinligi;
tashqi savdoga nisbatan qo’shimcha foyda olish imkoniyati;
TMKning TTXIni eltuvchilari sifatida maydonga chiqishi;
TTXIga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojining keskin o’sishi;
retsipient-mamlakatlarda TTXIni jalb qilishni rag’batlantiruvchi mexanizmlarning shakllanishi.
XXI asr boshlarida TTXI hajmining jadal sur’atlar bilan o’sishi va ularning xalqaro miqyosda boshqarilishi zaruriyati investitsiyalar bilan tashqi savdo miqdori o’rtasida bog’liqlik masalalarini tadqiq etishni taqozo etmoqda. TTXI hajmi tashqi savdoning o’sish sur’atlari va rivojlanish istiqbollariga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Ular o’rtasidagi bog’liqlik quyidagilarda namoyon bo’ladi:
tashqi savdo iqtisodiy o’sish omili sifatida tan olingan;
TTXI xorijiy bozorlarga tovar va xizmatlar etkazib berishning vositasi, xalqaro ishlab chiqarish tizimining asosi sifatida jahon savdosining yo’nalishlari, hajmi va tarkibiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi;
jahonda aksariyat mamlakatlar TTXIning iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi ijobiy o’rnini qo’llab-quvvatlashmoqda. Ushbu holat mazkur mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan xorijiy investitsiyalar borasidagi siyosatda o’z aksini topmoqda. Shu bilan birga TTXI oqimiga jahon mamlakatlari tomonidan olib boriladigan tashqi savdo siyosati ijobiy ta’sirini o’tkazmoqda;
jahon iqtisodiyotida TTXI va tashqi savdodan iqtisodiy rivojlanishda uyg’unlikda foydalanish lozim.
TTXI milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ichki jamg’armalar darajasidan ko’proq miqdorda kapital jamg’arish, to’lov balansini qo’llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. TTXI alohida korxonalarning faoliyati ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim o’rin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita ta’sir ko’rsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi.
Tadqiqotlar ko’rsatishicha, milliy iqtisodiyotning TTXIni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor , hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish sur’atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog’likdir.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining TTXIni jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillarni besh guruhga bo’lish mumkin:
Bozor omillari (ichki bozor va eksport imkoniyatlari).
Boy tabiiy resurslarning mavjudligi.
Ishlab chiqarish xarajatlari omillari.
Investitsiya muhiti.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi.
Umuman, TTXIni investitsiyalash maqsadiga ko’ra quyidagi besh guruxga guruhlash mumkin:
1. Ichki bozorni egallashga yo’naltirilgan investitsiyalar. Ushbu investitsiyalar tashqi savdodagi mavjud to’siqlarni aylanib o’tish maqsadida amalga oshiriladi. “Bozor izlash”dan manfaatdor kompaniyalar, odatda, TTXIni qabul qiluvchi mamlakatlarda yangi bozorlarga kirib borish, uning muayyan qismini izlash va tanlash imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan amalga oshiradilar. Ushbu kompaniyalar uchun ichki bozorni va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad miqdori muhim ahamiyatga ega.
2. Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiyalar. Ushbu investitsiyalarni jalb etish uchun mamlakatlar malakali va arzon ishchi kuchiga ega bo’lishlari lozim. Bunda makroiqtisodiy va siyosiy barqarorlik, xorijiy investitsiyalarni hukuqiy tartibga solishning mukammal tizimi, soliq imtiyozlarining mavjudligi kabi omillar muxim ahamiyat kasb etadi.
3. Resurs izlashga ixtisoslashgan investitsiyalar. Resurs izlashdan manfaatdor firmalarni, birinchi navbatda, mamlakatda ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi qiziqtiradi.
4. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yo’naltirilgan investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalarning ushbu turi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish orqali nisbiy afzalliklardan samaraliroq foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur guruh investitsiyalari odatda korporativ strategiyaga asoslanadi.
5. Texnologiyalarni yangilash maqsadida amalga oshirilgan investitsiyalar. Ushbu turdagi investitsiyalar yuqori texnologiyali ishlab chiqarish - elektronika, biotexnologiya, nanotexnologiya va sanoatning boshqa yangi tarmoqlarida jamlangan.
Amalda kompaniyalar bir vaqtning o’zida bozor izlash, eksport bozoriga yo’l topish, samaradorlikni oshirish va resurslar qidirib topish kabi omillardan kelib chiqqan holda investitsion qarorlar qabul qiladilar. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlariga TTXIni kiritishda yirik kompaniyalar aksariyat ichki va eksport bozori salohiyati mavjud resurslarga erishish imkoniyatiga alohida ahamiyat berishmoqda.



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling