1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval OIL - afzalliklar va tashqi iqtisodiy ekspansiya strategiyasini tanlash


Download 3.09 Mb.
bet20/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

2.2-jadval
OIL - afzalliklar va tashqi iqtisodiy ekspansiya strategiyasini tanlash



Afzalliklar

Litsenziyalar sotish

Eksport

TTXI

O

X

X

X

I

0

X

X

L

0

0

X

bu erda: X — yuz beradi, 0 — yuz bermaydi

Zamonaviy nazariyalar kapitalni chetta chiqarishning sabablaridan tashqari, ularning yo’nalishlarini ham asoslab beradi. Ular ushbu jarayonning kapitalni chetga chiqaruvchi va qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini prognozlashtirishga harakat qiladi.


Ushbu nazariy yo’nalishning xususiyatli jihati TTXIni eksport qilish yo’liga o’tgan iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlarini ochib berishga urinishdan iborat. Tadqiqotlar ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada tahlil qilish doirasida olib boriladi. Ushbu yo’nalishda “uchayotgan turnalar” va investitsion rivojlanish yo’li nazariyalari qiziqarlidir.
Uchayotgan turnalar” nazariyasi Yaponiyada paydo bo’lgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya vayron bo’lgan iqtisodiyotini tiklash va iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish uchun xarakat qila boshladi. O’sha davrda Yaponiya quvib etib oluvchi rivojlanish modelini tanladi va “uchayotgan turnalar” nazariyasi bunday vaziyatlarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Ushbu nazariyaning muallifi Kojimai Ozava bo’lib, iqtisodiy o’sish samarasining ortishi jarayonida import bosimidan himoyalanish lozimligini asoslashga harakat qiladi. Iqtisodiy o’sish hududlarning kengayishi yuqoridan pastga qarab sodir bo’ladi va uchburchak shaklda uchib ketayotgan turnalar to’dasini eslatadi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi iqtisodiy o’sish mantiqiga bo’ysundirilgan. Birinchi bosqichda milliy ishlab chiqaruvchilar himoya qilinadi va import cheklanadi. Milliy ishlab chiqarish hajmi asta-sekinlik bilan kengayib boradi. TTXIning turdosh ishlab chiqarishga jalb etilishi milliy shilab chiqaruvchilarning rivojlanishiga turtki beradi, ular uchun bozorlarni kengaytiradi va ko’proq kapital jamg’arish imkoniyatini yaratadi. Milliy ishlab chiqarishning tiklanishi mamlakatning mahsulot importyoridan eksportyorga aylanishiga yordam beradi.
Iqtisodiy rivojlanishning ushbu ijobiy samarasi import o’rnini qoplashdan importga bog’liq bo’lmagan boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarishni kengaytirish tomon o’zgaradi. “Uchayotgan turnalar” nazariyasi milliy ishlab chiqarishni ximoya qilishni oqilona tashqi iqtisodiy strategiya bilan uyg’un holda olib borishni taqozo etadi. Bu protektsionistik choralarni qo’llashning selektiv tarmoqli yondashuviga asoslangan yangicha nazariya edi. Ushbu nazariya mamlakatning tashqi dunyodan ajralib qolishiga olib kelmadi, balki xorijiy kapitaldan milliy iqtisodiyotni tiklash uchun unumli foydalanishga olib keldi.
Investitsion rivojlanish yo’li nazariyasi (1994) J.Danning va Narulalarga tegishlidir. Ushbu rivojlanish yo’li besh bosqichdan iborat va TTXIning mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liqligini tavsiflab beradi. Mehnat sig’imkorligi yuqori, past texnologiyali ishlab chiqarishga ega va qazib chiqarish sanoati ustun bo’lgan mamlakatlar, odatda, TTXIni import qiluvchi mamlakatlar hisoblanishadi (birinchi bosqich). Ushbu mamlakatlar kapital sig’imkorligi yuqori ishlab chiqarish va ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga harakat qilishlari TTXI importining o’sishiga olib keladi (ikkinchi bosqich). Agar xorijiy kapital importi rag’bat-lantiruvchi va eksportga yo’naltirilgan siyosat bilan qo’llab-quvvatlansa, mamlakatning o’zi TTXIni eksport qila boshlaydi (uchinchi va qisman ikkinchi bosqichlar). To’rtinchi bosqich rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, TTXI eksporti ularning importidan yuqori bo’ladi. Beshinchi bosqichda TTXI eksporti va importi bir-birini muvozanatlab turadi va yuqori rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Ushbu mamlakatlar barcha afzalliklarga (O, I, L) ega bo’lib, jahonda texnologik va kapital sig’imkorligi yuqori tarmoqlarda etakchilik qilishadi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish yo’lida TTXIning ishtiroki quyidagi 2.3-jadvalda keltirilgan.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling